Qamoqda utirishi kerak deyadi atambaev — ozbekiston

Qamoqda utirishi kerak deyadi atambaev — o’zbekiston
Qirgiziston prezidenti Almazbek Atambaev mamlakat kelajagidan tashvish bildirdi. U hozirda bir qadar asabiylashayotgani, odamlar yana aldanib qolishi mumkinligidan khavotirda ekani, qirgiz khalqining kechirimli va unutuvchanligi yana pand berishi mumkinligi haqida gapirgan.
«Hozirda qamoqda utirishi kerak bulgan kishilar uzini piar qilib, prezident bulmoqchi. Bu ham utar. Uzing uchun aniqlab olishing kerak, chunki, shunday sabablar borki, bazi siyosatchilarni kechirib bulmaydi. Mamlakat va khalq taqdirini bir kunlik shuhrat va shov-shuvga almashtirib bulmaydi», degan Atambaev.
U mamlakat toza qullarda bulishini va rivojlanishda davom etishini istashi haqida gapirgan.
«Saylov natijalari qanday bulishidan qati nazar uni tan olish kerak. Asosiysi, biz ovozlar tugri hisoblashini taminlashimiz kerak. Yana bir ish bor, kimdir ovozlarni sotib olishga harakat qilishi mumkin, unda nima qilamiz… Biz odamlarni okhirigacha uygota olmaymiz, javobgarlik ularning uzida. Men hokimiyatni tinch topshirishni kafolatlayman. Endi mamlakat boshqacha, tizim boshqacha. Agar kimdir vaziyatni izdan chiqarmoqchi bulsa, kafolat beramanki, uning joyi kursatib quyiladi», — deya suzlarini yakunlagan prezident.
Qirgiziston prezidentiligiga saylov jarayoni joriy yilning 15 oktyabrida bulib utadi. Amaldagi prezident Almazbek Atambaev saylovda ishtirok etmaydi, chunki mamlakat qonunchiligi olti yillik muddatga bir martadan ortiq saylanishga rukhsat bermaydi.
Komissiya malumotlariga kura, ayni vaqtga qadar 30 kishi uz nomzodini olga surgan. «Ulardan besh nafar siyosiy partiyalarning qurultoyida olga surilgan bulsa, qolganlari uz nomzodini uzlari olga surgan», — deyiladi Markaziy saylov komissiyasida. Nomzodlar orasida amaldagi bosh vazir Sooronbay Jeenbekov, hukumatning sobiq rahbarlari Temir Sariev va Omurbek Babanov, shuningdek, mukholifat parlament fraksiyasi etakchisi Bakit Torobaevning ismlarini kurish mumkin.
Комментарии 0