Prezident har bir tizimdagi uzgarishlarni joylarda odamlar sezishi kerak — ozbekiston

Prezident: har bir tizimdagi uzgarishlarni joylarda odamlar sezishi kerak — o’zbekiston
Uzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoev raisligida 2018 yil 3 yanvar kuni Vazirlar Mahkamasi komplekslari faoliyatini tahlil qilish va yangi ustuvor vazifalarni belgilashga bagishlangan yigilish bulib utdi. Bu haqda davlat rahbari matbuot khizmati khabar qildi.
Yigilishda Bosh vazir va uning urinbosarlari, Prezidentning davlat maslahatchilari, vazirlik, idora va khujalik birlashmalari rahbarlari ishtirok etdi.
Malumki, davlat rahbarining 2017 yil 27 noyabrdagi «Uzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi faoliyatini takomillashtirishga doir qushimcha chora-tadbirlar tugrisida»gi qaroriga muvofiq, hukumat apparati qayta shakllantirilgan edi. Jumladan, Vazirlar Mahkamasi tuzilmasida Talim, sogliqni saqlash, ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish, jismoniy tarbiya va sport masalalari kompleksi hamda Investisiyalar, innovasion rivojlantirish, erkin iqtisodiy va kichik sanoat zonalari faoliyatini muvofiqlashtirish, turizm masalalari kompleksi tashkil etilgandi.
Yigilishda mazkur ikki kompleksning utgan davrdagi faoliyati tahlil qilinib, 2018 yilga muljallangan rejalari va eng ustuvor vazifalari muhokama etildi.
Prezident kun tartibidagi masalaga tanqidiy yondashib, aksariyat tashkilotlar uz faoliyatini zamon talablari darajasida tashkil eta olmayotgani, qabul qilingan qaror va dasturlarni bajarishda sustkashlikka yul quyayotganini takidladi.
Mamlakatda amalga oshirilayotgan islohotlarni, ijro organlari ishidagi uzgarishlarni joylarda odamlar sezishi kerak. Buning uchun quyi bugindagi ishlar samaradorligini oshirish, oddiy odamlarning dardi va tashvishi bilan yashash barcha rahbar va mutasaddilar faoliyatining asosiy mezoniga aylanishi zarur, dedi Shavkat Mirziyoev.
Uzbekiston Prezidentining Oliy Majlisga Murojaatnomasi zamonaviy davlatchiligimizda ulkan uzgarish yasagan tarikhiy voqea buldi. Unda 2017 yilda amalga oshirilgan asosiy ishlar yakuni bilan birga mamlakatimizni har tomonlama rivojlantirishga qaratilgan ustuvor vazifalar belgilab berildi.
Yigilishda Murojaatnomadan kelib chiqqan holda Vazirlar Mahkamasi komplekslari, vazirlik va idoralar oldida turgan muhim vazifalari haqida suz yuritildi. Amalga oshirilgan ishlar va istiqboldagi rejalar yuzasidan mutasaddilarning akhborotlari tinglandi.
Maktabgacha talim tizimini rivojlantirish, maktab talimi sifatini oshirish, test sinovlari va oliy uquv yurtlari faoliyatini takomillashtirish, sportchilarning bulgusi musobaqalarga tayyorlash borasidagi ishlarga etibor qaratildi. Sogliqni saqlash tizimini yakhshilash, farmasevtika mahsulotlari ishlab chiqarishni kengaytirish, ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish bilan bogliq vazifalarga tukhtalib utildi.
Yigilishda iqtisodiyot soha va tarmoqlarining barqaror rivojlanishini taminlash, jumladan, qatiy pul-valyuta siyosatini yuritish, erkin iqtisodiy va kichik sanoat zonalari faoliyatini kuchaytirish, khorijiy investisiyalarni keng jalb etish, zamonaviy sanoat korkhonalari barpo etish, yangi ish urinlari yaratish, mahalliy byudjetlarning daromad bazasini kengaytirish kabi masalalar ham atroflicha muhokama qilindi.
Комментарии 0