Kiz tugilishiga kim sababchi — ozbekiston

Kiz tugilishiga kim sababchi — ozbekiston

K’iz tug’ilishiga kim sababchi? — o’zbekiston

YAk’inda toshkentlik bir k’arindoshimiz k’o’shnisining dod-faryod k’ilib yig’layotganini aytib k’oldi. Aytishicha, uning beshta k’izi bor ekan. Oltinchisiga homilador bo’lgach, eri uni k’o’yarda-k’o’ymay «UZD»ga olib boribdi. Shifokorlar tekshirib ko’rib, tug’ilajak bola k’izligini anik’labdi. Bundan fig’oni falakka chik’k’an er: «Bu bolani oldirib tashlaysan, bo’lmasa uyga k’aytmaysan», deb turib olibdi. Noiloj k’olgan ayol ko’zida yosh bilan xo’jayini ikkalasi tanish ginekologga uchrabdi. Ayolginani joni ming bir azobda k’olib, homilasini oldiribdi. Keyin ginekolog uning o’g’il bola ekanligini aytganida onaizor faryod solib, yig’lay boshlabdi. Chunki u o’g’lining tug’ilmasidanok’ k’otiliga aylangandi. Er esa k’ilgan ishidan mulzam bo’lib, nima deyishini bilolmay k’olibdi.
—Kuni kecha oldimga ikki nafar k’izchasini etaklab homilador bir ayol mahzun k’iyofada kirib keldi,-—deya gap boshladi K’ibray shaharchasi Xotin-k’izlar k’o’mitasi raisasi Rashi-da Toshmatova.—Ha, nima bo’ldi?—deya so’radim ayoldan.
—Opajon, endi nima k’ilaman, erim uydan haydab yubordi,—deya juvon yig’lab yubordi.
—Nimaga haydaydi? Bu norasidalarni ko’zi k’anday k’iydi? Aybingiz nima ekan?
—Ko’rib turibsiz, ikki farzandim ham k’iz. Hozir uchinchisiga homiladorman. YAk’inda erim meni k’o’yarda-k’o’ymay «UZD»ga tushirdi. Do’xtirlar tekshirib ko’rib, homilani «k’iz» deyishdi. Buni eshitgan erimni fig’oni falakka chikdi. Keyin «Menga o’g’il, merosxo’r kerak. Ertaga o’lsam tobutimni ko’taradigan o’g’il tug’ib beradigan xotin kerak», deya nak’ k’iyomat k’oyim k’ildi. Men xo’jayinimga «Xudoyim o’g’ilmi, k’izmi bersa ham shukr k’iling. Tirnok’k’a zorlar k’ancha. Ertaga k’izlaringiz o’nta o’g’ilning o’rnini bosadi», desam ustimdan mazaxlab kuldi. «Uchta k’iz—uchta garnitur, yana k’ancha sarpo-suruk’ degani, miyasi aynigan kampir», dedi. Xullas bizni uydan k’uvib soldi. Endi shu holimda k’anday k’ilib ota-onamnikiga k’aytib boraman? Eshitganlar nima deydi? Aybim — k’iz tuk’k’animmi?—deya ayol yanada k’attik’rok’ yig’lay boshladi.
—Jon k’izim tinchlaning. Farzandingizning o’g’il yoki k’iz bo’lishi sizga bog’lik’ emas. O’zbegimning bir mak’oli bor: «Nima eksang shuni o’rasan». Bu gapni erkaklar unutmasalar bo’lgani. Ehtimol homilangiz o’g’ildir. Axir apparatlar har doim ham to’g’ri ko’rsatavermaydi. YAk’inda toshkentlik bir k’arindoshimiz k’o’shnisining dod-faryod k’ilib yig’layotganini aytib k’oldi. Aytishicha, uning beshta k’izi bor ekan. Oltinchisiga homilador bo’lgach, eri uni k’o’yarda-k’o’ymay «UZD»ga olib boribdi. Shifokorlar tekshirib ko’rib, tug’ilajak bola k’izligini anik’labdi. Bundan fig’oni falakka chik’k’an er: «Bu bolani oldirib tashlaysan, bo’lmasa uyga k’aytmaysan», deb turib olibdi. Noiloj k’olgan ayol ko’zida yosh bilan xo’jayini ikkalasi tanish ginekologga uchrabdi. Ayolginani joni ming bir azobda k’olib, homilasini oldiribdi. Keyin ginekolog uning o’g’il bola ekanligini aytganida onaizor faryod solib, yig’lay boshlabdi. Chunki u o’g’lining tug’ilmasidanok’ k’otiliga aylangandi. Er esa k’ilgan ishidan mulzam bo’lib, nima deyishini bilolmay k’olibdi.
Shuning uchun singlim, siz yig’lamang. Unda ko’ra irodali, sabrli bo’ling. K’izni bergan Xudoyim o’g’ilni ham beradi, deya ayolni etaklab ko’chaga chikdim.
Darvozasini tak’illatdik. Eri chik’ib keldi. Meni ko’rib, xotiniga k’arab xumraydi. Hol-ahvol so’rashgach, u erkakni avval rosa mak’tadim. Sal chiroyi ochildi. O’tirganimizdan so’ng k’izi bor oilalar hak’ida, k’izlarning mehri-bonligi-yu g’amxo’rligi hak’ida xo’p gapirdim. Farzandning o’g’il bo’lishi asosan erkakka bog’lik’ligini gap orasida k’istirib o’tdim. Erkak ajablangandek menga k’aradi. «Ishonmasangiz do’xtirlardan so’rab ko’ring», dedim. Shundan so’ng xotinini endi haydamaslikka so’z berdi.
U erdan k’aytayotib Mavjuda ammamning hayoti ko’z oldimga keldi. Ammamning umr yo’ldoshi 1941 yilda ko’ngillilardan bo’lib urushga ketgan ekan. Ammam k’o’lida uch oylik k’izalog’i va katta hovlida k’aynonasi bilan yolg’iz k’olgan. Erini sadok’at bilan kutib, suv kelsa simirib, tosh kelsa kemirib yashay boshlagan. Afsuski bir yil o’tib, turmush o’rtog’idan k’ora xat kelgan. Ammo ammam bu xatga ishonmay, k’achonlardir eri eshikdan kirib kelishiga ishonib, umid bilan yashayvergan.
Oradan yillar o’tgan. Bir kuni ammamga akasi: «YOlg’iz k’iz bilan yosh umringni behuda o’tk’izmok’chimisan? Bolangga ota kerak», debdi.
Shunda ammam «Men turmushga chik’sam farzandimni olib ketarman, ammo k’aynonamning ko’zlarini jav-
diratib k’ayorga tashlab ketaman?
U sho’rlikning holi nima kechadi.
YOlg’izgina o’g’lidan ayrilgani kammidi? Mensiz, nevarasiz k’anday yashaydi?» deya savolga ko’mib tashlabdi. Akasi esa shu-shu bu hakda og’iz ochmaydigan bo’libdi.
Ammam k’izini eru ko’kka ishonmay voyaga etkazibdi. So’ngra farzandini obru-e’tiborli bir xonadonga uzatibdi. Hozir ammamning olti nafar nevarasi bor va ularning barchasi uyli-joyli bo’lishgan. Xullas, ammam yoshligida k’iynalgan bo’lsa, keksayganda k’izining ortidan rohatini ko’rdi. Bir ayol havas k’ilgulik baxtli hayotga erishdi, orzu-mak’sadlariga etdi. Ha, bunday misollarni ko’plab keltirish mumkin. Albatta, oilada o’g’il ham, k’iz farzand ham bo’lgani yaxshi. Lekin YAratgan Egam kim nidir o’g’ildan k’isgan bo’lsa, ayolda nima ayb? O’g’il farzandi bo’lib, baxtsiz yashayotgan oilalar k’ancha. Aksincha, bugun o’g’lidan emas, k’izidan ko’rayotgan oilalarning son-sanog’i yo’k’. Ota-bobolarimiz bejizga yoshlarga imon bersin deb aytishmagan.

Комментарии 0

Оставить комментарий

Ваш email не будет опубликован.