Oliy ligada tur oyini rekordga mos keskinlik — ozbekiston

Oliy ligada tur oyini rekordga mos keskinlik — ozbekiston

Oliy ligada tur o’yini: rekordga mos keskinlik — o’zbekiston

«Navbahor» — «K’o’k’on-1912» to’k’nashuviga 10-turning markaziy o’yini sifatida k’aralgandi va vok’ealar rivoji bu bejiz emasligiga dalolat berdi. Birinchidan, «Navbahor» stadionida muxlislar tashrifi bo’yicha joriy mavsum rekordi k’ayd etildi. Ikkinchidan, butun 90 dak’ik’a davomida keskin kurash ruhi ufurib turdi.
Dastlabki tahlikali vaziyat mezbonlar darvozasi oldida sodir etildi. 2-dak’ik’ada uyushtirilgan tezkor k’arshi hujum natijasida Filipp Rayevas k’ulay imkoniyat hosil k’ildi. Ammo «K’o’k’on-1912» to’purariga «Navbahor» darvozabonini dog’da k’oldirishda sovuk’k’onlik etishmadi. Oradan hech k’ancha vak’t o’tmay, Namangan klubi murabbiylar shtabining majburiy o’zgarishga k’o’l urishiga to’g’ri keldi — Ilhom Mo’minjonov jarohatlangan G’iyos Komilov o’rniga Darko Stanoevichni maydonga tushirdi. 8-dak’ik’aga kelib, Jahongir Mehmonov kuchli zarba vositasida mehmonlar posboni Aziz Ashurov hush­yorligini sinab ko’rdi. YAna 3 dak’ik’adan so’ng Dilshod Jabborov k’ulay vaziyatni yo’k’k’a chik’ardi. Hisob esa birinchi bo’lim o’rtalarida ochildi. Bunda «lochinlar»ga jarima zarbasi k’o’l keldi. Zero, to’p oshirib berilgach, «K’o’k’on-1912» jarima maydoni ichida pala-partishlik kuzatildi va Nemanya Yovanovich bundan foydalanib, boshi bilan anik’ zarba yo’lladi. E’tiborli tomoni, k’o’k’onliklar bundan oldingi 8ta uchrashuvda hisobni ochish vazifasi uddasidan chik’ishgandi.
Tanaffusdan keyin ham jamoalar hujumlar ketma-ketligini uzishgani yo’k’. Xususan, «Navbahor»dan Aziz Turg’unboev va Dilshod Jabborov k’ulay imkoniyatga ega bo’lishdi. Mehmonlar esa Javohir Siddik’ov, Andrey Sidorov va Filipp Rayevasning zarbalaridan so’ng hisobni tenglashtirishlari mumkin edi. Ammo hisob anchagacha o’zgarmay turdi. Oxirida esa Valentin Kovalenko faol o’ynagan Javohir Siddik’ovga k’o’pollik ishlatilganini k’ayd etib, «Navbahor» darvozasi tomon penalti belgiladi. Aytish joiz, uning bu k’arori mezbonlarda kuchli e’tiroz uyg’otdi. Ma’lum tortishuvlardan so’ng Murod Xolmuhammedov 11 metrli nuk’tadan zarba yo’lladi — bexato. Ammo Kovalenko golni inobatga olmay, zarbani takroran bajarish zarurligiga ishora k’ildi. Sovuk’k’on himoyachi o’z navbatida, ikkinchi urinishda ham gol urishni uddalab, yakuniy hisobni o’rnatdi — 1:1.
Fakt. Namanganda o’yinni 20220 muxlis bevosita stadionda kuzatdi. Bu muxlislar tashrifi bo’yicha joriy mavsum rekordidir. Bungacha eng yuk’ori ko’rsatkich 3-turda aynan «Nav­bahor»ning «Neftchi»ga k’arshi o’yinida k’ayd etilgandi — 18992 muxlis. Umuman, Namangan klubi joriy mavsum 6ta tur yakuni bo’yicha eng ko’p muxlis yik’k’an jamoa bo’ldi.
«K’o’k’on-1912»ning mag’lubiyatsiz seriyasi
DAVOMI

Комментарии 0

Оставить комментарий

Ваш email не будет опубликован.