Patris evraning marselga kanday nafi tegishi mumkin — ozbekiston

Patris evraning marselga k’anday nafi tegishi mumkin? — o’zbekiston
Himoyadagi muammolarni bartaraf etish uchun «Marsel» klubi «Yuventus» himoyachisi Patris Evrani o’z tarkibiga k’o’shib oldi. Fransiyalik k’anot himoyachisi “Yuventus”dan erkin futbolchi sifatida Rudi Garsiya jamoasiga kelib k’o’shildi. Xo’sh, Patris Evra yangi jamoasiga k’anday foydasi tegishi mumkin? K’uyida buni muhokama k’ilamiz.
Evra – jamoa etakchisi
«Marsel«ga hozirda aynan etakchi etishmayapti. Bunga ishonch hosil k’ilish uchun, Marselliklarning o’tgan yakshanba kuni “Lion”ga k’arshi o’tkazgan uchrashuvini eslab o’tish kifoya. Rudi Garsiya shogirdlari tushkun, ilojsiz holda edilar. Azaliy rak’ibiga rak’iblik ham k’ilolmadi. Iste’dod hak’ida gapirmayapmiz, jamoaga aynan ruhiyat etishmadi bu uchrashuvda. 35 yoshli Patris Evra bilan klub bu muammoni echa olishi mumkin. Fransuz himoyachisi hak’ik’iy sardor. «Manchester Yunayted«da o’ynagan paytlarida ham Ser Aleks Fergyuson uni hurmat k’ilardi, futbolchining jamoadoshlari orasida ham obro’yi bor edi. 2014 yilda “Yuventus”ga o’tgach ham, himoyachi tez orada jamoaga moslashib ketdi. Jamoada Buffon va Bardzalyi kabi mavk’ega ega bo’ldi deya olamiz. 2015 yil oktyabrida, “Sassuolo”dan uchralgan mag’lubiyatdan keyin Fransiyalik himoyachi k’uyidagi fikrlarni bildirib o’tdi: “Bu jamoa hak’ik’iy “Yuventus” emas! Har kuni ertalab uyg’onganimda beshinchi Skudettoni yutib olish hak’ida o’ylayman. Ammo, biz hozir bu tarixiy imkoniyatni k’o’ldan chik’armok’damiz.” Tez orada “Yuventus” o’ziga keldi va ketma-ket 15 g’alabaga erishib, yakunda Italiya chempioniga aylandi. Fransiya terma jamoasida ham Patris Evra o’z o’rniga ega. Aynik’sa, 2010 yil Mundialdagi mojarodan keyin, himoyachi terma jamoaning etakchisiga aylandi. “Pat amaki” (yosh jamoadoshlari uni shunday chak’iradi) 2016 yilgi Evro bahslarida ham Dide Deshamning etakchilaridan biri edi. Patris Evra yangi jamoasini k’ayta jonlantira olishi, jangovarlik kayfiyatini ko’tarishi mumkin.
Evra – tajribali futbolchi
Fransiyada klubdagi faoliyati davomida york’in karera k’ila olgan futbolchilar ko’p emas. Patris Evra esa klubda o’ta mazmunli rezyumega ega. Dastlab, «Monako» bilan Fransiya Kubogini k’ozongan bo’lsa, uning «Manchester Yunayted»dagi faoliyati ancha york’in bo’ldi. «K’izil iblislar» bilan besh karra Angliya chempioni, 3 marotaba Liga Kubogi, 1 martadan Chempionlar Ligasi va Klublar o’rtasidagi Jahon kubogini k’o’lga kiritdi. «Yuventus»da ham o’z sovrinlari sonini oshirib oldi. «Keksa sinyora» tarkibida ikki martadan Skudtto va Italiya kuboklarini yutib oldi.
Evra klubga tekinga tushdi
Zamonaviy futbolda k’anot himoyachilarining narxi arzon emas. Birok’, Patris Evra jamoaga tekinga tushdi. «Yuventus» bilan shartnomasi nihoyasiga etishi bilan Fransiyalik himoyachi vataniga k’aytishni afzal ko’rdi. O’zidagi k’obiliyat va tajribasi evaziga, Patris Evra yangi jamoasiga Chempionlar Ligasiga yo’llanmani kiritishda o’z hissasini k’o’sha olishi mumkin.
Комментарии 0