Ozbekenergo yangi eul kurilishini boshladi — ozbekiston
Ozbekenergo yangi eul kurilishini boshladi — o’zbekiston
«O’zbekenergo» AJ O’zbekistonning shimoli-g’arbiy k’ismida «220 kV li Taxiatosh IES — Xorazm nimstansiyasi — Sarimoy aholi yashash joyi (Xorazm viloyati) elektr uzatish liniyasi k’urilishi» loyihasi doirasida yuk’ori voltli elektr uzatish tarmog’i k’urilishini boshladi.
Kompaniya saytida xabar k’ilinishicha, texnologik uskunalarning birinchi partiyasini xarid k’ilish bo’yicha xalk’aro tender e’lon k’ilindi. Takliflar 2017 yil 11 yanvarga k’adar k’abul k’ilinadi. Tanlov yakunlari kelgusi yilning birinchi choragida e’lon k’ilinishi mumkin.
Taxiatosh IES hamda «Xorazm» va «Elikkala» nimstansiyalarini o’zaro bog’lovchi 364 km uzunlikdagi elektr uzatish liniyasi elektr energiyasi ok’imini Shimoli-G’arbiy energouzeldan nisbatan tak’chil bo’lgan mamlakat janubidagi Samark’and-Buxoro va Surxondaryo uzellariga yanada ko’prok’ etkazishga imkon tug’diradi. Loyiha Osiyo tarak’k’iyot bankining 150 mln AK’Sh dollari mik’doridagi krediti hamda O’zbekiston tomoni mablag’lari hisobiga moliyalashtiriladi.
Loyiha eski bloklarini foydalanishdan chik’arib, k’uvvati 230?280 MVt bo’lgan ikkita bug’-gaz uskunasi (BGU) k’urilishini ko’zda tutgan Taxiatosh IES modernizasiyasi bilan birgalikda amalga oshiriladi. Loyihani 2020 yil so’ngiga k’adar yakunlash rejalashtirilgan.
Комментарии 0