Kiroat odobi hakida video — ozbekiston

K’iroat odobi hak’ida (video) — o’zbekiston
Alloh taolo:«Va K’ur’onni tartil bilan tilovat k’il», degan.
Sharh: K’ur’onni tartil bilan o’k’ish deb uni dona-dona k’ilib, har bir harfini o’z o’rnidan chik’arib, oyatlarini alohida-alohida k’ilib, tajvid k’oidalari asosida o’k’ishga aytiladi. K’ur’onni tartil bilan o’k’ishga bo’lgan farmoni ilohiy barcha mo’min musulmonlarga ommaviy farmondir. Muhammad alayhissalomga farishta Jabroil alayhissalom K’ur’onni tartil bilan o’k’ib berganlar. O’z navbatida Payg’ambar alayhissalom ummatlariga tartil bilan o’k’ib berganlar.
Musulmon ummati esa avloddan avlodga o’z Payg’ambaridan k’andok’ k’ilib olgan bo’lsa, shundok’ o’tkazib kelmok’da. K’orilarimiz K’ur’on k’iroati k’oidalarini tartibga solib kitoblar k’ilishgan. Bu k’oidalarni bilish har bir musulmon uchun zarur. Shuning uchun har bir musulmon tajvid k’oidalari bo’yicha bir kitob o’k’imog’i, K’ur’on tilovatini tajvid ilmiga ega bo’lgan k’orilardan o’rganmog’i lozim.
Anas roziyallohu anhudan rivoyat k’ilinadi: «U kishidan, Nabiy sollallohu alayhi vasallamning k’iroatlari k’andok’ bo’lgan, deb so’ralganda, cho’zib o’k’ish bo’lgan, dedi va Bismillahir rohmanir rohiym, deb bismillahni cho’zib, ar-Rohmanni cho’zib, ar-Rohiymni cho’zib k’iroat k’ildi». Buxoriy va Abu Dovud rivoyat k’ilgan.
Sharh: Albatta, Alloh taolo K’ur’oni Karimni Muhammad sollallohu alayhi vasallamga Jibroil alayhissalom ork’ali nozil k’ilgan. U zot K’ur’oni Karimni k’andok’ k’ilib k’abul k’ilib olgan bo’lsalar xuddi shundok’ k’ilib o’z sahobalariga o’rgatganlar. Sahobai kiromlar esa xuddi ushbu rivoyatda Anas roziyallohu anhu o’rgatayotganlaridek tobe’inlarga o’rgatganlar. Ana shu tarzda K’ur’oni Karim va uning k’iroati avloddan avlodga omonat ila o’tib kelmok’da.
Demak, K’ur’oni Karimtilovati Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning tilovatlariga o’xshashi kerak. Buning uchun esa silsilasi Nabiy sollallohu alayhi vasallamga etib boradigan ustozdan har bir harfni, har bir so’zni, har bir oyatni o’rganish lozim bo’ladi.
Ustozlar ushbu rivoyatda vasf k’ilinayotgandek, Anas ibn Molik roziyallohu anhuga o’xshab anik’ k’ilib o’rgatmok’lari kerak.
Ummu Salama roziyallohu anho. dan rivoyat k’ilinadi: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam k’irotlarini uzib, uzib k’ilar edilar. Alhamdu lillahi robbil alamiyn, deb so’ngra to’xtar edilar. ar-Rohmanir rohiym deb so’ngra to’xtar edilar. Keyin Maliki yavmidiyn deb k’iroat k’ilar edilar». Termiziy rivoyat k’ilgan.
Sharh: Ummu Salama onmiz roziyallohu anho. K’ur’oni Karimni Rasululloh sollallohu alayhi vasallamdan to’lik’ olgan va yodlagan hamda boshk’alarga ustozlik k’ilgan zotlardan edilar. U kishi bu rivoyatda Nabiy sollallohu alayhi vasallamning k’iroatlaridagi bir xususiyatni, har bir oyatning oxirida to’xtashlarini bayon k’ilmok’dalar.
Nabiy sollallohu alayhi vasallam har bir oyatning so’ngida to’xta-to’xtab k’iroat k’ilar edilar. Sahobai kiromlar u zotning to’xtashlaridan o’k’igan oyatlarining sanab olishar edilar.
Bu hak’dagi barcha dalillarni o’rganib chik’k’an ulamolar, har bir oyatda to’xtab k’iroat k’ilish mandubdir, deganlar. Agar anashu tarzda k’iroat k’ilinsa yaxshi. Ammo nafasi etganlar bir necha oyatni k’o’shib o’k’isa ham bo’laveradi.
Abu Muso roziyallohu anhudan rivoyat k’ilinadi: «Nabiy sollallohu alayhi vasallam u kishiga: «Agar kecha sening k’iroatingni tinglaganimni ko’rganingda edi.
«Batahk’ik’, oli Dovudning mizmor(nay)laridan bir mizmor(nay) senga berilgan-da!» dedilar». Ikki shayx va Termiziy rivoyat k’ilgan.
Shunda Abu Muso Ash’ariy roziyallohu anhu Payg’ambar sollallohu alayhi vasallamga:
«Agar sizni tinglayotganingizni bilganimda bundan ham boshk’acha k’ilib o’k’ib berardim», deganlar.
Dovud alayhissalomga Alloh taolo ajoyib tasirli ovoz bergan edi. U kishi Tavrotni o’k’iganlarida hamma to’xtab k’olar edi. Ba’zi gaplarga k’araganda osmondagi k’ushlar ham yik’ilib tushar edi.
Dovud alayhissalom Tavrotni etmish xil uslubda o’k’ir edilar. U zot Tavrotni o’k’iganlaridan o’zlari ham yig’lar edilar, o’zgalarni ham yig’latar edilar.
Nabiy sollallohu alayhi vasallam Abu Muso Ash’ariy roziyallohu anhuning K’ur’oni Karim tilovatlarini xuddi o’sha Dovud alayhissalomning Tavrot tilovatlariga o’xshatmok’dalar.
Albatta, bu nabaviy tak’dir ulkan baxtdir. Unga boshk’alar sazovor bo’lgan emaslar.
Abu Muso Ash’ariy roziyallohu anhuning k’iroatlarini eshtib yurgan bir kishidan k’uyidagilar rivoyat k’ilinadi:
«Abu Muso Ash’ariy roziyallohu anhuning hovlisiga kirdim. Men uning ovozidan go’zalrok’ sanjning ham, barbatning ham, nayning ham ovozini eshitmaganman».
Sanj-misdan ikki tabak’a k’ilib ishlangan musik’a asbobi.
Barbat-udga o’xshagan musik’a asbobi.
Demak, K’ur’oni Karimni chiroyli ovoz bilan go’zab k’ilib o’k’ish marg’ub ish ekan.
Abdulloh ibn Mug’affal roziyallohu anhudan rivoyat k’ilinadi: «Nabiy sollallohu alayhi vasallam fath yili ulovlari ustida keta turib «Fath» surasini k’iroat k’ildilar va k’iroatlarida tarjiy’ k’ildilar. Agar odamlarning atrofimga to’planib olishlaridan k’o’rk’maganimda, u kishining k’iroatlarini sizlarga hikoya k’ilib berar edim», dedi».
Sharh: K’iroatni tarjiy’ k’ilib ado etish ba’zi joylarni cho’zibrok’ k’ayta-k’ayta o’k’ishdan iboratdir.
Nabiy sollallohu alayhi vasallam Makkai Mukarrama fath k’ilingan paytda ulovlari ustida ketayotib o’sha ulug’ fath hak’ida bashorat berib avvaldan nozil bo’lgan surani alohida ta’kid ila tarjiy’ k’ilib o’k’igan ekanlar.
Demak, K’ur’oni Karimni tarjiy’ k’ilib k’iroat k’ilish ham bor ekan.
Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat k’ilinadi: «Nabiy sollallohu alayhi vasallam: «Alloh chiroyli ovozli nabiyning ovoz chik’arib K’ur’onni ohangli k’ilib o’k’iganiga k’ulok’ solganchalik hech bir narsaga k’ulok’ solmagan», dedilar». Ikkisini uchovlari rivoyat k’ilgan.
Sharh: Bu K’ur’oni Karimni k’oidasi bilan chiroyli k’ilib k’iroat k’ilish juda ham marg’ub amal ekaniga dalilidir. Ulamolar ushbu hadisi sharifdan K’ur’oni Karim k’irotaiga ko’p savob berilishi ham kelib chik’adi, deganlar.
Abu Dovud va Buxoriyning rivoyatida: «K’ur’onni ovozlaringiz ila ziynatlanglar. Kim K’ur’onni ohang bilan o’k’imasa bizdan emas», deyilgan.
Sharh: Ovozni chiroyli k’ilib k’iroat k’ilish K’ur’onni ovoz ila ziynatlsh bo’ladi.
Mo’min-musulmon odam K’ur’oni Karimni k’oidaga muvofik’ k’ilib ohang bilin o’k’imog’i darkor. Kim tajvid k’oidalariga va ohang bilan k’iroat k’ilishga amal k’ilmasa makuh ishni k’ilgan bo’ladi. Ba’zi ulamolari bu ishni harom, o’shani k’ilgan odam gunohkor, deganlar.
K’ur’oni Karimni k’oidaga rioya k’ilimay o’k’iyotganlarni ko’rgan kishilar ularga bu shi noto’g’ri ekanligini yaxshilab tushuntirmog’lari lozim.
Jundub ibn Abdulloh roziyallohu anhudan rivoyat k’ilinadi: «Nabiy sollallohu alayhi vasallam: «K’ur’onni unga k’alblaringiz ulfat bo’lib turganda k’iroat k’iling. K’achon ixtilof k’ilsangiz turib keting», dedilar». Ikki shayx rivoyat k’ilgan.
Sharh: Ushbu hadisi sharifni ulamolarimiz ikki xil ta’vil k’ilganlar.
Birinchi ta’vil; K’ur’onning ma’nolari hak’ida ittifok’ bo’lib turganingizda k’iroat k’iling. Agar ixtilof k’ilib k’olsangiz, talashib-tortishib janjallashmasdan o’rningizdan turib keting.
Ikkinchi ta’vil; K’ur’onni k’albingiz unga ishtiyok’ k’ilib, oshik’ bo’lib turganda o’k’ing. K’achon malol ko’rishni sezsangiz o’rnigizdan turib keting.
Albatta, bu ikki ma’noga ham amal k’ilmok’ kerak.
Abu Sa’id roziyallohu anhudan rivoyat k’ilinadi: «Nabiy sollallohu alayhi vasallam: «Sizning ichingizdan bir k’avm chik’adi. Ularning namozi oldida o’znamozingizni, ro’zasi oldida o’z ro’zangizni, amali oldida o’z amalingizni hak’ir sanaysiz. Ular K’ur’onni k’iroat k’iladilar. Ammo bo’g’izlaridan nari chik’maydi. Ular dindan kamon o’k’i ovdan chik’k’aniga o’xshash tez chik’adilar. U o’k’ning uchiga k’arasa hech narsa ko’rmaydi. U o’k’ning cho’piga k’arasa hech narsa ko’rmaydi. U o’k’ning patiga k’arasa hech narsa ko’rmaydi. So’ng alanglab osmonga k’araydi.», dedilar.
Sharh: Nabiy sollallohu alayhi vasallam o’zlarining ushbu hadisi shariflarida kelajakda bo’ladigan ishlardan biri hak’ida xabar berganlar.
«Sizning ichingizdan bir k’avm chik’adi».
YA’ni, kelajakda siz musulmonlarning ichingizda bir toifa odamlar chik’adi.
«Ularning namozi oldida o’z namozingizni, ro’zasi oldida o’z ro’zangizni, amali oldida o’z amalingizni hak’ir sanaysiz».
YA’ni, ular namozni shundok’ joyiga k’o’yib o’k’ishadiki, sizning namozingiz ularning namozi oldida hech narsa bo’lmay k’oladi.
Ular ro’zani shundok’ tutadilarki, sizning ro’zangiz ularning ro’zasi oldida hech narsa bo’lmay k’oladi.
Ular boshk’a amallarni shundok’ k’iladilarki, sizning amalingiz ularning amali oldida hech narsa bo’lmay k’oladi.
«Ular K’ur’onni k’iroat k’iladilar».
YA’ni, o’sha kelajakda chik’adigan toifa odamlari K’ur’oni Karimni ham k’olillatib k’iroat k’iladilar.
«Ammo bo’g’izlaridan nari chik’maydi».
Ularning k’iroatlari bo’g’izlaridan chik’masligi K’ur’oni Karimning ma’nolari ularning k’alblariga etib bormaganidan bo’ladi. Ular hamma narsalarni, jumladan, K’ur’oni Karim k’iroatini ham riyokorlik va xo’jako’risinga k’ilayotgan bo’ladilar.
«Ular dindan kamon o’k’i ovdan chik’k’aniga o’xshash tez chik’adilar».
YA’ni, o’sha vasfga ega odamlar dindan tez chik’adilar. Bu ish xuddi bir ovchi o’z kamonidan ovga o’k’ uzganda ov k’ochib ketganga o’xshaydi.
«U o’k’ning uchiga k’arasa hech narsa ko’rmaydi».
Ovchi borib o’k’ni olib uning uchiga k’arasa ovning asari ham yo’k’.
«U o’k’ning cho’piga k’arasa hech narsa ko’rmaydi».
Ovchi o’k’ning uchi tegmagan bo’lsa cho’pi tekkandir deb o’k’ning cho’piga k’arasa unda ham hech k’anday asar yo’k’.
«U o’k’ning patiga k’arasa hech narsa ko’rmaydi».
Ovchi yana hayron bo’lib o’k’ning ketiga o’rnatilgan patiga k’arasa unda ham ovning asarini ko’rmaydi.
«So’ng alanglab osmonga k’araydi».
Osmonda ham hech narsa ko’rinmaydi.
Ha, haligi toifa ham birpasda Islomdan chik’adi va ulardan bu dinning asarini ham topib oladigan bo’lmay k’oladi.
Chunki ular hamma narsani chin ixlos bilan emas riyokorlik bilan k’ilayotgan edilar.
Ulamolarimiz bu hadisi sharifda vasfi kelgan toifa xavorijlar ekanligiga ittifok’ k’ilganlar. Chunki shu ma’nodagi boshk’a hadisi shariflarda ham ularning boshk’a sifatlari bayon k’ilingan bo’lgan. Hammasi solishitirilganda xavorijlarga to’g’ri kelgan.
Demak, K’ur’oni Karim yuzakilik bilan riyokorlik uchun emas, chin ixlos bilan k’albdan chik’arib tilovat k’ilish, o’rganish va unga amal k’ilish kerak ekan.
Ali roziyallohu anhudan rivoyat k’ilinadi: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning: «Oxiri zamonda yoshlari kichik, ak’llari past k’avm keladi. Ular K’ur’onni k’iroat k’iladilar. Ammo kekirdaklaridan o’tmaydi. Ular odamlarning eng yaxshi gaplarini aytadilar. Ular dindan o’k’ ovdan chik’k’anidek chik’adilar. Ularning iymonlari bo’g’izlaridan nariga o’tmaydi. Bas, ularni k’aerda ko’rsangiz, k’atl k’iling. Albatta, ularni k’atl k’ilganlarga k’iyomat kuni ajr bordir», deganlarini eshitdim». Ikkisini to’rtovlari rivoyat k’ilgan.
Sharh: Bu hadisi sharifda ham oldingi hadisi sharifdagi ma’no boshk’a iboralar va ba’zi izofalar ila ta’kidlanmok’da.
Ushbu hadisi sharifning roviylari hazrati Ali roziyallohu anhuning xalifalik davrlarida manashu toifa chik’di. Ularga avval ham aytib o’tilganidek, xavorij nomi berildi. Hazrati Ali roziyallohu anhu avval ularga xatolarini anglatib ko’zlarini ochishga ko’p urindilar. Ammo bo’lmadi. Ular hazrati Ali roziyallohu anhuni ham boshk’alarni ham kofir deb fatvo chik’ardilar va urush boshladilar. Shunda hazrati Ali roziyallohu anhu ham ularga k’arshi k’attik’ janglar k’ildilar.
Shu bilan birga Ali roziyallohu anhu ular hak’ida insof bilan hak’ik’atni aytdilar. Odamlar u kishidan:
«Ular kofirlarmi?» deb so’radilar.
«Ular kufrdan k’ochdilar», dedilar.
«Ular munofik’larmi?» deb so’radilar.
«Munofik’lar Allohni juda oz zikr k’iladilar. Anavular bo’lsa Allohni ertayu kech zikr k’iladilar», dedilar.
«Ular kim?» deb so’radilar.
«Ular fitnaga uchrab ko’zlari ko’r, k’ulok’lari kar bo’lgan k’avm», dedilar.
Alloh taolo O’zi asrasin.
Demak, K’ur’oni Karimni o’k’iganidan g’ururga ketmay, riyokorlik k’ilmay, k’aytaga avvalgidan ham sinik’ bo’lib e’tik’odni mustahkam k’ilishga harakat k’ilmok’ lozim ekan.
Imron ibn Husoyn roziyallohu anhudan rivoyat k’ilinadi: «U kishi bir k’iroat k’ilib soillik k’ilib o’tirgan odamning oldidan o’tib k’olib istirjo’ aytdi. So’ngra: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning, kim K’ur’on o’k’isa u bilan Allohdan so’rasin. Kelajakda bir k’avmlar kelurki K’ur’on k’iroat k’ilib odamlardan so’rarlar, deganlarini eshitganman», dedi». Termiziy rivoyat k’ilgan.
Sharh: Imron ibn Husoyn roziyallohu anhu yo’lda yurib ketayotib bir kishining K’ur’oni Karimni k’iroat k’ilib soillik k’ilib o’tirganini ko’rib k’olib istirjo’ aytdilar. YA’ni, innaa lillahi va innaa ilayhi roji’uun, dedilar. Odatda istirjo’ni musibatga uchraganda aytiladi. Imron ibn Husoyn roziyallohu anhu K’ur’oni Karimni k’irota k’ili tilanchilik k’ilishni musibat hisoblab istirjo’ aytgan edilar. Chunki, Imron ibn Husoyn roziyallohu anhu bu ishning musibat ekanini Rasululloh sollallohu alayhi vasallamdan eshtigan edilar.
Shuning uchun bu hak’ik’atni odalmarga aytib berdilar:
«Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning, kim K’ur’on o’k’isa u bilan Allohdan so’rasin. Kelajakda bir k’avmlar kelurki, K’ur’on k’iroat k’ilib odamlardan so’rarlar, deganlarini eshitganman», dedilar.
Bas, shundok’ ekan K’ur’oni Karim k’iroati ila tilanchilik k’ilishga, molu dunyo ilinjidabo’lishga k’arsh ikurashimiz lozim.
Abduloh ibn Amr roziyallohu anhudan rivoyat k’ilinadi: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam menga: «K’ur’onni bir oyda bir marta o’k’i», dedilar.
«Men o’zimda k’uvvatim borligini bilaman», dedim.
Oxiri borib u zot: «Uni etti kunda k’iroat k’il. Undan ziyoda k’ilma», dedilar». Buxoriy rivoyat k’ilgan.
Sharh: Bu hadisi sharifda K’ur’oni Karimni xatm k’ilish uchun oz muddat k’ancha bo’lishi kerakligi hak’ida so’z ketmok’da.
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Abdulloh ibn Amr roziyallohu anhuga K’ur’oni Karimni bir oyda bir marta xatm k’ilib turishni tavsiya k’ildilar. Ammo Abdulloh ibn Amr roziyallohu anhu bu muddatdan ozda ham xatm k’ilish imkonlari borligi aytib muddatni bir oydan oz k’ilishni so’radilar. Bu hol k’ayta-k’ayta takrorlanib,
«Oxiri borib u zot:
«Uni etti kunda k’iroat k’il. Undan ziyoda k’ilma», dedilar».
Shundan oddiy mo’min-musulmon kishi K’ur’oni Karimni bir oyda bir marta xatm k’ilib turishi tavsiya k’ilinadi.
Mazkur muddatdan ozda xatm k’ilish imkoni borlar etti kunda bir xatm k’ilsalar yaxshi bo’ladi.
Chunki, nomiga xatm k’ilaman dem shoshilib harflarni maxrajidan chik’armay, tajvid k’oidalariga amal k’ilmay kamchiliklarga yo’l k’o’yilishi mumkin.
YAna o’sha kishidan rivoyat k’ilinadi: «Ey Allohning Rasuli, K’ur’onni k’anchada k’iroat k’ilay?» dedim.
«Uni bir oyda xatm k’il», dedilar.
«Albatta, mening undan afzalga ham tok’atim etadi», dedim.
«Uni yigirma kunda xatm k’il», dedilar.
«Albatta, mening undan afzalga ham tok’atim etadi», dedim.
«Uni o’n besh kunda xatm k’il», dedilar.
«Albatta, mening undan afzalga ham tok’atim etadi», dedim.
«Uni o’n kunda xatm k’il», dedilar.
«Albatta, mening undan afzalga ham tok’atim etadi», dedim.
«Uni besh kunda xatm k’il», dedilar.
«Albatta, mening undan afzalga ham tok’atim etadi», dedim.
U zot menga ruxsat bermadilar».
YAna o’sha kishidan rivoyat k’ilinadi: «Nabiy sollallohu alayhi vasallam: «Kim K’ur’onni uch kundan ozda o’k’isa yaxshi anglamapti», dedilar». Ikkisini Abu Dovud va Termiziy rivoyat k’ilgan.
Sharh: K’ur’oni Karimni xatm k’ilish mudatlarining eng ozi etti. Besh yoki uch kun bo’lishi xatm k’iluvchilarning holiga k’arab bo’ladi.
K’ur’oni Karimni xatm k’ilishga imkoni har k’ancha katta bo’lsa ham uch kundan ozga ruxsat yo’k’. Hanafiy mazhabi ulamolari ham shu k’avlni mahkam tutganlar.
Ulamolarimiz K’ur’oni Karim k’iroati odobi hak’idagi barcha dalillarni va mulohazalarni o’rganib chik’k’anlaridan keyin xulosa k’ilib bu odoblarni k’uyidagicha tartibga soladilar:
1- K’ur’oni Karimni k’iroat k’iluvchi tahoratli bo’lishi lozim.
2- K’ur’oni Karimni k’iroat k’iluvchi odobli bo’lishi kerak.
3- K’ur’oni Karimni k’iroat k’iluvchi cho’kka tushib tavozu’ bilan o’tirishi kerak.
4- K’ur’oni Karimni k’iroat k’iluvchi chordana k’urib, yondoshlab yoki mutakabbir sifatda o’tirmasligi kerak.
5- K’ur’oni Karimni k’iroat k’iluvchi uchun eng afzal holat tik turgan holida namozda va masjidda o’k’imok’likdir.
6- K’ur’oni Karimni k’iroat k’iluvchi o’zining muhim ishlarini tashlamasligi kerak. Ishdan bo’shaganda k’iroat k’iladi.
7- K’ur’oni Karimni k’iroat k’iluvchi uchun k’iroat ko’payib badaniga zarar etkazadigan bo’lmasligi kerak.
8- K’ur’oni Karimni k’iroat k’iluvchi o’ta shoshilib tartil va tajvidni buzmasligi kerak.
9- K’ur’oni Karimni k’iroat k’iluvchi oddiy shahs bo’lsa har kuni bir poradan o’k’ib bir oyda bir marta xatm k’ilib turishi kerak.
10- K’ur’oni Karimni k’iroat k’iluvchi k’iroatni ko’p k’ilmok’chi bo’lsa uch kunda bir marta xatm k’ilishi kerak.
11- K’ur’oni Karimni k’iroat k’iluvchi xatm k’ilganidan keyin Alloh taologa duo k’ilishi marg’ubdir. Ibn Mas’ud roziyallohu anhu, K’ur’oni Karimni xatm k’ilgan kishi uchun mustajob duo bordir, deganlar. Anas ibn Molik roziyallohu anhu k’achon xatm k’ilsalar ahli ayollarini jamlab duo k’ilar edilar.
12- K’ur’oni Karimni k’iroat k’iluvchi imkoni boricha tiovatni chiroyli k’ilishga harakat k’ilmog’i mustahabdir.
13- K’ur’oni Karimni k’iroat k’iluvchi k’iroatni ichida k’ilmog’i mustahabdir. Bu o’ziga eshitiladigan k’iroatdir.
14- K’ur’oni Karimni k’iroat k’iluvchi ba’zi mak’sadlar uchun ovozini baland k’ilib k’iroat k’ilsa ham joiz.
15- K’ur’oni Karimni k’iroat k’iluvchining mushafi bo’lsa o’sha mushab k’arovsiz k’olmasligi uchun har kuni ma’lum oyatlarni bo’lsa ham unga k’arab o’k’ib turmog’i lozim.
16- K’ur’oni Karimni k’iroat k’iluvchi doimo o’zi o’k’iyotgan k’alom basharning emas Alloh taoloning kalomi ekanini va U zotning ulug’ligini his k’ilib turmog’i lozim.
17- K’ur’oni Karimni k’iroat k’iluvchi o’zi o’k’igan har bir oyatni tadabbur k’ilmog’i juda ham yaxshi ishdir.
Комментарии 0