Oleg tyulkin dinamo trillerda golib boldi — ozbekiston

Oleg tyulkin dinamo trillerda golib boldi — ozbekiston

Oleg tyulkin: dinamo trillerda g’olib bo’ldi — o’zbekiston

O’zbekiston Kubogi nimchorak final javob uchrashuvi doirasidagi «Olmalik’» — «Dinamo» (2:2) uchrashuvidan keyin samark’andliklar bosh murabbiyi Oleg Tyulkin o’yin borasida to’xtalib o’tdi.
— Oleg Pavlovich, keyingi bosk’ich yo’llanmasi bilan tabriklaymiz. O’yin hak’ida k’anday fikrdasiz?
— Bugun «Dinamo» o’yin emas, «triller»da g’olib bo’ldi. Uchrashuv juda shiddatli va tomoshabop o’tdi. Aynik’sa, birinchi bo’lib hisobni jarima zarbasidan Iskandar Xolmirzaev kiritgandan keyin, o’yin yanada jonlandi. Maydon egalari muvozanatni tiklashgach, har k’anday holatda ham yana bitta gol urishimiz kerak edi. Ammo ko’p o’tmay, futbolchilar maydondan chetlatishdi, penalti k’o’yildi. 11 metrlik holat bo’yicha vaziyatni anglay olmadim, ochig’i. Rak’ib penaltidan gol urib, hisobda oldinga chik’k’ach, yakunda biz yana gol urib, chorak finalga yo’l olganligimizdan juda xursandmiz. Yigitlar irodalarini namoyish etishdi.
— Jasur K’urbonov maydonga tushayotganda k’anday ko’rsatma berilgandi?
— YOsh futbolchimiz yarimhimoyachi bo’lsada, hujumkorlikni oshirishi kerak edi. O’yin yakunida uning maydonga tushirilishi foydali bo’ldi. O’yinga k’o’shib berilgan 90+6-dak’ik’a yakuniga 15 soniya k’olganida Jasur ikki futbolchini aldab, chamasi 30 metrlardan kuchli zarbasi bilan ajoyib gol muallifiga aylandi. Bu gol bizni chorak finalga olib chik’di. YOshlar ishonchimizni ok’layotgan ekan, ularga imkon berishda davom etamiz.

Комментарии 0

Оставить комментарий

Ваш email не будет опубликован.