Ozbekistonning dushanbedagi birinchi korgazmasida 50 mln dollarlik shartnomalar imzolandi — ozbekiston

O’zbekistonning dushanbedagi birinchi ko’rgazmasida 50 mln dollarlik shartnomalar imzolandi — o’zbekiston
25 yil ichida ilk bor tashkil etilgan O’zbekistonning Dushanbedagi (Tojikiston) milliy mahsulotlar ko’rgazmasi katta muvaffak’iyatlar bilan yakunlandi. Ko’rgazma va biznes-forum natijalariga ko’ra umumiy k’iymati 50 mln dollardan ziyod bo’lgan memorandum, kelishuv va shartnomalar imzolandi. To’rt kun davomida (17?20 aprel) ko’rgazmaga 20 ming nafak’ardan ziyod kishi tashrif buyurdi.
O’zA xabariga ko’ra, ko’rgazmada O’zbekistonning 160 dan ziyod kompaniyasi 1 ming 500 turdagi mahsulotlarni namoyish etdi. Dushanbe shahridagi «Poytaxt — 90» savdo markazida elektrotexnika, kabel, kimyo va neft-kimyo, farmasevtika, santexnika, to’k’imachilik, ozik’-ovk’at, charm mahsulotlari, k’urilish materiallari va boshk’a tovarlar namoyish etildi.
Ochik’ ko’rgazma maydonida k’ishlok’ xo’jaligi va transport texnikasi, xususan, engil, yuk tashuvchi va maxsus avtomobillar, avtobuslar, velosiped va motosikllar, traktorlar, paxta terish mashinalari va turli uskunalar tak’dim etildi.
Ko’rgazmaga kelganlar O’zbekiston mustak’illik yillarida milliy sanoatni rivojlantirishda ulkan yutuk’larga erishganini ta’kidladi.
Tadbir doirasida o’tkazilgan biznes-forumda ikki mamlakat ishbilarmon doiralarining 500 ga yak’in vakili k’atnashdi. Forumda so’zga chik’k’an Tojikiston Respublikasi Investisiyalar va davlat mulkini boshk’arish davlat k’o’mitasi raisi F. Sattor va boshk’alar mamlakatlarimiz poytaxtlari o’rtasida aviak’atnovlarning yo’lga k’o’yilgani muhim ahamiyatga ega ekanini, ushbu ko’rgazma va biznes-forum o’zaro savdo-ik’tisodiy hamkorlikni yanada rivojlantirishga xizmat k’ilishini alohida ta’kidladi.
Biznes-forumda Tojikiston vakillari k’o’shma korxonalar tashkil k’ilish, savdo bozorlarini kengaytirish, k’ishlok’ xo’jaligi, gidroenergetika, tog’-kon, ozik’-ovk’at, to’k’imachilik va farmasevtika sanoati, transport, logistika, kommunikasiyalar, mashinasozlik, k’urilish, turizm va boshk’a sohalardagi alok’alarni rivojlantirishdan manfaatdor ekanini bildirdi.
«O’zagrotexsanoatxolding» aksiyadorlik jamiyati tomonidan ishlab chik’arilayotgan k’ishlok’ xo’jaligi texnika vositalari namoyishi «Tojikagrolizing» kompaniyasi, fermer va dehk’on xo’jaliklari vakillarida k’izik’ish uyg’otdi. Buning natijasida k’iymati 3 million AK’Sh dollariga teng bitim va shartnomalar imzolandi.
Комментарии 0