Oshkozon kasalliklari pankreatit belgilari davolash — ozbekiston

Oshkozon kasalliklari  pankreatit  belgilari davolash — ozbekiston

Oshk’ozon kasalliklari – pankreatit belgilari davolash — o’zbekiston

Pankreatit – oshk’ozon osti bezining yallig’lanishi ok’ibatida kelib chik’adigan jiddiy kasallik. Bunda oshk’ozon osti bezi ishlab chik’arayotgan, ovk’at hazmlanishi uchun zarur bo’lgan fermentlar o’n ikki barmok’li ichakka tushmay k’oladi va o’z-o’zini emira boshlaydi. Shuningdek, ajralayotgan ferment va zaharli moddalar k’onga tushib, boshk’a a’zolarga ham zarar etkazishi mumkin. Shuni ham unutmaslik kerakki, oshk’ozon osti bezi k’ondagi k’and moddasi mik’dori oshib ketmasligi uchun mas’ul bo’lgan gormon — insulinni ishlab chik’aradi.
Pankreatitning kelib chik’ish sabablari ko’p:
Spirtli ichimliklar ichish;
Zaharlanish (aytaylik, dori vositalaridan);
safro haydash tizimi kasalliklari (o’t pufagida toshlar bo’lishi);
yog’ almashinuvining buzilishi;
oshk’ozon osti bezining shikastlanishi (k’oringa k’attik’ zarba berilganda);
k’on tomirlari kasalliklari yoki yuk’umli xastaliklar rivojlanishi
sovuk’ taomlar iste’mol k’ilish.
Kasallik xuruj k’ilishiga esa yog’li, k’ovurma ovk’atlar eyish, to’yib ovk’atlanish, gripp, ruhiy sik’ilish va asabiylashishlar ham sabab bo’lishi mumkin.
Kuz va k’ish mavsumlarida inson tanasi harorat ko’tarilib-tushishi ok’ibatida zaiflashadi. Shu sababli ko’pchilik surunkali kasalliklar k’atori pankreatit ham k’ayta xuruj k’ilishi mumkin.
ALOMATLARI
Pakreatitning o’tkir va surunkali turi mavjud. O’tkir pankreatitda oshk’ozon osti bezi sohasi va kindik atrofida k’attik’, o’tkir og’rik’ turadi. Shuningdek, bemor biror narsa tanavvul k’ilgach, k’ayt k’ilishi mumkin. Tana harorati ko’tariladi, teri ok’arib, nafas sik’adi, k’orin kattalashadi.
Surunkali pankreatitda og’rik’ vak’ti-vak’ti bilan, ovk’atlanishdan so’ng 30-40 dak’ik’a o’tgach paydo bo’ladi. Og’rik’ ko’pincha o’tkir, achchik’, sho’r va k’ovurma ovk’atlar iste’mol k’ilgandan so’ng paydo bo’ladi. Bemorning ko’ngli ayniydi, og’zida taxir ta’m sezadi, k’uvvati kamayadi, kayfiyati yomonlashib, lanjlik sezadi.
Kasallik k’o’zg’alganda og’rik’ kuchayadi, aynik’sa, kechk’urun bir necha soatgacha bezovta k’ilishi mumkin. Ko’pincha pankreatitga chalingan bemorlarning ichi yumshaydi, oshk’ozon, ichakda el yig’iladi, og’zi k’uriydi.
XAVFLIMI?
Kasallikni o’z vak’tida davolamaslik oshk’ozon osti beziga katta zarar etkazadi. Oshk’ozon osti bezi yaxshi ishlamasligi natijasida modda almashinuvi ham buziladi. Shu asnoda oshk’ozon osti bezi inson salomatligida muhim o’rin tutuvchi insulin gormonini ham ishlab chik’arishini unutmasligimiz zarur. Ushbu bez faoliyati buzilganda esa insulin kam mik’dorda ishlab chik’arish funksiyasi buziladi, natijada k’ondagi k’and moddasi mik’dori oshadi.
O’tkir pankreatit bilan og’rigan bemor zudlik bilan shifokorga murojaat etishi va uning nazorati ostida davolanishi shart. To’g’ri, og’rik’ k’oldiruvchi dorilar yordamida kuchayib borayotgan og’rik’ni yo’k’otishi mumkin, ammo bu vak’tinchalik holat, xolos.
«K’anday davolanay?»
Surunkali pankreatitdan aziyat chekuvchi bemorlar yog’li va k’ovurilgan ovk’atlarni, tarkibida kofein bo’lgan mahsulotlarni iste’mol k’ilishlari mumkin emas.
Kasallik k’o’zg’algan vak’tda bemor 2-3 kun mobaynida achchik’ choy, kam gazlangan mineral suv (ilitilgan) va na’matak damlamasidan boshk’a narsa iste’mol k’ilmasligi lozim. 4 kundan keyingina kuniga 5-6 marta oz-ozdan ovk’atlanish mumkin. Shirinliklar tanavvuli ham cheklanishi kerak. YOg’siz go’sht, balik’, k’atik’, chuchuk tvorog, tuzsiz pishlok’, turli dukkaklilardan pishirilgan bo’tk’alar va sabzavotli taomlarni tanavvul k’ilish kerak.
Mevalardan—po’stlog’i archilgan olma, banan k’uruk’ mevalar, kompot, nordon bo’lmagan sharbatlar ichish mumkin.
Surunkali pankreatit bilan og’rigan bemor muntazam parhez k’ilib, dorilarini o’z vak’tida ichishi talab etiladi.
K’ok’i o’ti ildizi, moychechak, tillabosh, mavrak, arpabodiyon, bo’ymadaron, kiyik o’ti, k’arik’iz, yalpiz, dalachoy, k’ora zira va makkajo’xori popugini damlamasi pankreatitda yaxshi foyda beradi.
Ermon o’tidan 1 choy k’oshig’ini, bir stakan k’aynagan suvda damlang, 2 soat davomida tindirib, kun davomida yarim stakandan iching.
Sulini yormasini (ovsyanka) kechk’urun 1 osh k’oshig’ini bir stakan k’aynagan suvda ivitib k’o’ying va ertalab nonushtadan avval bu suvni iching.

Комментарии 0

Оставить комментарий

Ваш email не будет опубликован.