Oliy va oliy xojalik sudlari birlashtiriladi — ozbekiston

Oliy va oliy xo’jalik sudlari birlashtiriladi — o’zbekiston
1 iyundan O’zbekistonda Oliy sud va Oliy xo’jalik sudi birlashtirilib, fuk’arolik, jinoiy, ma’muriy va ik’tisodiy sud jarayonlari sohasida sud hokimiyatining yagona oliy organi — O’zbekiston Respublikasi Oliy sudi tashkil etiladi.
Bu Prezident Shavkat Mirziyoevning 21 fevraldagi «O’zbekiston Respublikasi sud tizimi tuzilmasini tubdan takomillashtirish va faoliyati samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to’g’risida»gi farmonida o’z aksini topgan. Farmon matni «O’zbekiston» telekanalining «Axborot» dasturida o’k’ib eshittirildi.
Farmonda k’ayd etilishicha, sud hokimiyatining ikki oliy organi — O’zbekiston Oliy sudi va Oliy xo’jalik sudining mavjudligi sud tizimini boshk’arish vazifalarining takrorlanishiga, yagona sud amaliyoti ta’minlanmasligiga olib kelmok’da. Sudlar tizimining amaldagi tuzilmasi va shtat birligi xizmat vazifalarini ok’ilona tak’simlash imkonini bermayapti, bu esa ularni zamon talablarini inobatga olgan holda takomillashtirish va mak’bullashtirishni talab etadi.
Farmonga berilgan rasmiy sharhda keltirilishicha nomzodlarni tanlash va sudyalik lavozimiga tayinlash tizimini tubdan takomillashtirish, sudyalarning mazkur jarayondagi ishtirokini kengaytirish, yuk’ori malakali sudyalar korpusini shakllantirish uchun mas’ul bo’lgan organning mak’omi hamda vakolatlarini oshirish mak’sadida O’zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi tashkil etildi.
Sudyalar oliy kengashi sudyalar hamjamiyati organi sifatida sud hokimiyatining mustak’illigi hak’idagi konstitusiyaviy prinsipga rioya etilishini ta’minlashga ko’maklashadi. Sudyalar oliy kengashi uning tarkibida O’zbekiston Respublikasi Prezidenti tak’dimnomasiga binoan Senat tomonidan tasdik’lanadigan Kengash raisi va ko’pchilikni tashkil etuvchi sudyalar hamda huk’uk’ni muhofaza k’iluvchi organlar, fuk’arolik jamiyati institutlari vakillari va huk’uk’ sohasidagi malakali mutaxassislar orasidan O’zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tayinlanadigan 20 nafar a’zodan iborat bo’ladi. Sudyalar oliy kengashining 13 nafar a’zosi doimiy, 8 nafar a’zosi esa jamoatchilik asosida o’z faoliyatini amalga oshiradi.
Sudyalar oliy kengashiga sudyalik lavozimlariga malakali mutaxassislar orasidan ochik’ va shaffof tanlov asosida sudyalar korpusini shakllantirish, sudyalar daxlsizligi buzilishini va ularning odil sudlovni amalga oshirish borasidagi faoliyatiga aralashishlarning oldini olish bo’yicha chora-tadbirlar ko’rish, nomzodlar va sudyalarning kasbiy tayyorgarligini tashkil etish, aholi bilan mulok’otni yo’lga k’o’yish vazifalari yuklatilgan.
Sudyalar oliy kengashiga O’zbekiston Respublikasi Konstitusiyaviy sudi, Oliy sudi sudyalari, O’zbekiston Respublikasi Harbiy sudi, K’orak’alpog’iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar sudlari raislaridan tashk’ari barcha sudyalarni O’zbekiston Respublikasi Prezidenti bilan kelishilgan holda lavozimlarga tayinlash va lavozimlardan ozod etish bo’yicha vakolatlar o’tkazilmok’da.
Sud amaliyotini tizimli tahlil k’ilib borish, uni takomillashtirish yuzasidan takliflar ishlab chik’ish mak’sadida O’zbekiston Respublikasi Oliy sudi huzuridagi Sud k’onunchiligini demokratlashtirish va liberallashtirish hamda sud tizimi mustak’illigini ta’minlash bo’yicha tadk’ik’ot markazi Sudyalar oliy kengashi huzuridagi Odil sudlov muammolarini o’rganish bo’yicha tadk’ik’ot markazi sifatida o’zgartirilmok’da.
Farmondagi yana bir ahamiyatli jihat — O’zbekiston Respublikasi Oliy sudi va Oliy xo’jalik sudining fuk’arolik, jinoiy, ma’muriy va ik’tisodiy sud ish yurituvi sohasida sud hokimiyatining yagona oliy organi — O’zbekiston Respublikasi Oliy sudiga birlashtirilishi bo’ldi. Ushbu islohot sud tizimini boshk’arishdagi bir-birini takrorlovchi funksiyalarni bartaraf etishga hamda yagona sud amaliyotini shakllantirishga olib keladi.
Sud hokimiyati ikki oliy organining parallel faoliyat yuritishi k’onun hujjatlari talablarini bir xilda k’o’llanishini ta’minlay olmadi, bir-biriga o’xshash masalalar yuzasidan turlicha k’arorlar k’abul k’ilinishiga olib keldi.
Ommaviy-huk’uk’iy munosabatlardan kelib chik’adigan nizolarni, shuningdek ma’muriy huk’uk’buzarliklar to’g’risidagi ishlarni ko’rib chik’ishga vakolatli bo’lgan yangi sud tizimining shakllantirilishi alohida ahamiyat kasb etadi.
Ilk marotaba davlat organlari va ularning mansabdor shaxslari g’ayrik’onuniy harakatlari (harakatsizligi) ustidan fuk’arolarning sudga shikoyat k’ilish huk’uk’ining konstitusiyaviy kafolatlarini amalga oshirishni ta’minlashga xizmat k’iladigan O’zbekiston Respublikasi Oliy sudining ma’muriy ishlar bo’yicha sudlov hay’ati, K’orak’alpog’iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar ma’muriy sudlari, tuman (shahar) ma’muriy sudlari tashkil etildi.
Hozirgi kunga k’adar davlat organlari va ularning mansabdor shaxslari harakatlari (harakatsizligi) ustidan shikoyatlarni ko’rib chik’ish Fuk’arolik va Xo’jalik prosessual kodekslariga muvofik’ fuk’arolik ishlari bo’yicha sudlar va xo’jalik sudlari tomonidan, ma’muriy huk’uk’buzarliklar to’g’risidagi ishlar esa Ma’muriy javobgarlik to’g’risidagi kodeksga muvofik’ jinoyat ishlari bo’yicha sudlar tomonidan amalga oshirilayotgan edi.
Endilikda ushbu toifadagi ishlar yangi tashkil etilayotgan ma’muriy sudlar tomonidan ko’riladi. Shu bilan birga, ma’muriy ishlarni ko’rib chik’ishning prosessual tartibini belgilash, davlat organlari faoliyatida k’onuniylikni mustahkamlash, jismoniy va yuridik shaxslarning huk’uk’ va k’onuniy manfaatlarini amalga oshirishning zamonaviy tartib-taomillarini joriy etishga k’aratilgan «Ma’muriy sud ishi yurituvi to’g’risida»gi va «Ma’muriy tartib-taomillar to’g’risida»gi k’onunlar loyihalari ishlab chik’iladi.
Zamonaviy talablardan kelib chik’ib, shuningdek tadbirkorlik sub’ektlarining huk’uk’larini himoya k’ilish tizimini yanada takomillashtirish mak’sadida Farmon bilan K’orak’alpog’iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar xo’jalik sudlari tegishli ik’tisodiy sudlar etib o’zgartirildi. Bunda, mamlakatning ik’tisodiy salohiyati va tadbirkorlik sub’ektlarining ortib borishini hisobga olgan holda tumanlararo, tuman (shahar) ik’tisodiy sudlari tashkil etilmok’da.
Tumanlararo, tuman (shahar) ik’tisodiy sudlarini tashkil etish zarurati xo’jalik sudlarining fak’at viloyat darajasida faoliyat ko’rsatganligi bilan bog’lik’dir. Ayrim tumanlar sud binosidan uzok’ masofada joylashganligi sababli tadbirkorlar da’vo arizasini bergan paytdan nizo sudda ko’rib chik’ilguniga k’adar viloyat markaziga bir necha marotaba k’atnashga majbur bo’layotgan edi. Bu esa ularning moddiy xarajat va ortik’cha vak’t sarflashlariga sabab bo’layotgan edi.
Umuman olganda, tashkil etiladigan ma’muriy va ik’tisodiy sudlar joylashuvi uzok’ hududlarda istik’omat k’iladigan fuk’arolarning, shu jumladan tadbirkorlarning sud himoyasiga erishish darajasini oshiradi.
Sud hokimiyatining mustak’illigi prinsipiga rioya k’ilish, sudlarni moddiy-texnika jihatidan va moliyaviy ta’minlash masalalarini mustak’il hal etish mak’sadida Farmon bilan O’zbekiston Respublikasi Oliy sudi huzuridagi Sudlar faoliyatini ta’minlash departamenti tashkil etildi va unga sudlarni moddiy-texnika jihatidan va moliyaviy ta’minlash, sudlar faoliyati uchun zarur sharoitlarni yaratish, mehnat sharoitlarini yaxshilash, sudyalar va sud apparati xodimlarini moddiy va ijtimoiy ta’minlashni tashkil etish vazifasi yuklatildi.
Harbiy sudlarning shtat birliklari O’zbekiston Respublikasi K’urolli Kuchlari tarkibidan O’zbekiston Respublikasi Oliy sudi tizimiga o’tkazilishi muhim ahamiyatga ega bo’ldi. Vaholanki, harbiy sudyalarning Mudofaa vazirligi shtatiga kiritilganligi ushbu vazirlik ijro hokimiyati organi hisoblanishi tufayli sud hokimiyati mustak’illigining, uning faoliyatini tashkil etishning asosiy tamoyillariga muvofik’ kelmaydi.
Farmonda sudlar faoliyati samaradorligini oshirish va sud kadrlari zaxirasini tayyorlash uchun sudlar tuzilmasiga sudya yordamchisi, sudya katta yordamchisi lavozimlarini kiritish nazarda tutildi.
Sudlar faoliyatiga axborot-kommunikasiya texnologiyalarini joriy etish, sud tizimi samaradorligi va fuk’arolarning odil sudlovga erishish darajasini oshirishga alohida e’tibor k’aratildi. Xususan, hukumat tomonidan ushbu yo’nalishdagi amaliy chora-tadbirlar Dasturi tasdik’lanishi zarurligi belgilandi.
Farmon bilan sud hamjamiyati organi hisoblangan O’zbekiston Oliy sud kengashi tashkil etilib, Prezident huzuridagi Sudyalarni tanlash va lavozimlarga tavsiya etish bo’yicha oliy malaka komissiyasi bekor k’ilindi.
Kengash raisi Prezident tavsiyasiga binoan Senat tomonidan tasdik’lansa, rais tomonidan tavsiya k’ilingan kengashning 11 a’zosi Prezident tasdig’idan o’tadi, huk’uk’ni muhofaza k’ilish organlari, fuk’arolik jamiyati institutlari va huk’uk’ sohasidagi oliy toifali mutaxassislardan iborat yana 9 a’zo nomzodi ham Prezident tomonidan tasdik’lanadi.
Farmonga muvofik’, Konstitusion sud va Oliy sud raisi hamda sudyalar yordamchilari Prezident tavsiyasiga ko’ra Oliy Majlis Senati tomonidan saylanadi. O’zbekiston Harbiy sudi, K’orak’alpog’iston, viloyatlar va Toshkent sudlari rais va rais o’rinbosarlari Oliy sud kengashi tavsiyasiga binoan Prezident tomonidan tasdik’lanadi va vazifasidan ozod k’ilinadi. Harbiy sudlar, K’orak’alpog’iston, viloyatlar va Toshakent sudlari sudyalari, tuman, shahar va tumanlararo sudlar sudyalari kengash tomonidan davlat rahbari bilan maslahatlashilgan holda tayinlanadi va vazifasidan ozod k’ilinadi.
Oliy sud huzuridagi Sud k’onunchiligini demokratlashtirish va liberallashtirish hamda sud tizimi mustak’illigini ta’minlash tadk’ik’ot markazi Oliy sud kengashi huzuridagi Sud ishlari muammolarini o’rganish tadk’ik’ot markaziga aylantiriladi.
Комментарии 0