Oliygohlar kvotadan ortik talabalarni kimmatlashtirilgan kontrakt asosida kabul kiladi — ozbekiston

Oliygohlar kvotadan ortik’ talabalarni k’immatlashtirilgan kontrakt asosida k’abul k’iladi — o’zbekiston
2017/2018 o’k’uv yilidan boshlab oliy ta’lim muassasalariga to’lov-kontrakt pulining oshirilgan stavkasi bo’yicha k’o’shimcha k’abulni amalga oshirish joriy etilmok’da. Bunda oliy ta’lim muassasalariga to’lov-kontrakt pulining oshirilgan stavkasi bo’yicha k’o’shimcha k’abulni amalga oshirish uchun kvota mik’dori ta’lim muassasasining mavjud imkoniyatlari va ta’lim yo’nalishlaridan kelib chik’ib Davlat komissiyasi tomonidan belgilanadi.
K’o’shimcha k’abul bo’yicha to’lov-kontrakt pulining oshirilgan stavkasi abiturientlar to’plagan ballarga k’arab Davlat komissiyasi tomonidan differensiyalashgan tartibda belgilanadi.
To’lov-kontrakt pulining oshirilgan stavkasi bo’yicha k’o’shimcha k’abul o’tish ballini to’play olmagan abiturientlarga to’plagan balliga muvofik’ (68 balldan kam bo’lmagan) ketma-ketlik tartibi k’at’iy sak’langan holda, ularning oshirilgan kontrakt pulini to’lay olish imkoniyatidan kelib chik’ib amalga oshirilishi belgilab k’o’yildi.
Ushbu k’arorga binoan hamda O’zbekistonda yangi k’urilayotgan korxonalarning hududiy joylashuvi, ik’tisodiyotdagi tarkibiy o’zgartirishlar bo’yicha dasturiy chora-tadbirlarni amalga oshirish, ishlab chik’arishni modernizasiyalash, texnik k’ayta jihozlash va diversifikasiyalashning investisiyaviy loyihalari, yo’l-transport hamda kommunikasiya infratuzilmasi tahliliga muvofik’, 2017/2018 o’k’uv yili uchun oliy ta’lim muassasalariga o’k’ishga k’abul bo’yicha umumiy kvota bakalavrlar uchun 66316 nafar, shu jumladan, davlat grantlari bo’yicha 18194 ta va to’lov-kontrakt asosida 48122 ta, magistrlar uchun 5000 nafar, shu jumladan, davlat grantlari bo’yicha 1556 ta va to’lov-kontrakt asosida 3444 ta etib belgilandi.
Shuningdek, ushbu hujjatda maxsus sirtk’i bo’lim negizida ishlab chik’arishdan ajralmagan holda bilim olishni ta’minlash mak’sadida Toshkent axborot texnologiyalari universitetining maxsus sirtk’i bo’limida 100 nafar, shu jumladan, davlat grantlari bo’yicha 15 ta va to’lov-kontrakt asosida 85 ta, Navoiy davlat konchilik institutida to’lov-kontrakt asosida 90 nafar va Toshkent temir yo’l muhandislari institutida to’lov-kontrakt asosida 80 nafar bakalavrni tayyorlash nazarda tutilgan.
Bundan tashk’ari, ushbu k’aror bilan 2017/2018 o’k’uv yilidan boshlab K’orak’alpog’iston Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari buyurtmalariga binoan yuk’ori malakali tibbiyot kadrlariga ehtiyoj katta bo’lgan hududlar uchun O’zbekiston Respublikasining tibbiyot oliy ta’lim muassasalariga davlat grantlari asosida bakalavriat yo’nalishi bo’yicha mutaxassislarni tayyorlashning mak’sadli k’abul kvotalari tasdik’landi.
Комментарии 0