Prezident poytakhtning uchtepa tumanida qurilayotgan tekhnoparkka tashrif buyurdi — ozbekiston

Prezident poytakhtning uchtepa tumanida qurilayotgan tekhnoparkka tashrif buyurdi — o’zbekiston
Uzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoev Toshkentning Uchtepa tumanidagi sobiq «Signal» zavodi tarkibida tashkil etiladigan tekhnopark loyihasi bilan tanishdi, deb khabar qildi UzA.
Umumiy maydoni 5,1 gektar bulgan mazkur hududda bugun keng kulamli qurilish-tamirlash ishlari olib borilmoqda. Hududda bino va inshootlar, kommunikasiya tarmoqlari mavjud bulib, turli loyihalar buyicha ishlab chiqarish uskunalarini urnatish, pardozlash va ishga tushirish muddati 2018 yilning birinchi choragiga belgilangan.
Bu erda ish boshlaydigan kichik korkhonalarda plastmassa mahsulotlari, energiyatejamkor lampalar, transformator podstansiyalari, tikuv va trikotaj mahsulotlari, zamonaviy mebel kabi mahsulotlar ishlab chiqariladi. 17 korkhonada 400 dan ortiq ish urni yaratiladi.
Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki tomonidan Uchtepa tumanida 2017 yilda moliyalashtiriladigan loyihalar tugrisidagi malumotlar uzining istiqbolli yunalishlari bilan ajralib turdi. Tibbiy khizmatlar kursatish, qurilish materiallari, kimyo sanoati, mebel, farmasevtika, charm-poyabzal kabi yunalishlardagi 70 ga yaqin loyihada 1000 ga yaqin ish urni yaratiladi. «Yurxas» MChJ tomonidan sifatli va jahon andozalari darajasidagi gazlama va matolarni buyash sekhi ishga tushiriladi. 2017 yilning uchinchi choragida foydalanishga topshiriladigan korkhonada 60 ish urni yaratiladi.
«Baykal-KMU» MChJ ham joriy yil yakuniga qadar uz faoliyatini boshlaydi. Er unumdorligini oshirish uchun «Baykal EM-1» mikrobiologik ugitlari ishlab chiqaradigan korkhona mahsulotlarini Turkiya, BAA, Hindiston va Pokistonga eksport qilishi kutilmoqda. «Avikon tex», «Urologic complex» masuliyati cheklangan jamiyatlarida aholi salomatligini mustahkamlash, turli kasalliklar profilaktikasi buyicha tibbiy khizmatlar kursatiladi.
«Ipoteka-bank» ishtirokida amalga oshirilayotgan loyihada mebel sanoati uchun dekor qogozlar ishlab chiqariladi. Khitoy va Turkiyadan zamonaviy uskunalar olib kelib urnatiladigan korkhona 2018 yilda ishga tushiriladi. Bundan tashqari, bank ishtirokida 1 ming 200 tonna baliq mahsulotlarini qayta ishlash yulga quyiladi.
Yiliga 148 tonna quvur va 400 ming dona fiting ishlab chiqarishga ikhtisoslashgan «Art Dekor Group» MChJda 60 kishining bandligi taminlanadi.
Davlat rahbari mahsulot ishlab chiqarishdan oldin unga bozor topish zarurligini alohida takidladi.
Prezidentimizga 2017 yilda Uchtepa tumanining sanoat va khizmatlar sohasini rivojlantirish yunalishidagi investisiya loyihalari tugrisida malumot berildi. Malumotlarda soha yunalishlari, khizmatlar turi, yaratiladigan ish urinlari, ajratiladigan mablaglar miqdori, ishlab chiqariladigan mahsulotlar turi uz aksini topgan.
Khalq banki tomonidan moliyalashtirilayotgan «Artikor» MChJ tikuvchilik mahsulotlari ishlab chiqarishga ikhtisoslashgan. Yiliga 150 ming dona mahsulot ishlab chiqaradigan korkhonada 60 kishi ishga joylashadi.
Prezidentimiz mazkur loyihalarni yanada takomillashtirish, ish urinlarini oshirish buyicha mutasaddilarga tegishli kursatmalar berdi.
Комментарии 0