Ozbekistonni rivojlantirish strategiyasi muhokama kilinadi — ozbekiston

O’zbekistonni rivojlantirish strategiyasi muhokama k’ilinadi — o’zbekiston
23-27 yanvar kunlari Toshkentda bo’lib o’tadigan media-haftalik doirasida 2017-2021 yillarda O’zbekistonni yanada rivojlantirish bo’yicha harakatlar strategiyasi muhokama k’ilinadi.
Media-haftalikning besh kuni strategiyaning besh ustuvor yo’nalishi: 1) davlat va jamiyat k’urilishi tizimini takomillashtirish, 2) k’onun ustuvorligini ta’minlash va sud-huk’uk’ tizimini isloh k’ilish, 3) ik’tisodiyotni rivojlantirish va liberallashtirish, 4) ijtimoiy sohani rivojlantirish, 5) xavfsizlik, diniy bag’rikenglik va millatlararo totuvlikni ta’minlash, chuk’ur o’ylangan, o’zaro manfaatli va amaliy tashk’i siyosatni yuritishga bag’ishlanadi.
Mazkur tadbirlarda davlat organlari va jamoat tashkilotlari, diplomatlar, ekspertlar va ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etadi.
Комментарии 0