Ozbekistonda ramazon oyi 27 maydan boshlanadi — ozbekiston
O’zbekistonda ramazon oyi 27 maydan boshlanadi — o’zbekiston
O’zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoev 19 may kuni Ramazon oyini munosib tarzda o’tkazish to’g’risidagi k’arorni imzoladi. Hujjatda O’zbekiston musulmonlari idorasiga asoslangan holda Ramazon oyi 27 mayda kirib kelishi k’ayd etiladi.
K’arorda muk’addas Ramazon oyining mazmun-mohiyatida mujassam bo’lgan insoniylik, ma’naviy poklik, shukronalik fazilatlarini, islom dini arkonlarini e’zozlash, bugungi tinch va osuda hayotning k’adriga etish, odamlarni o’zaro yaxshilik k’ilishga, ahil va hamjihat bo’lib yashashga da’vat k’ilishga k’aratilgan keng ko’lamli savobli amallar va targ’ibot ishlarini tashkil alohida ta’kidlab o’tiladi.
K’orak’alpog’iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklariga «Nuroniy» jamg’armasi, «Mahalla» xayriya jamoat fondi va boshk’a jamoat tashkilotlari bilan birgalikda Ramazon oyini joylarda milliy an’ana va k’adriyatlar, urf-odatlarga mos va uyg’un tarzda o’tkazish bilan bog’lik’ chora-tadbirlarni amalga oshirish vazifasi topshirildi.
Ushbu k’utlug’ oyda ehtiyojmand kishilarni har tomonlama k’o’llab-k’uvvatlash, oilalar va mahallalarda mehr-ok’ibat va o’zaro hurmat muhitini mustahkamlash, muk’addas ziyoratgohlarni obodonlashtirish bo’yicha olib boriladigan tadbirlarni yanada kuchaytirishga alohida ahamiyat k’aratiladi.
Комментарии 0