Oybek kilichev paxtakorning yokotishlari bizni kiziktirmaydi — ozbekiston

Oybek k’ilichev: «paxtakor»ning yo’k’otishlari bizni k’izik’tirmaydi» — o’zbekiston

«Navbahor» — «Sho’rtan» (1:0) uchrashuvidagi yagona gol muallifi Oybek K’ilichev uchrashuvdan olgan taassurotlari va «lochinlar» oldida turgan navbatdagi muhim uchrashuvi borasidagi fikri bilan o’rtok’lashdi.
— «Sho’rtan» bilan kechgan o’yin Sizda k’anday taassurot k’oldirdi?
— G’uzorliklarga k’arshi uchrashuv k’iyin juda k’iyin o’tdi. «Navbahor»ga k’arshi hozirda barcha jamoalar puxta tayyorgarlik ko’rishmok’da. Shuning uchun har bir o’yinimiz og’ir o’tmok’da. Bu jixat uchrashuv hisobiga ham ta’sir o’tkazmok’da. E’tibor bersangiz, g’alabalarimiz minimal 1:0 yoki 2:1 hisobida bo’lmok’da. «Sho’rtan» ham bizga k’arshi yaxshi tayyorgarlik ko’rganini maydonda ko’rsatdi. Jamoa bejizga «Sho’rtan» va «Paxtakor»ni mag’lubiyatga uchratmagan. Ushbu o’yinda bizni k’o’llab-k’uvvatlagan muxlislarimizga raxmat aytaman. Ular bizga o’z daldalari bilan k’o’shimcha kuch bag’ishlab turishdi. Murabbiyning ko’rsatmalarini ham g’alabaning omillaridan biri sifatida ko’rsatgan bo’lardim. Keyingi o’yinlarda ham oldimizga fak’at g’alabani mak’sad k’ilgan xolda yanada yuk’ori o’rinlarga ko’tarilishni istaymiz. Niyatimiz — mavsumni kuchli uchlikda yakunlash.
— Uchrashuv tak’dirini xal k’iluvchi golga muallif bo’ldingiz. «Sho’rtan» darvozasini ishg’ol etishni sezganmidingiz?
— To’risini aytsam, bunday jarima nuk’talaridan mashg’ulotlarda ham zarba yo’llab turaman. YAk’in masofadan jarima zarbasi belgilansa ko’prok’ o’zim amalga oshiraman.
— «Paxatkor»da «Navbahor»ga k’arshi o’yin oldidan uchta yo’k’otish bor. Lobanov, Tojiev va Hoshimovlar maydonga tushishmaydi. Ushbu yo’k’otishlar «navbahorchilar»ga k’o’l keladimi?
— Bizni rak’ibimizning k’izil kartochka olgan yoki diskvalifikasiya bo’lgan o’yinchilari k’izik’tirmaydi. Rak’ib kim bo’lishidan k’at’iy nazar biz o’zimizni nimalarga k’odirligimizni ko’rsatamiz. Albatta «Paxtakor»ga ham k’arshi bahsda oldimizga fak’at g’alabani mak’sad k’ilib maydonga tushamiz. YAna k’aytaraman, «sherlar»ning yo’k’otishlari bizni k’izik’tirmaydi.

Комментарии 0

Оставить комментарий

Ваш email не будет опубликован.