Kristian noboa zenitga utganimdan bakhtiyorman intervyu — ozbekiston

Kristian noboa: zenitga utganimdan bakhtiyorman (intervyu) — o’zbekiston

«Rostov» hujumchisi Kristian Noboa faoliyatini «Zenit»da davom ettiradigan buldi. Tan olish lozim, bu transfer kupchilik uchun kutilmagan voqeaga aylandi. Kelishuv amalga oshganidan sung Championat. som sayti futbolchi bilan suhbatlashdi.
— Kristian, «Zenit»ga utishingiz kutilmagan buldi.
— Bu transferdan khursandman. Shunday jamoadan taklif olish men uchun sharaf. «Zenit» tarkibida katta sovrinlarni qulga kiritishni khohlayman va buning uchun qulimdan kelganini qilaman.
— Umuman olganda, qishdayoq «Zenit»ga utishingiz haqida gap-suzlar tarqagandi. Ushanda klub bilan muzokara olib borganmisiz?
— Yuq. Rostovdagi shartnomam shu yozda nihoyasiga etdi va darhol «Zenit» bilan kelishib oldik. Endilikda Sankt-Peterburg jamoasi azosiman va bundan bakhtiyorman.
— «Zenit»ning yangi ustozi Roberto Manchini bilan gaplashdingizmi?
— Ha, albatta. Akhir bosh murabbiysiz muzokara utkazishning iloji yuq-ku. Manchinining fikri muhim ahamiyat kasb etdi. Men uchun u bilan ishlash qiziqarli buladi va yangi jamoa qurilishida uz hissamni qushmoqchiman.
— «Rostov»da Qurbon Berdiev qul ostida tup surgansiz. Bu haqda nima deya olasiz?
— Mavsum ajoyib tarzda utdi — Chempionlar Ligasi, Evropa Ligasi. Utgan yili kumush medallarni qulga kiritgandik. Men hamisha murabbi­yimga rahmat aytaman.
— Berdiev ketsa «Rostov»da qolmasligingizni aytgandingiz. «Rubin»da u bilan birga ishlashingiz kutilgandi. «Zenit»ga utish buyicha Qurbon Bekievichdan maslahat oldingizmi?
— Mazkur mavzuda gaplashmadik. Berdiev hozircha hech qaysi jamoani qulga olmadi. Shu bois ham bu haqda suz ochishga hojat yuq. Rasman «Zenit» futbolchisiman. Muhimi shu.
— Aftidan, futboldagi ikkinchi yoshligingizni utkazyapsiz.
— Mavsum haqiqatan ham super tarzda kechdi. Bundan yakhshisini kutmagandim. Ammo chempionatni oltinchi urinda yakunlaganimiz — minus. Shunga qaramay, EChL va ELda uynadik. Jamoa bahorga kelib charchab qoldi. Butun mavsum davomida yuqori saviyali uyin kursata olmadik.
— Bu Chempionlar Ligasi faoliyatingizdagi eng yorqini buldimi?
— Ha, chindan unutilmas lahzalar. Bu darajadagi futbolchilarga qarshi uynash bayramga tengdir. Ushbu turnirda yana ishtirok etganimdan khursandman. «Bavariya»ni Rostovda maglub etdik. «Zenit» bilan ham shunday natijalarni qayd etmoqchiman, yani kuchli klublarni maglub etishni khohlayman.
— «Rostov» bilan dustona khayrlashdingizmi? Har holda klub qiyin vaziyatda edi.
— Bu jamoa men uchun kup narsa berdi, ajoyib damlarni utkazdim. Har bir futbolchiga shunday faoliyat yuritishini tilardim. Jamoada barcha ahil edi. Endi esa yangi chaqiruv vaqti keldi.
— Sankt-Peterburgga borishga tayyormisiz, chemodanlarni yigishtirdingizmi?
— Ha, akhir boshqa ilojim ham yuq-ku (kuladi). Umid qilamanki, uz uyin­larim bilan piterlik mukhlislar qalbidan joy olaman.

Комментарии 0

Оставить комментарий

Ваш email не будет опубликован.