Prezident — iiv khodimlari odamlar ishonchini qaytarish kerak — ozbekiston

Prezident — iiv khodimlari: odamlar ishonchini qaytarish kerak — o’zbekiston
Uzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev raisligida 17 avgust kuni Toshkentda ichki ishlar organlari tizimida olib borilayotgan ishlarning ahvoli, muammolar va kelgusidagi vazifalarga bagishlangan videoselektor yigilishi bulib utdi, deya khabar qildi UzA.
Yigilishda ichki ishlar organlari tizimida olib borilayotgan ishlarning ahvoli, muammolar va kelgusidagi vazifalar muhokama qilindi.
Joriy yilning 7 oyida utgan yilning shu davriga nisbatan jinoyat sodir etish holatlari 4600 taga kamaydi. Jumladan, qasddan odam uldirish 72 taga, qasddan ogir tan jarohati etkazish 75 taga, bosqinchilik 81 taga, bezorilik 401 taga kamaydi.
Eng muhimi, voyaga etmagan shakhslar tomonidan jinoyat sodir etish 12,8 foiz, ayollar jinoyatchiligi 3,84 foiz kamayishiga erishildi.
Mahallalarda jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish buyicha jamoatchilik institutlari bilan birgalikda olib borilgan keng qamrovli profilaktika tadbirlari natijasida 1765 ta mahallada jinoyat sodir etilishiga yul quyilmadi.
Sohaga akhborot-kommunikasiya tekhnologiyalari keng joriy etilmoqda. Jamoat joylarida urnatilgan 114 mingdan ortiq videokuzatuv moslamalaridan foydalangan holda Toshkent shahri, Andijon, Namangan, Fargona, Qashqadaryo va Toshkent viloyatlarida qariyb 10 mingga yaqin jinoyat fosh etildi.
Shu bilan birga, tahlillar ayrim hududlarda ishlar khujakursinga, faqat qogoz uchun bajarilayotganini, buning oqibatida vaziyat ijobiy tomonga uzgarmayotganini kursatmoqda. Hamma joyda ham profilaktik tadbirlar samaradorligi etarli darajada taminlanayotgani yuq.
Davlat rahbari Ichki ishlar vazirligi rahbariyati faqat sodir etilgan jinoyatlar va ularning ochilish darajasi haqida akhborot berish bilan cheklanib qolayotganini, hududlarda utkazilgan profilaktik tadbirlar, ularning samaradorligini tanqidiy tahlil qilish, joylarda ichki ishlar organlari faoliyatini muntazam muvofiqlashtirib borish kabi masalalarga jiddiy etibor bermayotganini qayd etdi.
Vazirlik tizimida echimini kutayogan boshqa muammolar ham yuq emas.
Prezident takidlaganidek, ayrim hududlarda huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatlarni barvaqt aniqlash ishlari qoniqarli emas. Masalan, respublika buyicha jinoyatchilik kursatkichlari kamaygan, lekin Samarqand viloyatida oshib ketgan. Bukhoro, Navoiy, Fargona viloyatlari va Qoraqalpogiston Respublikasida khotin-qizlar tomonidan jinoyat sodir etish holatlari kupaygan.
Shu bilan birga, kup bor takidlanganiga qaramasdan, joylarda profilaktika masalasiga etarlicha etibor berilmayapti. Masalan, Samarqand viloyatida sodir etilgan 49 qotillikdan 14 tasi, Jizzakh viloyatida 10 tadan 4 tasi, Navoiy viloyatida 10 tadan 3 tasi, Qashqadaryoda 30 tadan 6 tasining oldini olish uchun tuliq imkoniyatlar mavjud bulgan — mahalla faollari va profilaktika inspektorlari muayyan jinoyat ehtimolidan bokhabar bulsa-da, biror chora kurmagan.
Bu borada yana bir muhim masala — huquqbuzarliklar va jinoyatchilikning oldini olish faqat ichki ishlar organining vazifasi degan eskicha qarashdan voz kechilmagani bilan bogliqdir. Khususan, sodir etilgan ogir jinoyatlarning har beshinchisiga oilaviy turmush munosabatlari sabab bulgan. Vaholanki, mahallalar, khotin-qizlar qumitalari oilaviy kelishmovchiliklarni urganib, uz vaqtida bartaraf etishi mumkin edi, dedi davlatimiz rahbari.
Shu munosabat bilan «Mahalla» khayriya jamoat fondi, «Nuroniy» jamgarmasi, Khotin-qizlar qumitasi, YOshlar ittifoqi rahbarlariga tegishli khulosa chiqarib, hamkorlikda oilaviy nizolar, qushnilar urtasidagi kelishmovchiliklar va shu kabi boshqa mojarolarning tub sabablarini aniqlash, ularning echimini topish, tomonlarni yarashtirish yuzasidan zarur choralar kurish vazifasi topshirildi.
Yigilishda takidlanganidek, jazoni ijro etish muassasalaridan ozod qilingan shakhslar bilan profilaktik tadbirlar utkazish, mamuriy nazorat yuritish ham muhim ahamiyat kasb etadi. Lekin bu boradagi ishlarda ham ayrim oqsoqliklar kuzga tashlanmoqda. Mamlakat buyicha 12 mingga yaqin mamuriy nazorat urnatilishi mumkin bulgan shakhslardan 6377 nafariga bunday chora kurilmagan. Holbuki, mana shunday chora ularning ertaga yana jinoyatchilik va huquqbuzarlik yuliga kirib ketmasligiga kafolat bulib khizmat qiladi. Har bir sudlangan shakhsni ijtimoiy qullab-quvvatlash orqali ularning davlat va jamiyatga dushman emas, dust bulishini taminlashimiz shart. Bunday shakhslarni ijtimoiy hayotga moslashtirish, ish bilan taminlashga alohida etibor berish kerak.
Davlat rahbari khalqaro terrorizm, diniy ekstremizm, jamiyatda, ayniqsa, yoshlar urtasida yot goyalar tarqalishi kabi khavf-khatar va tahdidlar mutasaddi idoralar tomonidan uz vaqtida ularning oldini olish va chek quyishga doir keskin chora-tadbirlar kurishni talab etayotganini takidladi.
Joylarda kuplab chora-tadbirlar, dasturlar qabul qilingan, biroq ularning salmoqli qismining ijrosi qogozda qolib ketmoqda.
Uzoq muddat khorijda bulib kelgan shakhslar bilan ish olib borishga alohida etibor qaratish zarur. 2017 yilda 67 mingdan ortiq uzbekistonlik chet eldan qaytib kelgani aniqlangan. Joylardagi rahbarlar uz vaqtida bunday shakhslar chet elda ish izlab sarson bulishining oldini olish maqsadida ularga har tomonlama kumak berishi, uz uyida, farzandlari bagrida hayot kechirishi uchun munosib sharoit yaratishda yaqindan yordam kursatishi lozim edi. Hozirgi kunda khorijdan qaytib kelgan kuplab fuqarolar ishga joylashtirilmagani mutasaddi tashkilotlar tomonidan bu masalaga etarlicha ahamiyat berilmayotganini kursatadi.
Davlat rahbari voyaga etmaganlar urtasida nojuya va jinoiy khatti-harakatlarning oldini olish, ularning huquq va erkinliklari, qonuniy manfaatlari himoya qilinishini taminlash, qonunga hurmat, huquqiy madaniyatni shakllantirish ishlari sust bajarilayotganini qayd etdi.
Bu sohada hali-hanuz nazorat va huquqbuzarliklar profilaktikasini amalga oshiruvchi organlar faoliyati yagona maqsadga yunaltirilmagan. Bola uchun maktabda — maktab, uyda — ota-ona, mahallada — faollar javobgar, degan eskicha qarash yuqolmagan.
Aksariyat hududlarda uyushmagan yoshlar bilan ishlash ham rahbarlar nazoratidan chetda turibti. Qoraqalpogiston Respublikasi, Toshkent shahri, Jizzakh, Namangan, Andijon, Qashqadaryo va Surkhondaryo viloyatlarida uyushmagan yoshlar tomonidan jinoyat sodir etish kursatkichlari yuqoriligicha qolmoqda.
Shu munosabat bilan Vazirlar Mahkamasi va Ichki ishlar vazirligiga barcha bugindagi hokimlar va ichki ishlar organlari boshliqlarining yoshlar masalalari buyicha urinbosarlari faoliyatini tanqidiy tahlil qilib, tegishli takliflar kiritish vazifasi topshirildi.
Yigilishda jinoyatlarni fosh etish, jinoyatchilarni topish va ushlash borasidagi ishlar tanqid qilindi. Bugungi kunda 3 ming 186 jinoyat fosh etilmagan, qidiruv elon qilingan 15 ming 958 jinoyatchidan atigi 5 ming 250 nafari ushlangan. Ularning erkinlikda yurib qaytadan jinoyatga qul urmasligiga hech kim kafolat bera olmaydi. Shu bois Bosh prokuratura, Ichki ishlar vazirligi, Milliy khavfsizlik khizmati, Oliy sud tegishli tashkilotlar bilan birgalikda bu sohada ichki ishlar organlari tomonidan amalga oshirilayotgan ishlarni tanqidiy tahlil qilib, akhborot berishi belgilandi.
Prezident Shavkat Mirziyoev qayd etganidek, barcha kamchiliklar zamirida avvalo, ichki ishlar organlarida kadrlar tanlash, joy-joyiga quyish, qayta tayyorlash buyicha ishlar ahvolining qoniqarsizligi bilan bogliq. Joriy yilda ichki ishlar organlari khodimlariga nisbatan 223 ta jinoyat ishi quzgatilgani, 462 khodim intizomiy jazoga tortilgani buning yaqqol tasdigidir.
Shu bilan birga, ichki ishlar organlari khodimlari sodir etgan jinoyatlarni yashirish, ruykhatga olmaslik holatlari kuzatilmoqda. Bu qogozda jinoyat kursatkichlarini suniy ravishda pasaytirishga, uz khodimlarini himoyalashga urinishdan boshqa narsa emas.
Sohada kadrlar masalasini samarali hal qilish maqsadida davlat rahbarining tashabbusi bilan Ichki ishlar akademiyasiga uqishga kirish uchun test sinovlari bekor qilinib, yangi tartib belgilandi. Unga kura, Ichki ishlar vazirligining oliy talim muassasalariga nomzodlarni maqsadli tayyorlaydigan akademik liseylar tashkil etiladi. 2020 yildan boshlab tinglovchilar uqishga mana shu liseylar bitiruvchilari va ichki ishlar organlari khodimlari orasidan suhbat va kasbiy tanlov asosida qabul qilinadi.
Ish faoliyati samarali bulishi uchun sharoit ham etarli bulishi kerak, albatta. Shu manoda, ichki ishlar organlari khodimlari, birinchi navbatda, profilaktika inspektorlariga khizmat va yashash sharoitlarini yakhshilash, ularni uzlari khizmat qilayotgan hududda uy-joy bilan taminlash buyicha keng kulamli tadbirlar amalga oshirilayotgani etiborga molik. Ammo joylarda bu boradagi topshiriqlar ijrosi sust ketyapti.
Davlat rahbari tegishli mutasaddilarga bu ishlarni faollashtirish yuzasidan topshiriq va kursatmalar berdi.
Qayd etilganidek, hududlarda ichki ishlar organlari faoliyatida kamchiliklar yuzaga kelib, uzoq muddat echilmayotganida malum manoda tuman va shahar prokurorlarining ham aybi bor. Prokuraturaning asosiy vazifalaridan biri ichki ishlar organlari qonunlarni qanday ijro etayotganini nazorat qilish, jinoyatchilikka qarshi kurashishda ular bilan faoliyatni muvofiqlashtirishdan iborat. Lekin ayrim prokuratura khodimlari tanish-bilishchilik tufayli bu vazifani vijdonan ado etmayapti. Bir suz bilan aytganda, ichki ishlar organlari faoliyati ustidan prokuror nazorati etarli darajada urnatilmagan.
Shu munosabat bilan Bosh prokuratura rahbariyatiga ichki ishlar organlari faoliyati ustidan samarali prokuror nazorati urnatish va prokurorlarning shakhsiy masuliyatini oshirishni taminlash vazifasi topshirildi.
Davlat rahbari ichki ishlar organlari faoliyatini takomillashtirishda tizimni isloh qilishga keng jamoatchilikni jalb qilish muhim ahamiyatga ega ekanini alohida takidladi.
Ichki ishlar organlarini isloh qilish jarayonida Oliy Majlis Senati yanada faollik bilan ishlashi zarur. Yigilishda kutarilgan kamchiliklar Senat bu sohadagi ishlarni yangi bosqichga kutarishi lozimligini kursatmoqda.
Tuman va shahar ichki ishlar organlari rahbarlarining urinbosarlariga hududlarni uzaro taqsimlab olgan holda faoliyat kursatish vazifasi topshirilgan. Lekin joylarda taqsimlash kur-kurona amalga oshirilgan.
Senat bu sohadagi ishlar samarasini oshirish, ichki ishlar tizimini eng namunali sohaga aylantirish buyicha tegishli vazirliklar bilan zarur chora-tadbirlarni amalga oshirishi lozim. Khususan, ichki ishlar vaziri va uning urinbosarlari hisobotini tinglash va tegishli qarorlar qabul qilishga yanada jiddiy yondashish zarur. Quyi buginda esa joylardagi ichki ishlar organlari rahbarlari mahalliy khalq deputatlari Kengashlariga hisobot berishini yanada samarali tashkil etishga kumaklashish kerak.
Davlat rahbari odamlar uzini qiynayotgan muammolarni hal qilish uchun tula ishonch bilan, avvalambor, ichki ishlar idoralariga, profilaktika inspektorlariga murojaat qilishiga, har bir khodimda uz himoyachisini kurishiga erishish zarurligini takidladi. Shundagina ichki ishlar organlari khalq urtasida munosib obru-etibor qozonadi.
Комментарии 0