Prezident turkiya tashki ishlar vazirini kabul kildi — ozbekiston

Prezident turkiya tashki ishlar vazirini kabul kildi — ozbekiston

Prezident turkiya tashk’i ishlar vazirini k’abul k’ildi — o’zbekiston

O’zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoev 26 aprel kuni mamlakatimizga rasmiy tashrif bilan kelgan Turkiya Respublikasi tashk’i ishlar vaziri Mevlut Chavusho’g’luni k’abul k’ildi, deb xabar k’ildi O’zA.
O’zbekiston — Turkiya munosabatlari 2016 yilning 17?18 noyabr kunlari Samark’and shahrida o’tgan oliy darajadagi muzokaralarda erishilgan kelishuvlarga muvofik’ izchil rivojlanayotgani mamnuniyat bilan k’ayd etildi.
O’zaro manfaatli savdo-ik’tisodiy va investisiyaviy hamkorlikni rivojlantirish, Turkiyaning etakchi kompaniyalari ishtirokida turizm infratuzilmasini modernizasiya k’ilish, to’k’imachilik, ko’nchilik, kimyo va farmasevtika sohalari, k’urilish materiallari sanoati, k’ishlok’ xo’jaligi mahsulotlarini chuk’ur k’ayta ishlash va boshk’a yo’nalishlarda, jumladan, «Urgut» erkin ik’tisodiy zonasi doirasida yuk’ori texnologiyali zamonaviy ishlab chik’arish k’uvvatlarini tashkil etish bo’yicha loyihalarni amalga oshirish masalalariga alohida e’tibor k’aratildi.
Uchrashuvda mintak’aviy va xalk’aro masalalar yuzasidan ham fikr almashildi.
Mevlut Chavusho’g’lu O’zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoevga k’abul uchun samimiy minnatdorlik izhor etdi. Davlat rahbariga Turkiya kompaniyalarining O’zbekistondagi loyihalarini k’o’llab-k’uvvatlayotgani uchun Turkiya rahbariyati nomidan tashakkur bildirdi va keng ko’lamli o’zaro hamkorlikni yanada rivojlantirishga tayyor ekanini ta’kidladi.
YAk’inda Turkiyaga bosh vazir o’rinbosari Rustam Azimov boshchiligidagi O’zbekiston delegasiyasi vakillari borgan edi. Tashrif jarayonida biznes-forum ham bo’lib o’tdi.
24?26 may kunlari O’zbekistonda ikki tomonlama ik’tisodiy kengash yig’ilishi o’tkazilishi rejalashtirilgan bo’lib, unda Turkiya ik’tisodiyot vaziri ham ishtirok etadi. May oyi oxirida Toshkentga Turkiya madaniyat va turizm ishlari vaziri madaniy-gumanitar sohalarda hamkorlikni kengaytirish uchun tashrif buyuradi.

Комментарии 0

Оставить комментарий

Ваш email не будет опубликован.