Ozbekiston prezidenti rossiya iiv rahbarini kabul kildi — ozbekiston

O’zbekiston prezidenti rossiya iiv rahbarini k’abul k’ildi — o’zbekiston
O’zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoev 23 may kuni mamlakatimizga amaliy tashrif bilan kelgan Rossiya Federasiyasi ichki ishlar vaziri Vladimir Kolokolsevni k’abul k’ildi, deb xabar berdi O’zA.
Davlat rahbari mehmonni k’utlar ekan, ikki mamlakat huk’uk’ni muhofaza k’ilish idoralarining terrorizm va ekstremizm, uyushgan jinoyatchilik, narkotrafik va k’urol-yarog’lar nok’onuniy aylanishiga k’arshi kurashish sohasidagi o’zaro faol hamkorligini davom ettirish g’oyat muhim ekanini ta’kidladi.
Uchrashuvda Prezidentimizning shu yil 4?5 aprel kunlari Rossiya Federasiyasiga oliy darajadagi tashrifi davomida k’abul k’ilingan ikki tomonlama, shu jumladan, migrasiya sohasiga oid kelishuv va bitimlarni amalga oshirish masalalariga alohida e’tibor k’aratildi.
Huk’uk’ni muhofaza k’ilish tuzilmalari uchun kadrlar tayyorlash va ularning malakasini oshirish borasida tizimli va uzok’ muddatli hamkorlikni rivojlantirish ustuvor yo’nalishlardan biri sifatida k’ayd etildi.
Rossiya ichki ishlar vaziri O’zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoevga samimiy k’abul uchun minnatdorlik bildirdi va Rossiya Federasiyasi Prezidenti Vladimir Putinning ezgu tilaklarini etkazdi.
Vladimir Kolokolsev O’zbekiston ichki ishlar organlari faoliyatini tubdan takomillashtirish bo’yicha amalga oshirilayotgan islohotlarni yuk’ori baholadi va ikki mamlakat huk’uk’ni muhofaza k’iluvchi idoralari o’rtasida keng ko’lamli hamkorlikka tayyor ekanini ta’kidladi.
Комментарии 0