Korining odoblari — ozbekiston

Korining odoblari — ozbekiston

K’orining odoblari — o’zbekiston

Kalomullohni diliga jo k’ilganlar oddiy musulmonlardan ma’naviy yuksakligi bilan ajralib turishi lozim. K’ori shakl-shamoyili va fe’l-atvori yuk’ori saviyada bo’lishi, vik’orli, og’ir, sokin, sabr-bardoshli bo’lishi kerak. K’ur’oni karim buyruk’lariga amal k’ilib, unda tak’ik’langan ishlardan o’zini uzok’ olib yurishi zarur. Shuningdek, K’ur’on tahsilini olishda to’sik’ bo’ladigan bekorchi narsalardan yirok’ bo’lishi, K’uronni yodlab, uni k’albiga jo k’ilish uchun k’albini turli yomon xislatlardan poklashi lozim. Zero, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam No’’mon ibn Bashir roziyallohu anhudan rivoyat k’ilingan hadisda: “Albatta, jasadda bir parcha go’sht bor. K’achon u salohiyatli bo’lsa, jasadning barchasi salohiyatli bo’ladi. K’achon buzilsa, jasadning barchasi buziladi. Ogoh bo’ling, u k’albdir”, – dedilar (Imom Buxoriy rivoyati).
K’ori ulug’ va oliy xislatlarni o’zida mujassam etishi , K’ur’onni ulug’ashi, barcha k’aytarilgan ishlardan o’zini tiyishi, yomon odatlardan sak’lanishi, oliyjanob bo’lishi uning sharafini oshiradi.
Umar ibn Xattob roziyallohu anhu bunday deganlar: “Ey k’orilar jamoasi! Boshingizni ko’taring! Sizlarning yo’lingiz ravshan bo’ldi. YAxshiliklarga shoshing…!”.
Ulamolarimiz K’ur’oni karim k’iroatining odoblari hak’idagi barcha dalil va mulohazalarni o’rganib chik’k’anlaridan keyin xulosa k’ilib, k’orining odoblarini k’uyidagicha tartibda keltiradilar: 1. K’ur’oni karimni k’iroat k’iluvchi tahoratli bo’lishi lozim; 2. K’ur’oni karimni k’iroat k’iluvchi odob-axlok’da namuna bo’lishi kerak; 3. K’ur’oni karimni k’iroat k’iluvchi cho’kka tushib, tavoze bilan o’tirishi darkor; 4. K’ur’oni karimni k’iroat k’iluvchi chordana k’urib, yonboshlab yoki mutakabbirona o’tirmasligi zarur; 5. K’ur’oni karimni k’iroat k’iluvchi uchun eng afzal holat tik turgan holida namozda va masjidda o’k’imok’dir; 6. K’ur’oni karimni k’iroat k’iluvchi o’zining muhim farz ishlarini tashlamasligi kerak. Ishdan bo’shaganda k’iroat k’iladi; 7. K’ur’oni karimni k’iroat k’iluvchi uchun k’iroat ko’payib, jismiga zarar etkazadigan bo’lmasligi lozim; 8. K’ur’oni karimni k’iroat k’iluvchi o’ta shoshilib, tartil va tajvidni buzmasligi shart. Tilovatdan vak’tni k’izg’anib yoki boshk’a sabablar bilan shoshilib o’k’imaslik muhim sanaladi; 9. K’ur’oni karimni k’iroat k’iluvchi oddiy kishi bo’lsa, har kuni bir poradan o’k’ib, bir oyda bir marta xatm k’ilib turishi mak’bul; 10. K’ur’oni karimni k’iroat k’iluvchi k’iroatni ko’p k’ilmok’chi bo’lsa, uch kundan kam bo’lmasligi kerak; 11. K’ur’oni karimni k’iroat k’iluvchi xatm k’ilganidan keyin Alloh taologa duo k’ilishi marg’ub; 12. K’ur’oni karimni k’iroat k’iluvchi imkoni boricha tilovatni chiroyli k’ilishga harakat k’ilishi mustahab; 13. K’ur’oni karimni k’iroat k’iluvchi k’iroatni ichida k’ilmog’i mustahab. Bu o’ziga eshitiladigan k’iroatdir; 14. K’ur’oni karimni k’iroat k’iluvchi ba’zi mak’sadlar uchun ovozini baland k’ilib k’iroat k’ilsa ham joiz; 15. K’ur’oni karimni k’iroat k’iluvchining Mushafi bo’lsa, o’sha Mushaf k’arovsiz k’olmasligi uchun har kuni ma’lum oyatlarni bo’lsa ham, unga k’arab o’k’ib turmog’i lozim; 16. K’ur’oni karimni k’iroat k’iluvchi doimo o’zi o’k’iyotgan kalom basharning emas, Alloh taoloning kalomi ekanini va U zotning ulug’ligini his k’ilib turmog’i lozim; 17. Tilovatga kirishishdan oldin ak’lni mashg’ul k’iladigan turli omillardan zehnni xoli k’ilish kerak; 18. Har gal tilovatga kirishish oldidan Alloh taolodan uni oson k’ilishini chin dildan so’rash, U zotdan doimo g’ayrat, kuch-k’uvvat va imkoniyatlar tilab duo — iltijoda bo’lish zarur hisoblanadi. Zotan, Allohdan o’zga hech kimdan k’uvvat va yordam kutilmaydi; 19. Shu o’rinda oddiy matnni emas, balki buyuk ilohiy Kitob, lafzi ham, ma’nosi ham Alloh tomonidan bo’lgan, U Zotning k’adim kalomi bo’lmish K’ur’oni karimni, ilohiy vahiyni o’k’iyotganini unutmaslik, bu hak’ik’atni doimo his k’ilib turish darkor; 20. Bu yo’lda to’g’ri niyat bilan k’ilingan har bir harakat va mashg’ulot ibodat hisoblanishini doimo yodda tutish kerak.
Toshkent islom instituti talabasi Tojiddinov Abdussomad

Комментарии 0

Оставить комментарий

Ваш email не будет опубликован.