Ozbekiston prezidenti bmt bosh kotibi bilan uchrashdi — ozbekiston

O’zbekiston prezidenti bmt bosh kotibi bilan uchrashdi — o’zbekiston
Samark’and shahridagi Forumlar majmuasida 10 iyun kuni O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev bilan BMT Bosh kotibi Antoniu Guterrishning uchrashuvi bo’ldi, deb xabar k’ildi O’zA.
Uchrashuvda O’zbekiston bilan BMT va uning tashkilotlari o’rtasidagi hamkorlikning bugungi holati va uni rivojlantirish istik’bollari, mintak’aviy va xalk’aro ahamiyatga molik dolzarb masalalar, jumladan, Orol fojiasining ekologik ok’ibatlarini yumshatishga doir masalalar muhokama etildi.
Global xavfsizlik va bark’arorlikni mustahkamlash, ijtimoiy-ik’tisodiy va ekologik muammolarni hal etish masalalari ko’rib chik’ildi.
Uchrashuvdan so’ng davlat rahbari Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov k’abrini ziyorat k’ildi. Taomilga binoan K’ur’on tilovat k’ilindi. Islom Karimov dafn etilgan hududda yodgorlik majmuasi barpo etilmok’da. Prezident k’urilish ishlarining borishi bilan tanishdi.
Shavkat Mirziyoev Birinchi Prezident mak’barasi Hazrati Xizr masjidi bilan uyg’un, ayvonlar mak’bara bilan hamohang bo’lishiga alohida e’tibor k’aratish zarurligini ta’kidladi.
Uni yanada takomillashtirish, ziyoratchilar uchun barcha k’ulayliklar yaratish bo’yicha tavsiyalar berdi. Majmua atrofini kengaytirish va obodonlashtirish, zamonaviy tungi yoritish tizimi bilan ta’minlash zarurligini k’ayd etdi.
Комментарии 0