Lokomotivni relsdan chikarib yuborgan oyinning tolik sharhi — ozbekiston

Lokomotivni relsdan chik’arib yuborgan o’yinning to’lik’ sharhi — o’zbekiston
Mayning dastlabki o’n kunligi yakuniga etib borayotgan bir pallada Chempionlar Ligasi bilan xayrlashishga ulgurdik. «Bunyodkor»ning ortidan «Lokomotiv» ham musobak’adan chik’ib ketdi. Sharmandalarcha chik’ib ketdi, desak, hech kim norozi bo’lmasa kerak. «Temiryo’lchilar» guruhdagi so’nggi uchrashuvni «Al-Ahli»ga k’arshi safarda o’tkazib, alamli mag’lubiyatga uchrashdi. Shunda ham yirik hisobda…
«A» guruhi. 6-tur. Matbuot anjumani (o’yindan oldin)
«Al-Ahli»-«Lokomotiv» uchrashuvi oldidan tashkil etilgan matbuot anjumanida dastlab «Lokomotiv» bosh murabbiyi Andrey Miklyaev va himoyachi Muhammad Kone OAV vakillari savollariga javob k’aytarishdi.
Andrey Miklyaev («Lokomotiv» bosh murabbiyi):
— Ikkala jamoani ham k’izik’arli va muhim bahs kutmok’da. Chunki mazkur o’yinda bizning guruhdan chik’ishimiz hal bo’ladi. Buning uchun esa fak’at g’alaba k’ozonishimiz shart. Rak’ibimiz «Al-Ahli»ni durang ham k’onik’tiradi. O’ylaymanki, bellashuvda chiroyli o’yin ko’rsatgan holda g’alaba k’ozonib, guruhdan chik’amiz. Jamoamiz oldiga bu yil OChLda k’o’yilgan vazifa — avvalo, «pley-off» yo’llanmasini k’o’lga kiritish. O’tgan yili chorak finalga k’adar etib borgandik, o’ylaymanki, guruhdan chik’sak, bu yil ham shu natijani takrorlay olamiz. Chempionlar Ligasida har bir o’yin bosim ostida o’tadi va ertangi uchrashuv ham bundan mustasno emas. Safimizda 20 nafar yaxshi futbolchi bor va ular bir-birlarining o’rinlarini to’ldira olishadi.
Muhammad Kone («Lokomotiv» himoyachisi):
— Bosh murabbiy aytib o’tganidek, fak’at g’alabani ko’zlab harakat k’ilamiz. Bizga ushbu bahsdagi yutuk’ juda zarur. Mazkur holatda havoning juda issik’ligi ham ta’sir o’tkazmasligi kerak. «Al-Ahli» kuchli jamoa, lekin ularni Toshkentda mag’lub etganmiz. Shu natijani yana takrorlashga harakat k’ilamiz.
Shundan so’ng matbuot anjumanida «Al-Ahli» bosh murabbiyi Kocmin Olariu va darvozabon Majid Nosir ishtirok etishdi.
Kocmin Olariu («Al-Ahli» bosh murabbiyi):
— Muhim pallada turibmiz. Ushbu o’yinning k’anday o’tishini bilmadim-u, lekin biz guruhdan chik’ishga hak’limiz. Buni avvalgi uchrashuvlarda isbotladik. Men futbolchilarimga ishonaman, ular keyingi bosk’ich masalasini hal eta olishadi. O’ylashimcha, bizda gol urish uchun imkoniyat bo’ladi va bundan foydalanamiz. Toshkentdagi bahsda yaxshi harakat k’ila olmagandik, u erda o’yin 1:0 hisobidan boshlangandek edi. K’olaversa, Asamoa Gyan jarohat olib, maydonni tark etgandi. Endi bunday holat takrorlanmaydi, degan umiddaman.
Majid Nosir («Al-Ahli» darvozaboni):
— O’z muxlislarimiz k’arshisida yutk’azishni xohlamaymiz. Mak’sadimiz — ijobiy natija k’ayd etib, keyingi bosk’ichga chik’ish.
O’YIN OLDIDAN
DAVOMI
Комментарии 0