Masters mayamidagi finalda federer nadalni maglub etdi — ozbekiston

Masters mayamidagi finalda federer nadalni maglub etdi — ozbekiston

Masters. mayamidagi finalda federer nadalni mag’lub etdi — o’zbekiston

Kuni kecha Mayami shahrida «Masters» musobak’asi yakkuniga etdi. Bosh sovrin uchun Rodjer Federer va Rafael Nadal kortga chik’ishdi.
Ikki set davom etgan o’yinda shveysariyalik futbolchi 6:3, 6:4 hisobida g’alaba k’ozondi. Uchrashuv 1 soatu 35 dak’ik’a davom etdi. Federer har ikkala bo’limda bittadan breyk ochkolarni k’o’lga kiritishga muvaffak’ bo’ldi va o’zining to’p oshirishlarida rak’ibiga ochko bermadi.
Mayamidagi g’alaba 35 yoshli tennischi uchun ushbu mavsumdagi uchinchi, faoliyatidagi esa 91-sovrin bo’ldi. «Masters» toifasiga kiruvchi musobak’alarda Federer 26 marta g’oliblikni k’o’lga kiritgan. 2017 yilda u Avstraliya ochik’ chempionati va Indian-Uellsdagi turnirlarda ham g’olib chik’k’andi.
Nadal hisobida esa jami 69ta sovrin bor («Masters» turnirlarida — 28ta). Nadal — Federer to’k’nashuvlarida ustunlik ispaniyalik tennischi tomonida — 23:14, ammo ushbu mavsumda Rodjer rak’ibini 3 marta engishga muvaffak’ bo’ldi.

Комментарии 0

Оставить комментарий

Ваш email не будет опубликован.