Ozbekistonda siyosiy boshpana berish tartiblari tasdiklandi — ozbekiston

O’zbekistonda siyosiy boshpana berish tartiblari tasdik’landi — o’zbekiston

Prezident Shavkat Mirziyoev 29 maydagi k’arori bilan O’zbekistonda siyosiy boshpana berish tartibi to’g’risidagi nizomni tasdik’ladi. Hujjat matni davlat rahbari saytida e’lon k’ilindi.
Nizomda k’ayd etilishicha, siyosiy boshpana chet el fuk’arolari va fuk’aroligi bo’lmagan shaxslarga O’zbekiston milliy manfaatlarini inobatga olgan holda, xalk’aro huk’uk’ning umume’tirof etilgan tamoyillari va normalariga asosan, Konstitusiya, k’onunlar va boshk’a normativ-huk’uk’iy hujjatlarga muvofik’ beriladi.
Siyosiy boshpana o’zining fuk’aroligi bo’yicha mansub davlatda yoki doimiy yashash joyida ijtimoiy-siyosiy faoliyati, diniy e’tik’odi, irk’iy yoki milliy mansubligi uchun ta’k’ib k’ilinayotgan yoki ta’k’ib k’ilishning jabrlanuvchisi bo’lishiga real tahdiddan, shuningdek xalk’aro huk’uk’ normalarida nazarda tutilgan inson huk’uk’lari buzilishining boshk’a holatlaridan boshpana va himoya izlayotgan shaxslarga va ularning oila a’zolariga beriladi.
Siyosiy boshpana berilgan shaxs va uning oila a’zolari O’zbekiston hududida mamlakatning k’onun hujjatlari va xalk’aro shartnomalarida belgilangan respublikada doimiy yashayotgan chet el fuk’arolari va fuk’aroligi bo’lmagan shaxslarning huk’uk’ va erkinliklardan foydalanadi hamda majburiyatlarga ega bo’ladi.
Agar shaxs: O’zbekistonda jinoyat deb tan olinadigan harakat (harakatsizlik) uchun tak’ib k’ilinayotgan bo’lsa yoki BMTning asosiy mak’sad va prinsiplariga zid harakatlar sodir etishda aybdor bo’lsa; ayblanuvchi sifatida ishda ishtirok etishga jalb k’ilingan yoki unga nisbatan k’onuniy kuchga kirgan va O’zbekistonda ijro etilishi lozim bo’lgan sudning ayblov hukmi mavjud bo’lsa; ta’k’ib k’ilinish xavfi bo’lmagan uchinchi davlatdan kelgan bo’lsa; u ta’k’ib k’ilinmayotgan uchinchi davlatning fuk’aroligiga ega bo’lsa; bila turib yolg’on ma’lumotlar bergan bo’lsa; ik’tisodiy, ekologik yoki ijtimoiy sabablarga ko’ra, shuningdek tabiiy va texnogen xususiyatdagi favk’ulodda vaziyatlar munosabati bilan fuk’aroligi bo’yicha mansub davlatga yoki doimiy yashaydigan davlatiga k’aytish imkoniyatiga ega bo’lmasa yoki k’aytishni xohlamasa O’zbekistonda siyosiy boshpana berilmaydi.
Siyosiy boshpana Prezident farmoni bilan tak’dim etilib, davlat rahbari farmoni bilan bekor k’ilinadi. Murojaatnomani ko’rib chik’ishning eng uzok’ muddati — bir yil.
Farmonga muvofik’, O’zbekistonda siyosiy boshpana tak’dim etish bo’yicha murojaat k’ilgan chet el fuk’arolari va fuk’aroligi bo’lmagan shaxslarning biometrik ma’lumotlar bazasi shakllantiriladi.

Комментарии 0

Оставить комментарий

Ваш email не будет опубликован.