Ozbekistonda telekanallar reytingini yuritish tizimi ishga tushadi — ozbekiston

O’zbekistonda telekanallar reytingini yuritish tizimi ishga tushadi — o’zbekiston

O’zbekistonda televizon auditoriyani o’lchash tizimi joriy etiladi. Bu hak’da 29 may kuni Toshkentda Milliy mediakengash tak’dimotida e’lon k’ilindi.
O’lchash ishlari O’zbekistonning 18 ta shahrida aholi o’rtasida piplmetrlardan foydalanilgan holda ikki bosk’ichda amalga oshiriladi. Birinchi bosk’ichda (2018?2019 yillar) 400 oila, ikkinchi bosk’ichda (2020?2022 yillar) — 550 oila tanlab olinib, hisob-kitob ishlari o’tkaziladi.
Tadk’ik’ot byudjeti 4,27 mln dollarni tashkil etadi. Teleauditoriyani o’lchash tizimini tashkil etish bo’yicha tenderda Kantar TNS g’olib bo’ldi (tanlov ishtirokchilari o’rtasida GFK, Nielsen va Atmosphere Group ham bor edi).
Asadjon Xo’jaev.
«Biz O’zbekistonda zamonaviy va xalk’aro tan olingan reytingni anik’lash tizimini joriy etishni xohlaymiz. Reyting k’andaydir butun boshli kanal emas, balki alohida ko’rsatuvlar bo’yicha olib boriladi. Shunday k’ilib biz teledasturlar reytingini yuritamiz», — dedi Milliy mediakengash kuzatuv kengashi raisi o’rinbosari Asadjon Xo’jaev.
Uning so’zlariga ko’ra, hozirda milliy va xalk’aro reklama kompaniyalari kiritilgan mablag’lar samaradorligi bo’yicha etarli darajadagi tahliliy ma’lumotlarsiz O’zbekiston televizion bozoriga mablag’ kiritmok’da. YAngi tizim esa bozorni yanada shaffoflashtirib, reklama beruvchilar uchun k’izik’arli bo’lgan «tomoshabinbop» telekanallarni anik’lab olishga yordam beradi.
O’zbekistonda televizion reklama bozori 22 mln dollarga baholanib, reklama xarajatlarining aholi jon boshiga nisbatan ulushi bor-yo’g’i 0,5?0,7 dollarni tashkil etadi. Mamlakatda dunyoning 20 ta yirik reklama beruvchilaridan 6 tasi faoliyat ko’rsatmok’da. Solishtirish uchun: ular soni Rossiya va K’ozog’istonda 16 ta, Ukrainada — 12 ta.
Reklama beruvchilarning O’zbekiston televideniesiga k’izik’ish bildirmasligiga sabablardan — kontent sifati va k’onunchilikdagi cheklovlar. K’onun bo’yicha reklama uchun ajratilgan vak’t efir soatining 6 dak’ik’asidan oshmasligi kerak. Ak’shda bu 16 dak’ik’adan oshmasligi kerak bo’lsa, Xitoyda — 12, K’ozog’iston, Rossiya va Evropa mamlakatlarida — 9 dak’ik’ani tashkil etadi. Auditoriyani o’lchash, ya’ni reyting tizimining mavjud emasligi ham telereklama bozorining o’sishiga jiddiy to’sik’ bo’lmok’da.
Bugungi kunda O’zbekistonda 40 dan ziyod telekanal, jumladan Milliy teleradiokompaniya tarkibida 15 ta, 13 ta hududiy va 15 ta xususiy telekanal faoliyat ko’rsatmok’da.

Комментарии 0

Оставить комментарий

Ваш email не будет опубликован.