Kop xonadonli uy-joy fondini saklash yaxshilanadi — ozbekiston

Ko’p xonadonli uy-joy fondini sak’lash yaxshilanadi — o’zbekiston
O’zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoev 24 aprel kuni «2017-2021 yillarda ko’p xonadonli uy-joy fondini sak’lash va undan foydalanish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida»gi k’arorni imzoladi.
Hujjat ko’p xonadonli uy-joy fondining texnik holatini tubdan yaxshilash va undan tegishli ravishda foydalanish, ta’mirlash-tiklash ishlarini o’z vak’tida amalga oshirish uchun zarur sharoitlar yaratish, shuningdek, ko’p xonadonli uylarga tutash hududlarni obodonlashtirish mak’sadida k’abul k’ilindi.
Bugungi kunda O’zbekistonda 4000 dan ziyod xususiy uy-joy mulkdorlari shirkati tomonidan 32,4 mingdan ortik’ ko’p xonadonli uyga xizmat ko’rsatilmokda.
Shu bilan birga, ushbu tarmok’da olib borilayotgan ishlar tahlili xususiy uy-joy mulkdorlarining ko’p xonadonli uy-joy fondini sak’lash, undan foydalanish va ta’mirlash borasidagi faoliyatida hal etilmagan k’ator muammolar borligini ko’rsatmok’da.
Bu hak’da so’z yuritganda, avvalo, ko’p xonadonli uy-joy fondini boshk’arish va undan foydalanishda joylardagi ijro hokimiyati organlari va xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlari o’rtasida kompleks yondashuv hamda o’zaro hamkorlik mexanizmi shakllanmaganini k’ayd etish zarur, deyiladi k’arorga berilgan rasmiy sharhda.
Ko’p xonadonli uy-joy fondini sak’lash borasida ta’sirchan nazorat o’rnatilmagan, ko’p hollarda undan texnik foydalanish va aholining xavfsiz yashashini ta’minlash borasidagi me’yor va talablar buzilishiga yo’l k’o’yilmokda. Ko’p xonadonli uylarda ta’mirlash-tiklash ishlarini o’tkazishning k’oida va muddatlariga rioya etilmayapti, bu esa, tabiiyki, aholining hak’li noroziligiga sabab bo’lmok’da.
K’arorda ko’p xonadonli uy-joy fondini sak’lash va undan foydalanish tizimini tashkil etishning asosiy yo’nalishlari belgilangan bo’lib, ular k’uyidagilarni nazarda tutadi:
aholining uy-joy sharoitini yaxshilash, ko’p xonadonli uylarda joylashgan xonadonlardagi muhandislik-kommunikasiya tizimi va umumiy tarzda foydalaniladigan infratuzilmalarni o’z vak’tida va sifatli ta’mirlash, shuningdek, ko’p xonadonli uy-joy fondiga tutash hududlarni obodonlashtirish, u erlarda bolalar va sport maydonchalarini barpo etishga k’aratilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish;ko’p xonadonli uy-joy fondidan foydalanish va unga xizmat ko’rsatish bozorini rivojlantirish imkonini beradigan uy-joy kommunal xo’jaligini boshk’arishning ta’sirchan vertikal tizimini yaratish bo’yicha kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish;uy-joy kommunal soha tashkilotlari, xususan, ta’mirlash-tiklash xizmatlarining moddiy-texnik bazasini yaratish va mustahkamlash, ularni zamonaviy uskunalar bilan jihozlash va malakali mutaxassislar bilan ta’minlash.
K’arorga muvofik’, 2017?2021 yillarda ko’p xonadonli uy-joy fondini ta’mirlash, obodonlashtirish va undan foydalanish sharoitlarini yaxshilash dasturi tasdik’landi. Ushbu Dasturda ko’p xonadonli uy-joy fondining umumiy tarzda foydalaniladigan infratuzilmalarini kapital va joriy ta’mirlash, hududlarni obodonlashtirish, lift uskunalarini ta’mirlash va almashtirish, shuningdek, ko’p xonadonli uy-joy fondini sak’lash, undan foydalanish va ta’mirlash tizimini takomillashtirishga doir kompleks chora-tadbirlar belgilandi.
K’ayd etilgan loyihalarni amalga oshirish uchun xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlarining o’z mablag’lari, tijorat banklari kreditlari, K’orak’alpog’istonning respublika byudjeti, viloyatlar va Toshkent shahri mahalliy byudjetlari mablag’lari, Uy-joy kommunal xizmat ko’rsatish vazirligining Uy-joy kommunal xo’jaligini rivojlantirish jamg’armasi mablag’lari, xalk’aro moliya institutlari kreditlari, shuningdek, lizing hisobidan 1,8 trillion so’m mablag’ yo’naltirish ko’zda tutilmok’da.
Mazkur Dasturni amalga oshirishda «O’zsanoatk’urilishbank» aksiyadorlik tijorat banki uy-joy kommunal sohasiga k’arashli tashkilotlarni moliyalashtirishni ta’minlaydigan vakolatli bank etib belgilandi.
Dasturni amalga oshirish doirasida tijorat banklariga «Ta’mirlash-tiklash xizmati» davlat unitar korxonasi va xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlariga imtiyozli kreditlar ajratish tavsiya etildi.
Shuningdek, mazkur k’arorda O’zbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat ko’rsatish vazirligi huzurida xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlariga shartnoma asosida buxgalterlik hisobini yuritish, konsalting xizmatlar ko’rsatish va xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlaridan majburiy badallar yig’ish xizmatlarini ko’rsatadigan «YAgona hisob-kitob markazi» va shahar hamda tumanlarda uning filiallarini tashkil etish nazarda tutilgan.
K’aror bilan shunday tartib o’rnatilmok’daki, unga ko’ra:
ko’p xonadonli uy-joy fondi umumiy mulki va unga tutash hududlarni sak’lash uchun turar joy va noturar joy binolar mulkdorlarining majburiy badallari mik’dori O’zbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat ko’rsatish vazirligi har yili tasdik’laydigan eng kam mik’dordan kam bo’lmagan hajmda xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlari tomonidan belgilanadi;xususiy uy-joy mulkdorlari shirkati boshk’aruvining raisi «Kommunalo’k’uv» o’k’uv-uslubiy markazi» davlat unitar korxonasida o’k’igani to’g’risida tegishli sertifikatga ega bo’lgan tak’dirda, tuman (shahar) uy-joy kommunal xizmat ko’rsatish bo’limi boshlig’i bilan kelishilgan holda saylanadi, shuningdek, xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlari a’zolarining umumiy yig’ilishi k’arori asosida tuman (shahar) uy-joy kommunal xizmat ko’rsatish bo’limi boshlig’ining tak’dimnomasiga ko’ra lavozimidan ozod etiladi.
Комментарии 0