Prezident kozogiston bosh vazirining birinchi orinbosarini kabul kildi — ozbekiston

Prezident k’ozog’iston bosh vazirining birinchi o’rinbosarini k’abul k’ildi — o’zbekiston
O’zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoev 23 fevral kuni O’zbekiston va K’ozog’iston o’rtasida ikki tomonlama hamkorlik bo’yicha hukumatlararo k’o’shma komissiyaning navbatdagi majlisida ishtirok etish uchun mamlakatga kelgan K’ozog’iston bosh vazirining birinchi o’rinbosari Ask’ar Maminni k’abul k’ildi. Bu hak’da O’zA xabar berdi.
Davlat rahbari mehmonni k’utlar ekan, O’zbekiston va K’ozog’iston o’rtasidagi strategik sheriklik munosabatlari, shu jumladan, savdo-ik’tisodiy alok’alar bark’aror va izchil rivojlanayotgani hamda mustahkamlanib borayotganini mamnuniyat bilan ta’kidladi.
Ikki davlat rahbarlarining 2016 yil sentyabr oyida Samark’and shahridagi uchrashuvida erishilgan kelishuvlarga muvofik’ o’zaro savdo hajmini tubdan oshirish va nomenklaturasini kengaytirish, shuningdek, mamlakatlarning etakchi korxonalari o’rtasida sanoat kooperasiyasini rivojlantirishga k’aratilgan k’ator istik’bolli loyihalar hamkorlikda ishlab chik’ilmok’da.
2016 yil yakunlariga ko’ra, o’zaro tovar ayirboshlash hajmi 2 milliard dollardan ziyodni tashkil etgan. O’zbekistonda k’ozog’istonlik hamkorlar ishtirokida tuzilgan 230 dan ortik’ kompaniya faoliyat yuritmok’da. Avtomobil va temir yo’l transporti, aviatashuvlar sohalarida an’anaviy faol hamkorlik k’ilib kelinmok’da.
O’zbekiston Prezidenti ikki mamlakat o’rtasidagi samarali va o’zaro manfaatli hamkorlikni yanada faollashtirish, buning uchun avvalo savdo, investisiyaviy texnologiyalar va transport-kommunikasiya sohalarida hamkorlik bo’yicha anik’ loyihalarni ishlab chik’ish va k’o’llab-k’uvvatlash muhim ahamiyatga ega ekanini k’ayd etdi.
Ikki mamlakat hududlari o’rtasida o’zaro hamkorlik o’rnatish va mustahkamlash lozimligi, bu savdo va madaniyat sohalarida alok’alarni yanada rivojlantirish uchun keng imkoniyatlar yaratishi alohida ta’kidlandi.
Ask’ar Mamin samimiy k’abul uchun Prezident Shavkat Mirziyoevga minnatdorlik izhor etdi va K’ozog’iston O’zbekiston bilan keng ko’lamli amaliy hamkorlikni yanada kengaytirishga tayyor ekanini bildirdi.
Комментарии 0