Mirzaev nomidagi itida daraxtlarning nokonuniy kesilgani tasdiklandi — ozbekiston

Mirzaev nomidagi itida daraxtlarning nok’onuniy kesilgani tasdik’landi — o’zbekiston
Akademik Mahmud Mirzaev nomidagi Bog’dorchilik, uzumchilik va vinochilik ilmiy-tadk’ik’ot instituti (sobik’ Shreder nomidagi ITI) hududida daraxtlarning shafk’atsizlarcha kesilgani to’g’risidagi ma’lumotlar o’z tasdig’ini topdi.
Institutning bir guruh faxriylari daraxtlarning ommaviy ravishda kesilgani, ularning aksariyati k’ariyb bir asrlik yoshda ekani bo’yicha davlat organlari va OAVga murojaat bilan chik’di. Tabiatni muhofaza k’ilish inspektorlarining tekshiruvi mazkur ma’lumotlarning to’g’ri ekanini tasdik’ladi.
«Gazeta. uz» ushbu masalada izoh berilishini so’rab institut va O’zbekiston Tabiatni muhofaza k’ilish davlat k’o’mitasiga murojaat k’ildi. Vaziyatga bosh direktor o’rinbosari Jamoliddin Fayziev oydinlik kiritdi. Uning so’zlariga ko’ra, institut hududida rostdan ham 39 ta k’urigan va kasallangan daraxt kesilgan. Institutda buning uchun ruxsat beruvchi hujjatlar mavjud, deb k’ayd etdi u.
Tabiatni muhofaza k’ilish davlat k’o’mitasidan esa boshk’a ma’lumotlar tak’dim etildi. Mahkamaning rasmiy xabarida tabiatni muhofaza k’ilish inspektorlari Akademik Mahmud Mirzaev nomidagi Bog’dorchilik, uzumchilik va vinochilik ITI hududida daraxtlarning nok’onuniy kesilishiga oydinlik kiritish bo’yicha hodisa joyida vaziyatni har tomonlama o’rgangan. Natijada bir k’ator k’onun buzilishi holatlari anik’langan.
Kesilgan daraxtlar sxemasi o’rganilganda, kesishga ruxsat berilgan 69 ta daraxtning fak’atgina 58 tasi kesilgan ma’lum bo’ldi. Birok’ k’olgan hududlar tekshirilganda, mazkur 58 ta daraxtdan tashk’ari ruxsatsiz yana 52 ta daraxt kesilgani anik’landi. K’olgan to’nkalar ork’ali ularning 22 tasi k’urigani, 30 tasi esa to’la sog’lom daraxtlar ekani ma’lum bo’ldi.
K’onun buzilishi to’g’risidagi materiallar Toshkent viloyat prokuraturasiga tak’dim etildi va ular bo’yicha tekshiruv tergov ishlari olib borilmok’da.
Комментарии 0