Otb ozbekistonga 500 mln dollarlik kredit ajratishni tasdikladi — ozbekiston

Otb ozbekistonga 500 mln dollarlik kredit ajratishni tasdikladi — ozbekiston

Otb o’zbekistonga 500 mln dollarlik kredit ajratishni tasdik’ladi — o’zbekiston

Osiyo tarak’k’iyot banki O’zbekistonga k’ishlok’ joylarda yangi turar joylarni k’urish uchun 500 mln dollar mik’doridagi kreditni ajratishni tasdik’ladi, deb xabar k’ildi OTB matbuot xizmati.
Mazkur mablag’lar k’ishlok’ joylarda arzon uy-joylar k’urish davlat dasturi doirasida O’zbekistonning to’k’k’izta viloyatida 29 ming yangi uylar k’urilishiga yo’naltiriladi, deyiladi xabarda.
OTB ma’lumotlariga ko’ra, kredit mablag’lari Qishloq Qurilish Invest injiniring kompaniyasi dasturida ishtirok etayotgan uchta bank — Ipoteka Bank, O’zbekiston milliy banki va Qishloq Qurilish Bank tomonidan k’ayta moliyalashtiriladi. Dasturni amalga oshirish muddati — besh yil.
Arzon uy-joylar k’urishga kiritilayotgan sarmoya aholi bandligini ta’minlashga ta’sir ko’rsatadi. OTB hisob-kitoblariga ko’ra, mazkur dastur doirasida 220 ming yangi ish o’rni yaratiladi.
2011 yilda OTB O’zbekistonga k’ishlok’ joylarda uy-joylar k’urilishini k’o’llab-k’uvvatlash uchun 500 mln dollarlik kredit tak’dim etgan edi. Mazkur mablag’lar hisobiga k’ishlok’ tumanlarda 2011-2015 yillarda 41,5 ming uy bunyod etildi.
2017?2021 yillarda O’zbekistonning k’ishlok’ joylarida arzon uy-joylar k’urish dasturi 2016 yil oxirida k’abul k’ilingan edi. Yil so’ngiga k’adar 15 mingta yangi uy-joy va kvartiralar k’urish rejalashtirilgan.

Комментарии 0

Оставить комментарий

Ваш email не будет опубликован.