Marselo el klassiko — bu shunchaki oyin emas — ozbekiston

Marselo el klassiko — bu shunchaki oyin emas — ozbekiston

Marselo: el klassiko — bu shunchaki o’yin emas — o’zbekiston

Madridning «Real» klubi k’anot himoyachisi Marselo Ispaniya chempionati 33-turidan o’rin olgan «Barselona»ga k’arshi – «el-klasiko» oldidan madridliklar rasmiy saytiga intervyu berdi.
Marselo mazkur suhbat chog’ida o’yindan kutayotganlarini bayon k’ildi.
— Klasiko bu shunchaki o’yin emas, balki har k’anday muxlis uchun alohida bayram. Bizni katta hayajonli bahs kutib turibdi.
Bu o’ynni ko’rish uchun butun dunyo odamlari o’z ishlarini unutishadi. Har k’anday futbolchi bu o’ziga xos «jang»da hech bo’lmaganda bir marotaba k’atnashishni istaydi. Odamlar esa bahs oldidan anchagacha muhokamalar olib borishadi.
Menda «Barselona»ga k’arshi ko’plab o’yinlarda ishtirok etish imkoniyati bo’lgan, ammo hech k’aysi o’yinda o’zimda k’o’rk’uv yoki hayajonni sezmaganman. Bu o’yinda bo’ladigan his-tuyg’ularni so’z bilan ifodalab berish k’iyin. Buning uchun fak’at o’ynash kerak.
O’ylaymanki, har-bir odam o’rnimda bo’lishni xohlaydi.
Umuman, «Real» va «Barselona» o’rtasidagi o’yinlarni muxlislar bunchalik katta xursandchilik bilan kutib olishlaridan juda ham baxtlimiz.
«Real»ga birinchi kelgan paytlarimda bu erdagilar to’planib kataloniyaliklarga k’arshi bahs hak’ida gaplashayotgan edi. Do’stlarim tinimsiz telefon k’ilishib taasurotlarim hak’ida so’rashardi.
«Real»dagi ilk k’adamlar
Eslayman, o’sha o’yin «Real» foydasiga hal bo’lgan. Shunda katta oilaning kichik a’zosiga aylanganimni tushunib etganman. Bu men uchun muhim edi.
Jamoaning ishlari yaxshi ketmok’da hammangizni ishontirib aytamanki, «Real» har-bir o’yinga alohida yondashib mas’uliyat bilan maydonga tushadi. Bu o’yinni finaldek k’abul k’ilamiz. O’ylaymanki, hozir yo’limizda bir-tekis, ravon ketmok’damiz va muxlislarimizning xursandchiligini davom ettirishga harakat k’ilamiz.
Biz ajoyib jamoamiz, barcha fak’atgina oldinga k’adam k’o’yish hak’ida o’ylaydi va bir-birini k’o’llab k’uvvatlaydi.
«Kamp Nou»dagi o’yinlar xususida
– Bu stadionda o’ynash juda ham k’iyin. «Barselona»ga k’arshi o’yinlar oldidan mashg’ulotlarda katta ter to’kib, jiddiy tarzda shug’ullanish kerak.
«Kamp Nou»dagi oxirgi o’yinimizda murabbiymizning rejasi to’lik’ amalga oshgandi.
Bu o’yinga keladigan bo’lsak, anik’ ayta olmayman har narsa bo’lishi mumkin, ammo uch ochko olib «Barselona» bilan oradagi fak’rni yanada ko’paytirishga harakat k’ilamiz.
Ronaldu bilan do’stlik
Bu hali hammasi emas, mak’olaning davomi bu erda

Комментарии 0

Оставить комментарий

Ваш email не будет опубликован.