Ozbekistonlik havo gimnastlari cirque du soleil shousida ishtirok etadi — ozbekiston

O’zbekistonlik havo gimnastlari cirque du soleil shousida ishtirok etadi — o’zbekiston
O’zbekistonlik Sky Angels tasmada havo gimnastlari dueti 3 mart kuni Las-Vegasda (AK’Sh) bo’lib o’tadigan Cirque du Soleil — One Night for One Drop («Bir k’atra uchun bir tun») xayriya shousida ishtirok etadi. Bu hak’da duet ishtirokchisi Kristina Vorobyova «Gazeta. uz»ga xabar k’ildi.
Foto: fb. com/christophe. roullincircorama.
YAk’indagina Monte-Karlodagi festivalda sirk «Oskar»ini k’o’lga kiritgan o’zbekistonliklardan tashk’ari, kecha doirasida akrobatlar, gimnastlar, kaskadyorlar, shuningdek maxsus taklif etilgan mehmonlar — repper Redfoo, The Tenors guruhi, «Amerikada ik’tidorlar bor-2016» tanlovi g’olibi Greys Vandervol, Argentinaning Malevo rak’s guruhi va kanadalik aktyor Uilyam Shener ishtirok etadi. Loyihada 300 nafarga yak’in kishi, jumladan, 63 artist bepul, ko’ngilli ravishda ishtirok etadi.
Chiptalar savdosidan tushgan barcha mablag’lar ONE DROP («Bir k’atra») xalk’aro tashkilotining xayriya dasturlariga borib tushadi. Shou 2013 yildan buyon o’tkazib kelinayotgan bo’lib, bu davr ichida 24 mln dollarga yak’in mablag’ yig’ilgan.
ONE DROP — Cirque du Soleil asoschisi Gi Laliberte tashabbusi bilan tashkil etilgan xayriya tashkiloti. Tashkilotning asosiy mak’sadi — toza ichimlik suviga bo’lgan ehtiyojni k’ondirish ork’ali k’ashshok’lik ustidan g’alaba k’ozonish va suv bilan bog’lik’ masalalar bo’yicha xabardorlik darajasini oshirish.
Комментарии 0