Ochl faktlar rakamlar statistik korsatkichlar — ozbekiston

Ochl faktlar rakamlar statistik korsatkichlar — ozbekiston

Ochl: faktlar, rak’amlar, statistik ko’rsatkichlar — o’zbekiston

Yong Su Choy boshk’aruvidagi «Jiangsu Sunin» klubi sarmoyadorlar tomonidan ajratilgan mablag’ni to’lik’ ok’lashga tushdi. Bizning vakillar esa 27 fevraldan buyon nihoyat, yana ochko olishdi.
Ammo bu birovga tatimagani o’z-o’zidan tushunarli… Shuningdek, «Seul» barchani ajablantirishda davom etyapti. Koreyslar 4-turda Avstraliya safaridan 3:2 ko’rinishida g’alaba bilan k’aytib, «Vestern Sidney» oldidagi «k’arz»ni ortig’i bilank’aytarishdi. 4-turda aynan 4ta penalti bexato ijro etilganini ham aytish o’rinli.
«A» guruhi
*** Saudiya Arabistoni klublaridan fak’at «Al-Tavon» BAA vakillariga k’arshi o’yinlar bo’yicha salbiy to’plar nisbatiga ega (-2). Umuman, «Tavon»ning joriy mavsumdagi 1 va 2-goli oralig’idagi o’yin vak’ti 265 dak’ik’ani tashkil etdi.
«B» guruhi
*** «Al-Jazira» — «Al-Fotih» o’yinini stadionda atigi 322 nafar muxlis kuzatdi. 27 fevral kuni «Muhammad bin Zayd» arenasiga 2322 (!) tomoshabin tashrif buyurgandi. Xullas, 40 kun ichida g’alati pasayish kuzatildi.
*** «Lahviya»ning koreyalik 25 yoshli legioneri Nam Tae Xvi OChLdagi gollari sonini 10taga etkazdi. U ushbu turnirda fak’at mavsum-2013da gol urmagan.
*** «Al-Fotih»ning 25 yoshli hujumchisi Ali Ahmad al Zak’aan o’yinning 90}1-dak’ik’asida ogohlantirildi va klubning 4ta tur davomida ishlagan sarik’ kartochkalari soni 11taga etdi. «Fotih» bu borada joriy turnir «peshk’adami» bo’lib turibdi.
«C» guruhi
*** «Bunyodkor» OChL guruh bosk’ichida 16ta o’yindan buyon g’alaba nimaligini bilmayapti. Shuningdek, jamoaning turnirda k’o’yib yuborgan gollari soni 100ta etdi. «Yubiley» golni Murtazo Tabrizi «tak’dim» etdi. Umuman, OChLda sanok’li jamoalar 100tadan ko’p gol k’o’yib yuborgan: «Chonbuk Xyunday» (112ta), «Al-Ayn» (112ta), «Paxtakor» (105ta) va «Al-Hilol» (104ta).
*** «Al-Ayn» — «Al-Ahli» (S. Arabistoni) bahsida «dubl» k’ayd etgan mehmonlar vakili Omar al Somah OChLdagi gollari sonini 12taga etkazib k’o’ygan bo’lsa, mezbonlardan Umar Abdulrahmon 11-golini nishonladi. Shu tarik’a al Somah turnir tarixidagi to’purarlar reytingida 19-o’ringa ko’tarildi, Abdulrahmon esa 21-k’atorga.
«D» guruhi
*** «Al-Hilol»ning braziliyalik hujumchisi Karlos Eduardo 2014|2015 yillar mavsumidan buyon Saudiya Arabistonida to’p surmok’da. U 4-tur bahsida penaltidan unumli foydalanib, OChLdagi gollari sonini 7taga etkazdi. Eduardo 2015 yili mazkur klub safida guruh bosk’ichining 4ta o’yinida k’atnashgan va o’z nomiga 4ta gol yozib k’o’ygandi.
«E» guruhi
*** Guruh peshk’adamligini k’o’lga olgan «Muangtong Yunayted» (1989 yili tashkil etilgan) atigi 10 yil oldin professional klub mak’omini olgandi. E’tiborlisi, Tailand jamoasi ketma-ket 3ta mavsumda 3ta divizion g’olibiga aylandi. OChL guruh bosk’ichida esa bundan oldin fak’at 2013 yili ishtirok etgandi.
«F» guruhi
*** Mavsum-2010dan 7 yil o’tib, «Shanxay SIPG» ork’ali OChLga k’aytgan Odil Ahmedov joriy turnirda 5 marta maydonga tushib, jami 432 dak’ik’a harakatlandi.
*** «Seul» safida «dubl»ga erishgan Deyan Damyanovich OChLda gol urish bobida 20talik dovonni zabt etdi. U buning uchun jami 46 marta maydonga tushgan.
*** 4-turda 90}…-dak’ik’ada 1ta gol urildi. Uning muallifi: Laklan Skott («Vestern Sidney»). Umuman olganda, 4ta tur davomida k’o’shib berilgan dak’ik’alarda 8ta gol k’ayd etilgan bo’lib, ulardan 5tasi o’yin holatidan urildi.
«G» guruhi
*** «Suvon Samsung» vakili Ki Xun Yeom samarali «pas» bo’yicha hammadan oldinda bormok’da — 3ta. 12 nafar futbolchi hisobida esa 2tadan samarali uzatma bor. Hamyurtimiz Odil Ahmedov hozircha 1ta golga hammualliflik k’ildi.
«H» guruhi
*** «Jiangsu Sunin»ning OChLdagi ishtirokiga nazar solsak, shu paytgacha 9ta klub bilan to’k’nash kelgan. Xitoy jamoasi xususan, «Gamba Osaka»ga k’arshi bahslarda 100 foizli natijaga erishgan. «Seul»ga ega 2ta o’yinda ham yutk’azib k’o’ygan.
*** «Adelaida Yunayted» OChLdagi 40-o’yinida 18-g’alabasini tantana k’ildi. Avstraliya vakili 2012 yilgi turnir 1|8 finalida «Nagoya Grampus»ni 1:0 hisobida engganidan buyon g’alaba k’ozonolmay kelayotgandi.
*** Avstraliya klublarining J. Koreyavakillariga k’arshi o’yinlardagi umumiy statistikasi: 14ta g’alaba, 19ta durang, 18ta mag’lubiyat, to’plar nisbati 54-71. Eng k’izig’i, ikki davlat klublarining OChLdagi k’arama-k’arshiliklarida avstraliyaliklar tomonidan urilgan 50-gol «Adelaida Yunayted»ning koreyalik legioneri (!) Kim Jae Sung hisobiga yozildi.
Hafta k’ahramoni
Bu hali hammasi emas, davomi: www. iff. uz da

Комментарии 0

Оставить комментарий

Ваш email не будет опубликован.