Oybek kilichev toyi uchun atayin kizil olmagan — ozbekiston

Oybek k’ilichev to’yi uchun atayin k’izil olmagan — o’zbekiston

Futbol bo’yicha O’zbekiston Oliy ligasining 11-turidan o’rin olgan «Buxoro» — «Navbahor» o’yinida maydondan chetlatilgan Oybek K’ilichev, 25 may kuni oila k’urdi. Bu hak’da «Navbahor» klubi matbuot xizmati xabar berdi.
«Buxoro»ga k’arshi 3:3 hisobida yakuniga etgan o’yinning 83-dak’ik’asida bosh hakam bir yo’la ikki futbolchi — Ergash Ismoilov hamda Oybek K’ilichevni maydondan chetlatgandi. Keyinrok’ vaziyatni o’rganib chik’k’an PFL «Navbahor» futbolchisi Oybek K’ilichevni ikki o’yinga diskvalifikasiya k’ildi hamda moddiy jarimaga tortdi. Bunda moddiy jarimaning mik’dori ko’rsatilmadi. Oybek K’ilichev rak’ibining yuziga urgani uchun maydondan chetlatildi, deb yozgandi PFL matbuot xizmati. Shundan kelib chik’ib, tashkilot jabrlanuvchi Ergash Ismoilovni k’o’shimcha jazolab o’tirgani yo’k’.
Shu tarik’a 18 may kuni k’izil olgan Oybek K’ilichev 27 may kuni bo’lib o’tadigan «Bunyodkor»ga k’arshi 12-tur va 31 may kuni bo’lib o’tadigan «Neftchi»ga k’arshi O’zbekiston kubogining javob o’yinida maydonga tushmaydigan bo’ldi. 25 may kuni esa futbolchining o’zi oila k’urdi. Bunda Oybek K’ilichev k’izil kartochkani k’asddan tilab olganmidi yoki bu vaziyat tak’azosimi — oydinlik kiritilmagan.
«Buxoro»ga k’arshi bellashuvni boshk’arib borgan andijonlik hakam Temur To’xtasinov «Navbahor» darvozasiga 3 ta penalti tayin k’ilgani, tanaffus vak’tida esa har ikki klub bosh murabbiylarini maydondan chetlatgani inobatga olinsa, K’ilichev asabiylashgan bo’lishi ham mumkin.
Nima bo’lgan tak’dirda ham, yosh kuyov kamida bir hafta davomida futboldan chetda bo’lish imkoniyatini k’o’lga kiritdi. Shu bilan K’ilichev 14 iyun kuni bo’lib o’tadigan Oliy liga 13-turida maydonga tushish imkoniyatiga ega.

Комментарии 0

Оставить комментарий

Ваш email не будет опубликован.