Nima uchun ketaman deyish mumkin emas — ozbekiston

Nima uchun ketaman deyish mumkin emas — ozbekiston

Nima uchun «ketaman» deyish mumkin emas? — o’zbekiston

Chunki turmush o’rtog’ingiz vafodor va sadok’atli yor hak’ida orzu k’ilgan; uni hech k’achon…
Bilasizmi, erkaklar biz ayollarga nisbatan konservativ (eskilikka yopishib olgan) bo’lishadi. Onalari doimo ularni so’zsiz muhabbat bilan yaxshi ko’rganliklari uchun umr yo’ldoshlaridan ham xuddi shunday muhabbatni kutadilar.
Erkaklarning tasavvuridagi sezgi bu – bir nima uchun emas, balki beminnat, kezi kelganda hammaga k’arshi borib bo’lsa ham, muhabbat k’ilishdir. K’arama-k’arshi jins bilan bo’lgan ilk munosabatlar ota-onalar bilan bo’lgan munosabatlarda namoyon bo’ladi. K’izlar erlaridan otalaridagi xislatlarni, yigitlar esa rafik’alaridan onalaridagi xususiyatlarni k’idiradilar. Nimaga desangiz, bolalik har bir inson tushunchasida – baxt, bark’arorlik, himoya hamda ertangi kun va muhabbatga ishonch demak. K’andaydir ishni noto’g’ri k’ilganing uchun tashlab ketuvchi ayol ishonchga loyik’ emas. «Javobimni ber», «Ketaman» kabi iboralar dard, ko’ngil k’olishning manbasi sifatida k’abul k’ilinadi va ishonchga loyik’ emasligingizni bildiradi. Odatda erkaklar biz ayollardan ko’ra ehtiyotkor hamda tadbirkor bo’lishadi. Xavf-xatar sezib k’olguday bo’lsalar, darhol tadbirini k’iladilar. Bu hol ularda refleks darajasida yuz beradi. Deylik, xavf siz tomondan kelyapti, ya’ni alamni, ularni zaiflashtiruvchi zarbani xatar deya tushunishadi. Zarba tushishi mumkin bo’lgan joyni, mazkur sharoitda yurakni berkitib k’o’yishadi. Odatda bu jarayon o’ylab ko’rilmasdan, beixtiyor sodir bo’lsa-da, ammo ork’aga yo’l yo’k’! Eng k’o’rk’inchlisi, ok’ibati darhol sezilmaydi, ikki tomon ham sevgi, samimiyat, o’zaro ishonch k’aerda, k’aysi payt g’oyib bo’lganini tushunmay k’olaveradi.
Hammasi esa arzimagan «ketish» hak’idagi gaplardan chik’k’an, garchi tilga ko’chib, amalda bajarilmagan bo’lsa ham. Agar shu vak’tgacha ko’chingizni bir necha bor yig’ib, onangiznikiga borib-kelgan bo’lsangiz – bormi, u holda umr yo’ldoshingiz k’o’lida unga k’attik’ iztirob beruvchi «pichok’k’a ilinadigan» isbotlar etarlicha. Shuning uchun kelgusida mag’lublar k’atorida turmaslik, k’ayta alam chekmaslik, hissiyotlarga ortik’cha berilmaslik uchun «betini» va k’ahrini k’attik’ k’ilishadi.
YOdingizda tuting: eshikni yopib ketayotganingizda turmush o’rtog’ingizning ham k’albiga eltuvchi yo’lni berkitib ketasiz. Shu e’tibordan ZINHOR amalda k’ilmaydigan ishingiz bilan jufti halolingizni k’o’rk’itmang. Ketish hak’idagi iboralar fak’atgina chindan k’aroringiz k’at’iy bo’lganda joiz bo’ladi.
Eng yaxshisi, ketishni xayolingizga ham keltirmang. Oilani buzganlar shaytonning sara malaylaridan ekanligini unutmang. Oilaviy hayotga k’adam k’o’yar ekanmiz, sadok’atli, vafodor yor bo’lishimiz va’dasini berib, o’zimizni boshk’a bir odamning k’o’liga topshiramiz. Anik’rog’i, Alloh bizni turmush o’rtog’imizga omonat k’ilib topshiradi.
Shunday ekan, mas’uliyat hamda hak’larimizni to’g’ri tushungan holda «oila» atalmish muk’addas k’o’rg’onni mustahkamlashga bel bog’lab, k’olganini Allohning rahmati va Hakiymligiga tavakkul k’ilib yashash joizdir.
Laylo Natalya Bahodiriydan GO’ZAL tarjimasi.

Комментарии 0

Оставить комментарий

Ваш email не будет опубликован.