Ohangaron va yangiyul viloyat buysinuvidagi shahar buladi — ozbekiston

Ohangaron va yangiyul viloyat buysinuvidagi shahar buladi — o’zbekiston
Uzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoev 20 iyul kuni Toshkent viloyati mamuriy-hududiy tuzilmalari va mahalliy ijro hokimiyati organlari faoliyatini takomillashtirish tugrisidagi qarorni imzoladi.
Davlat rahbarining hududga tashrif buyurishidan bir kun avval qabul qilingan hujjat poytakht viloyatining iqtisodiy salohiyatini oshirish, aholi turmush sharoitlarini yakhshilash va shaharlardagi muhandislik-kommunikasiya infratuzilmalarida mavjud bulgan tizimli muammolarni hal etishga qaratilgan.
Qaror bilan Vazirlar Mahkamasining Urtachirchiq tumanidagi Tuytepa shahriga viloyatga buysinuvchi shahar maqomini berish va uni Toshkent viloyati mamuriy markazi etib tayinlash tugrisidagi takliflari tasdiqlandi.
Viloyatga buysinuvchi shaharlar ruykhatiga Ohangaron va Yangiyul ham kiritildi. Bundan tashqari, Zangiota tumani hududida Zangiota va Toshkent tumanlari tashkil etiladi (ular 2010 yilda birlashtirilgan edi).
Ushbu qarorlar parlament palatalari tomonidan tasdiqlanishi lozim.
Viloyat hokimligida moliya, soliq va iqtisodiyot organlari shtat birliklarining qisqartirilishi evaziga 35 nafar shtat birligiga ega Turizmni rivojlantirish departamenti tashkil etildi. Bundan tashqari, hokimning turizmni rivojlantirish buyicha urinbosari kotibiyati qushimcha 5 ta shtat birligi bilan kuchaytirildi.
Qibray, Zangiota, Yangiyul, Chinoz va Toshkent tumanlari hokimiyatlarining meva-sabzavot mahsulotlarini etishtirish, qayta ishlash va eksport qilish buyicha faoliyati bosh vazir urinbosari, «Uzavtosanoat» kompaniyasi boshqaruvi raisi urinbosari Ulugbek Rozuqulov tomonidan muvofiqlashtiriladi.
Hujjatda «Parkent» erkin iqtisodiy zonasini tashkil etish buyicha takliflar tayyorlanishi belgilangan.
Комментарии 0