Ozbekiston va ispaniya iktisodiy hamkorlikni kengaytiradi — ozbekiston

O’zbekiston va ispaniya ik’tisodiy hamkorlikni kengaytiradi — o’zbekiston
O’zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoev ShHTning Ostona sammiti doirasida Ispaniya K’iroli Filipp VI bilan muzokara o’tkazdi, deb xabar k’ildi O’zA.
O’zbekiston rahbari mamlakatlar o’rtasidagi an’anaviy do’stlik munosabatlari uzok’ o’tmishga borib tak’alishini ta’kidladi.
Shavkat Mirziyoev va Filipp VI suhbatda ikki tomonlama munosabatlarni rivojlantirish istik’bollarini muhokama etib, xalk’aro ahamiyatga ega dolzarb masalalar yuzasidan fikr almashdilar.
Tomonlar davlatlararo alok’alarni kengaytirishda oliy darajadagi mulok’ot muhim o’rin tutishini ta’kidladi. Tashk’i siyosat mahkamalarining muntazam maslahatlashuvlari nafak’at dolzarb mintak’aviy va xalk’aro siyosat masalalari bo’yicha fikr almashish, balki turli darajadagi kelgusi uchrashuvlar jadvali va kun tartibini ishlab chik’ish hamda kelishish imkonini bermok’da.
Davlatlararo munosabatlarning muhim bug’ini bo’lgan savdo-ik’tisodiy va investisiyaviy hamkorlikni rivojlantirish masalasi ham tomonlar dik’k’at markazida bo’ldi.
Ikki tomonlama savdo sohasida ko’plab k’ulayliklar yaratilib, sezilarli darajada, ya’ni joriy yilning dastlabki 4 oyida to’rt barobar o’sishga erishilganiga k’aramasdan, bu boradagi ko’rsatkichlar hamon yuk’ori emas. O’zaro savdo hajmini ko’paytirish va tarkibini kengaytirish zarurligi k’ayd etildi. O’zbekiston bilan Ispaniya buning uchun barcha imkoniyat va salohiyatga ega ekani ta’kidlandi.
O’zbekiston mamlakatda Ispaniya biznesining, xususan, neft-gaz, energetika, kimyo, farmasevtika, to’k’imachilik, pardozlash materiallari va sopol mahsulotlar ishlab chik’arish sohasida yuk’ori texnologiyali korxonalar tashkil etish bo’yicha k’o’shma loyihalarni amalga oshirish ork’ali kengayishidan manfaatdordir.
Ispaniya turizm sohasida ulkan natijalarga erishgan va bu borada jahon mik’yosida ilg’or tajribaga ega. Shu munosabat bilan tomonlar ushbu sohada uzok’ muddatli tizimli hamkorlik o’rnatish, boshk’acha aytganda, strategik sheriklikni yo’lga k’o’yish imkoniyatlarini muhokama k’ildi.
Ik’tisodiy hamkorlik bo’yicha hukumatlararo k’o’shma komissiya tashkil etish va uning dastlabki majlisini shu yil Toshkentda o’tkazish to’g’risidagi masala ham ko’rib chik’ildi.
Комментарии 0