Qozogistondagi ythda jabrlanganlar bulgan samolyot uzbekistonga etib keldi — ozbekiston

Qozogistondagi ythda jabrlanganlar bulgan samolyot uzbekistonga etib keldi — o’zbekiston
Uzbekiston Mudofaa vazirligining makhsus harbiy transport samolyoti shanba kuni 11:40 da Qozogistondagi YTHda vafot etgan 9 nafar fuqaroning jasadini Toshkentga olib keldi. Samolyot bortida hodisa vaqtida avtobusda bulgan 7 nafar jabrlangan hamda qolgan 31 nafar fuqaro ham olib kelindi.
Samolyot Nukusdan 23 iyun kuni 19:40 da uchib ketgan va 23:00 da Qozogistonning Oqtube aeroportiga qungan edi.
FVV matbuot khizmatining khabar qilishicha, vafot etgan fuqaro M. Ergashev makhsus tibbiy avtomashinada Jizzakh viloyatiga olib boriladi.
Vafot etgan fuqaro T. Djumaev «Uzbekiston havo yullari» aviakompaniyasi kumagida Surkhondaryo viloyati Termiz shahar aeroportiga olib boriladi.
Vafot etgan 7 nafar fuqarolar 24 iyun kuni soat 12:40 da Mudofaa vazirligining samolyotida Fargona shahar aeroportiga olib kelinib, Namangan, Andijon, Fargona viloyatlarida istiqomat qiluvchi yaqinlariga topshiriladi.
Mahalliy hokimiyat organlari tomonidan dafn etish marosimlarini tashkil etish va utkazish buyicha yordam kursatiladi.
YTH oqibatida jabrlangan fuqarolarga zaruriy tibbiy yordam kursatish maqsadida Toshkent shahridagi tibbiyot muassasalariga joylashtiriladi.
Qolgan fuqarolarga doimiy yashash joylariga etib borishlari uchun amaliy yordam kursatiladi.
Qozogiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Favqulodda vaziyatlar qumitasining malumotiga kura, 2017 yilning 22 iyun kuni soat 10:20 da Aktube viloyatida «Volgograd — Chimkent» yunalishida «Mersedes» rusumli avtobusi yul-transport hodisasiga uchragan. Avtobusda jami 52 nafar yulovchi bulib, ulardan 50 nafari Uzbekiston, 2 nafari Qozogiston fuqarolari bulgan. Yul-transport hodisasi oqibatida Uzbekistonning 9 nafar fuqarosi vafot etgan, 7 nafar fuqarosi jabrlanib, Aytikeb tumani shifokhonasiga yotqizilgan. Voqea joyida 10 nafar fuqaroga birinchi tibbiy yordam kursatilgan. 21 nafar fuqaro YTH oqibatida jabrlanmagan.
Комментарии 0