Qishloq va suv khujaligi vazirligining yangi vazifalari belgilab olindi — ozbekiston

Qishloq va suv khujaligi vazirligining yangi vazifalari belgilab olindi — o’zbekiston
Prezident Shavkat Mirziyoev 4 avgust kuni Uzbekiston Qishloq va suv khujaligi vazirligi faoliyatini tubdan isloh qilish tugrisidagi farmonni imzoladi.
Hujjatda qayd etilishicha, Uzbekiston Respublikasi Qishloq va suv khujaligi vazirligining samarasiz faoliyati natijasida qishloq va suv khujaligini boshqarish sohasida hal etilmagan qator muammolarning saqlanib qolayotgani sohaning barqaror suratlarda va samarali rivojlanishiga salbiy tasir kursatmoqda.
Qishloq khujaligini boshqarish tizimi agrar sohada bozor munosabatlarini joriy etish va qishloq khujaligi ishlab chiqarish samaradorligini oshirishga yunaltirilgan tuzilmaviy qayta uzgartirishlarning zamonaviy talablariga javob bermaydi, deyiladi farmonda.
Zamonaviy resurs va suv tejovchi agrotekhnologiyalar va ilgor tajribalarni joriy etish, sohani modernizasiya qilish va tekhnik taminlashga etarlicha etibor qaratilmayapti, talim, fan va qishloq khujaligi ishlab chiqarishi integrasiyasi, agrar sektorga innovasion ilmiy ishlanmalarni tatbiq etish darajasi pastligicha qolmoqda.
Suv khujaligi boshqaruvi tizimidagi kamchiliklar, jumladan suv resurslaridan rasional foydalanishda samarasizlik qayd etildi.
Agrar sektori infratuzilmalarining etarlicha rivojlanmagani, khizmat kursatuvchi tashkilotlarning fermer khujaliklari bilan uzaro aloqasi samaradorligining pastligi qishloq khujaligi ishlab chiqaruvchilarining huquq va qonuniy manfaatlari buzilishi, kursatilayotgan khizmatlar sifatining pasayishi va tariflarning oshib ketishiga olib kelgan.
Shu munosabat bilan Qishloq va suv khujaligining yangi vazifalari va faoliyat yunalishlari belgilab olindi. Jumladan, sohani kompleks modernizasiya qilishga yunaltirilgan agrotekhnik va suv khujaligi siyosatini amalga oshirish, sohaga fan va tekhnika yutuqlari, zamonaviy resurs va suv tejovchi agrotekhnologiyalar, ilgor milliy va khorijiy tajribalarni joriy etish vazifasi yuklatildi.
Qishloq khujaligini rivojlantirish, mamlakat oziq-ovqat khavfsizligini taminlash, qishloq aholisining bandlik darajasi va daromadlarini oshirish, ichki bozorda oziq-ovqat mahsulotlari narkhini barqaror saqlashga qaratilgan kompleks maqsadli, sohaviy va hududiy dasturlar ishlab chiqiladi.
Suv resurslarini boshqarishning tamoyil va tizimlarini takomillashtirish, ulardan ehtiyotkorona va rasional foydalanishni taminlash, sugoriladigan erlarning meliorativ holatini yakhshilash, suv khujaligi obektlari va gidrotekhnik inshootlar rekonstruksiya va modernizasiya qilinadi.
Qishloq khujaligi ishlab chiqaruvchilariga khizmat qiluvchi infratuzilmalar obektlari faoliyati bozor tamoyillari va mekhanizmlari asosida tubdan takomillashtiriladi.
Quyisirdaryo, Quyiamudaryo va Zarafshon havzalari irrigasiya tizimlarini boshqarish qayta tashkil etiladi.
Farmon bilan qishloq khujaligi ishlab chiqaruvchilariga khizmat kursatuvchi infratuzilmalar obektlari faoliyatini takomillashtirish buyicha takliflarni ishlab chiquvchi komissiya tashkil etildi.
Комментарии 0