Kurolli kuchlarga 25 yil esdalik nishonini tasis etildi — ozbekiston

Kurolli kuchlarga 25 yil esdalik nishonini tasis etildi — ozbekiston

K’urolli kuchlarga 25 yil esdalik nishonini ta’sis etildi — o’zbekiston

Prezidentning 28 noyabrdagi farmoni bilan «O’zbekiston Respublikasi K’urolli Kuchlariga 25 yil» esdalik nishoni ta’sis etildi.
O’zA 6 dekabrda e’lon k’ilgan farmonda keltirilishicha, esdalik nishoni O’zbekiston K’urolli Kuchlarining 25 yilligini nishonlash hamda davlatimizning mudofaa k’obiliyatini mustahkamlash va K’urolli Kuchlarni barpo etishga salmok’li hissa k’o’shgan harbiy xizmatchilarni, K’urolli Kuchlar faxriylarini va xizmatchilarini k’o’llab-kuvvatlash mak’sadida ta’sis etildi.
Esdalik nishoni bilan davlat mudofaa k’udratini mustahkamlash va K’urolli Kuchlarni barpo etishga salmok’li hissa k’o’shgan shaxslar, yuk’ori professional mahorati, harbiy va vatanparvarlik burchiga sadok’atini namoyon etgan harbiy xizmatchilar, jumladan, O’zbekiston mustak’illigi va hududiy yaxlitligini himoya k’ilish bo’yicha jangovar harakatlarda ishtirok etgan, zaxiraga bo’shatilgan yoki iste’foga chik’arilgan harbiy xizmatchilar, shuningdek, harbiy hamda xizmat burchini bajarishda halok bo’lgan yoxud yarador bo’lgan va shikastlangan O’zbekiston K’urolli Kuchlarining harbiy xizmatchilari tak’dirlanadilar.
Esdalik nishoni 0,25 mikron k’alinlikdagi oltin bilan k’oplangan mis k’otishmasidan tayyorlanadi va diametri 34 millimetrli doira shaklida bo’ladi. Esdalik nishonining old tomoni markazida taralayotgan k’uyosh nurlari fonida Amir Temur haykali tasvirlangan. Uning ork’a tomonida Shahrisabz shahrida joylashgan k’adimgi Ok’saroy majmuasi peshtok’i aks ettirilgan. Esdalik nishonining yuzasida tasvirlangan haykalning o’ng va chap tomonida O’zbekiston K’urolli Kuchlari tashkil etilgan yil va yubiley yili 1992 — 2017 rak’amlari aks ettirilgan.
Esdalik nishonining aylanasi bo’ylab «O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QUROLLI KUCHLARIGA» so’zlari, pastki k’ismi markazida esa ikkita sakkiz k’irrali yulduz oralig’ida «25 YIL» yozuvi aks etgan. Esdalik nishonining ork’a tomonida O’zbekistonning Davlat gerbi, pastki k’ismining markazida «2017» yozuvi tasvirlangan.
Esdalik nishoni O’zbekiston Respublikasi Davlat bayrog’ining rangidagi yo’llari bo’lgan 24 millimetrli shoyi lenta bilan sirilgan besh k’irrali k’adag’ichga ilmok’cha yordamida ulanadi. Ko’k, ok’ va yashil yo’llarning eni 7 millimetrdan, k’izil yo’lning eni esa 1,5 millimetrdir. K’adag’ichning balandligi 48, eni 45 millimetr. To’g’nag’ichga mustahkamlangan.

Комментарии 0

Оставить комментарий

Ваш email не будет опубликован.