Qandimdagi gazni qayta ishlash zavodining birinchi navbati dekabrda foydalanishga topshiriladi — ozbekisto

Qandimdagi gazni qayta ishlash zavodining birinchi navbati dekabrda foydalanishga topshiriladi — o’zbekiston
Qandim konlar guruhida gazni qayta ishlash zavodining birinchi navbati qurilishi dekabr oyida yakuniga etadi. Bu haqda chorshanba kuni Khalqaro press-klub yigilishida «Uzbekneftgaz» kholdingi tarkibiga kiruvchi «Neftgazinvest» kompaniyasi direktori Bahodir Siddiqov khabar qildi.
«Mazkur loyiha buyicha rossiyalik hamkorlar («LUKOYL» kompaniyasi — tah.) bilan loyihani amalga oshirishni tezlashtirish qarori qabul qilindi. Dastavval 2018 yilning iyuniga rejalashtirilgan birinchi bosqich 2017 yil dekabrida yakuniga etadi», — dedi kompaniya rahbari.
Uning suzlariga kura, hozir obektga loyihada kuzda tutilgan 93 foiz uskunalar etkazilgan. GQIZ qurilishida 8000 kishi band bulib, ularning 90 foizi mahalliy mutakhassislardir.
2015 yil fevralida «LUKOYL» va Janubiy Koreyaning Hyundai Engineering kompaniyasi boshchiligidagi pudratchilar konsorsiumi Qandim GQIZ qurilishi va uni uskunalar bilan taminlash buyicha 2,66 mlrd dollarlik shartnomani imzolagan edi.
Ishlab chiqarish quvvati 8,1 mlrd kub metr gaz bulgan majmua qurilishi 2016 yil aprelida boshlangan edi. Mazkur loyihaning birinchi navbatiga kiritiluvchi sarmoyalarning umumiy hajmi 3,3 mlrd dollarni tashkil etadi.
Комментарии 0