Lifehack poyabzallarning yomon hidini ketkazish — ozbekiston

Lifehack poyabzallarning yomon hidini  ketkazish — ozbekiston

#lifehack: poyabzallarning yomon hidini ketkazish — o’zbekiston

Biz kraxmal hak’ida juda oz ma’lumotga egamiz. Uni fak’atgina ba’zi eguliklarning tarkibiy k’ismi yoki kiyimlar yok’asini k’otirish uchun kerakli vosita sifatida bilamiz.
#Lifehack’ning navbatdagi soni ork’ali kraxmalning yangicha xususiyatlari bilan tanishishingiz mumkin. U, aynik’sa, uy bekalari uchun ajoyib ko’makchi bo’lsa, ajab emas.
YOg’ dog’larini ketkazadi
Kimyoviy tozalash k’anchalik samarali bo’lmasin, salomatlik uchun zarar. Gilam va yumshok’ mebellarga tekkan dog’ni kraxmal yordamida osongina ketkazish mumkin.
Jonivorlarning mo’ynasini tozalaydi
Agarda uy hayvoningiz suvdan k’o’rk’sa, bu tavsiya aynan siz uchun. Mushuk yoki kuchugingiz yungiga kraxmal surtib, maxsus cho’tka yordamida tozalang.
Zamsh matolarni oson tozalaydi
Zamsh matolarga dog’ tekkanda, shu joyga kraxmal sepib, biroz kutish lozim. Keyin kiyim cho’tkasida ehtiyotkorlik bilan tozalash zarur. Tayyor!
K’uyosh nurlaridan kuyishda yordam beradi
Terining oftob nurlaridan kuygan joyiga kraxmalni suvda eritib surish lozim. Shunda birpasda og’rik’lardan xoli bo’lasiz.
Sochlarni jilolantiradi
Soch ildizlariga kraxmaldan seping. U tolalarning yog’lanishi bilan kurashadi. Bu turli kosmetik vositalardan foydalirok’.
YOk’imsiz hidlar bilan kurashadi
K’aynok’ kunlarda ham krossovka yoki boshk’a sport oyok’ kiyimini afzal ko’ruvchilar ko’plab topiladi. Chunki ular k’ulay poyabzaldir. Birok’ issik’da ulardan yok’imsiz hid taralishi noxush holat, albatta. Bu muammoni hal k’ilish uchun oyok’ kiyimiga kraxmal sepib, tuni bilan k’oldirish zarur. Nafak’at badbo’y hid, balki dog’lar ham ketadi.
Eski o’yinchok’larni tozalaydi
Kir o’yinchok’lar bu jarayondan so’ng yangidan hayotga keladi. Ularni kraxmal bor paketga solib, bir necha marotaba silkitish lozim va shu holda tuni bilan k’oldirish kerak. Ertalab changyutgich yordamida kraxmal k’oldik’larini tozalash kifoya. O’yinchok’lar yana yangiday bo’ladi.
Oynalarni izsiz tozalaydi
Oyna va derazalarni yuvishning ayni vak’ti. Ularni artganda lattaning izi k’olishi bizga yok’maydi. Agarda yuvuvchi vositaga ozgina kraxmal k’o’shib artilsa, derazalar juda toza bo’ladi hamda ularda hech k’anday iz k’olmaydi.
Kumush buyumlarni yark’iratadi
Kumush tak’inchok’ yoki idishlarni yuvganda suvga ozgina kraxmal k’o’shilsa, ular xuddi yangidek yarak’laydi.
Charm buyumlarning dog’ini ketkazadi
Kunlar isidi, endi issik’ kiyimlarni olib k’o’ysa ham bo’ladi. Fak’at avval ularni tozalashni unutmang. Bunda yana kraxmal yordamga keladi.
Charm buyumlarning dog’ini kimyoviy tozalashga bermasdan kraxmal ko’magida osongina ketkazish mumkin. Buning uchun dog’ bor joyga kraxmal sepib, uni nam gubka bilan artish lozim. Dog’ ketishi uchun shu holda biroz vak’t turishi kerak.
Umid k’ilamizki, ushbu noodatiy layfhaklar sizga ask’otadi va kundalik hayotda ulardan foydalanasiz.

Комментарии 0

Оставить комментарий

Ваш email не будет опубликован.