Kunafa shirinligi — ozbekiston

Kunafa shirinligi — o’zbekiston
Kunafa shirinligi
KUNAFA ShIRINLIGI
Oshxonamizga xush kelibsiz!
Bugun sizlar bilan kunafa shirinligini tayyorlashni o’rganamiz.
Masallik’lar:
Xamiriga:
2 st un (0,5 kg);
yarim st eritilgan margarin;
shakar, k’uruk’ sut, tuz, rang beruvchi, droja, pishirik’ sodasi, gul suvi, ilik’ suv;
400 gr tuzlanmagan brinza;
200 gr smetana yoki k’atik’;
shakar pudrasi, pishlok’, xandon pista.
K’iyomi: 1 st suvga 2 st shakar solib, k’aynatiladi.
Tog’orachada 2st unga 0,5 st eritilgan margarin k’o’shib, xamir k’oramiz. Unimiz margarinni yaxshilab singdirib olishi uchun bir kecha yoki kamida 6 soatga sovutgichga k’o’yamiz. Xamirni sovutgichga k’o’yib olganimizdan so’ng unga: 3 osh k’oshik’ shakar, 3 osh k’oshik’ k’uruk’ sut, ozgina tuz, choy k’oshik’da 4/1 k’ism rang beruvchi, 1 choy k’oshik’ droja, 1 choy k’oshik’ kraxmal, 0,5 choy k’oshik’ pishirik’ sodasi, 1 osh k’oshik’ gul suvi solib aralashtiramiz. Keyin, taxminan, 1st ilik’ suv k’o’shib, xamirni k’oramiz.
Xamirimiz suyuk’rok’ bo’lgani uchun listga k’og’oz to’shaymiz, endi xamirni mana bunday k’ilib listga joylashtiramiz. YArim soat tindirib, k’izib turgan duxovkaga eng yuk’ori darajaga k’o’yib, 10–15 dak’ik’a davomida pishirib olamiz.
Mana, xamirimiz pishdi. Endi uni kofemolkada maydalab olib, so’ng elakdan o’tkazamiz. Smetanamizga ozgina shakar upasini k’o’shib, aralashtirmiz. Duxovka listini ko’prok’ yog’da yog’laymiz. Chunki shirinligimizga ko’prok’ yog’ kerak. Ustidan maydalangan xamirni solib, k’o’limizda bosamiz. So’ngra ustki k’avatidan brinza va pista uchun mo’ljallangan tez eriydigan pishlok’dan solamiz. Ustidan smetana surib, xamirimizdan sepib k’o’yamiz. 150° S haroratda duxovkaning o’rta k’atoriga k’o’yib, taxminan, yarim soat davomida pishiriladi. Pishirig’imiz tayyor bo’lganini chetlari k’izarganidan ham bilsak bo’ladi.
Mana, pishirib ham oldik. Endi ustidan k’iyomimizni k’uyib, maydalangan xandon pista bilan bezatamiz.
E’tiboringiz uchun rahmat!
YOk’imli ishtaha!
Комментарии 0