Oktyabrdan yangi haydovchilik guvohnomasi joriy etiladi — ozbekiston

Oktyabrdan yangi haydovchilik guvohnomasi joriy etiladi — o’zbekiston
O’zbekistonda 1 oktyabrdan plastikdan tayyorlangan yangi namunadagi haydovchilik guvohnomalari va avtomototransport vositalarining ro’yxatdan o’tkazilgani to’g’risidagi guvohnomalar joriy etiladi. Hukumatning 2 martda tasdik’langan shu hak’dagi k’arori matni IIV saytida e’lon k’ilindi.
YAngi hujjatlar yangi namunadagi milliy haydovchilik guvohnomasi namunalarining Yo’l harakati to’g’risidagi Konvensiya (Vena shahri, 1968 yil 8 noyabr) tavsiyalariga muvofik’ligini ta’minlash, milliy haydovchilik guvohnomalarini hamda avtomototransport vositasi ro’yxatdan o’tkazilganligi to’g’risidagi guvohnomalarni ro’yxatdan o’tkazish va hisobga olish tizimiga zamonaviy axborot-kommunikasiya texnologiyalarini joriy etishni samarali tashkil etish mak’sadida tatbik’ k’ilinmok’da.
1 oktyabrdan boshlab tegishli ravishda milliy haydovchilik guvohnomasini rasmiylashtirishda — milliy haydovchilik guvohnomasining, avtomototransport vositasini ro’yxatdan o’tkazishda (k’ayta ro’yxatdan o’tkazishda) — avtomototransport vositasi ro’yxatdan o’tkazilganligi to’g’risidagi guvohnomaning yangi namunalari beriladi.
YAngi namunadagi milliy haydovchilik guvohnomasi berilgan kundan boshlab 10 yil muddatga tak’dim etiladi. Amaldagi milliy haydovchilik guvohnomalari: 2017 yil 1 oktyabr — 2018 yil 31 dekabr davrida — eski namunadagi milliy haydovchilik guvohnomalari uchun, ularning berilgan sanasidan k’at’i nazar — ular egasining yozma arizasiga ko’ra ixtiyoriy ravishda; 2019 yil 1 yanvar — 2020 yil 31 dekabr davrida — eski namunadagi barcha milliy haydovchilik guvohnomalari uchun, ularning berilgan sanasidan k’at’i nazar — majburiy tartibda yangi namunadagi milliy haydovchilik guvohnomalariga almashtiriladi.
Avtomototransport vositasi ro’yxatdan o’tkazilganligi to’g’risidagi guvohnomani yangi namunadagi guvohnomaga almashtirish 2017?2020 yillar mobaynida bosk’ichma-bosk’ich — avtomototransport vositasini majburiy texnik ko’rikdan o’tkazishda amalga oshiriladi.
Eski namunadagi milliy haydovchilik guvohnomalari hamda avtomototransport vositasi ro’yxatdan o’tkazilganligi to’g’risidagi guvohnomalar 2021 yil 1 yanvardan boshlab hak’ik’iy emas deb hisoblanadi.
Avtomototransport vositalarini ro’yxatdan o’tkazish (k’ayta ro’yxatdan o’tkazish) tartibi to’g’risidagi nizom loyihasiga o’zgartishlar kiritish rejalashtirilgan.
Ultra binafsha rangli k’oplama va O’zbekiston davlat gerdi ko’rinishidagi gologramma mavjud bo’lgan plastlikli guvohnomalar hajmi 54?86 mm bo’ladi.
Texnik ko’rikdan o’tkazilgani to’g’risidagi talon hajmi ham xuddi shunday bo’lib, u k’og’ozdan tayyorlanadi. Uning old tomonida avtomototransport vositasining rusumi va davlat ro’yxatiga olingan rak’ami ko’rsatiladi. Ork’a tomonida esa — rtexnik ko’rik natijasi, joriy va navbatdagi ko’rik muddatlari ko’rsatiladi.
Talondagi yozuv Davlat yo’l harakati xavfsizligi xizmati bo’linmalarining mutasaddi xodimi tomonidan yoziladi hamda uning imzosi va maxsus stampi bilan tasdik’lanadi.
Комментарии 0