Rus nashri shavkat mirziyoev hakidagi taassurotlarini bayon kildi — ozbekiston

Rus nashri shavkat mirziyoev hak’idagi taassurotlarini bayon k’ildi — o’zbekiston
5 aprel kuni Rossiya Prezidenti Vladimir Putin Kremlda O’zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoev bilan uchrashdi. Shu munosabat bilan Katta Kreml saroyida tantanali vaziyat tashkil etildi. «’» (Kommersant’ nashri)ning maxsus muxbiri Andrey Kolesnikov mazkur tashrifdan olgan taassurotlari bilan o’rtok’lashgan. Uning ik’ror bo’lishicha, O’zbekiston Prezidenti uni lol k’oldirishning uddasidan chik’k’an.
Kolesnikovning yozishicha, O’zbekistonning yangi prezidenti Shavkat Miromonovich Mirziyoev kishida kuchli taassurot k’oldiradi. Mana u Rossiya Prezidenti Vladimir Putin bilan YAshil xonada uchrashmok’da. Putin unga shunday dedi:
— Umuman olganda biz savdo aylanmasini yuk’ori darajada ushlab turibmiz, ayrim sohalardagi o’sish sur’atlariga ishonish k’iyin!
Vladimir Putinning o’zi ham bunday bo’lishiga ishonmagani anik’!
— 260 foiz! — deydi Shavkat Mirziyoev hayajon bilan.
— Ha, juda ajoyib! — deydi Rossiya Prezidenti o’ziga kelishga urinar ekan.— Aynik’sa, bu sanoat, k’ishlok’ xo’jaligiga doir! K’ishlok’ xo’jaligi ikki martadan ko’prok’ o’sgan! O’zbekiston mahsulotlarining Rossiya bozoriga etkazib berilishi ikki karradan ko’prok’ o’sgan!
O’zbekiston Davlat rahbari Peterburgdagi k’o’poruvchilikda k’urbon bo’lganlarning yak’inlari va k’arindoshlariga hamdardlik bildirishdan boshladi. U keyinrok’, yana ikki marta hamdardligini izhor k’ildi.
— Biz siz bilan kelishib olgan narsalar (Samark’andda, Islom Karimov dafn k’ilinganidan keyin) hayotga tatbik’ etilmok’da! Moskva markazida Islom Abdug’anievichga yodgorlik o’rnatish uchun xiyobon ajratganingiz uchun tashakkur bildirmok’chiman. Juda yaxshi joy! YAna bir marta tashakkur!
Aytish joizki, fak’atgina ik’tisodiyot yo’nalishida barchasi jonlandi, deb bo’lmaydi. Umuman, unday emas.
— Biz Pushkin nomidagi tasviriy san’at muzeyiga ajoyib etnografimiz Igor Savisskiy ko’rgazmasi bilan keldik.
Muzey prezidenti Irina Antonova va uning direktori Marina Loshak ham matbuot uchun bayonot berish chog’ida ham YAshil mehmonxonada bo’lishdi. Anik’rog’i, ular ham muzokaraga kelganlar orasida edi. Bundan tashk’ari, ikki prezidentlarning bunday suhbati shu vak’tgacha kuzatilmagan.
— Rossiya tomonidan Afg’oniston bo’yicha nima k’ilinayotgan bo’lsa, bizni hayratga solmok’da va biz bunda faol ishtirok etamiz! — dedi O’zbekiston prezidenti o’zining hayajonini yashirmagan holda.
Ha, hak’ik’atdan ham ikki mamlakat o’rtasida bunak’asi bo’lganmidi, deya savol bilan murojaat k’iladi jurnalist. Shavkat Mirziyov kengaytirilgan tarkibdagi muzokaralar chog’ida «suvdan foydalanishning adolatli tizimi» hamda harbiy va fuk’arolik sohalarida hamkorlik yo’lga k’o’yilgani hak’ida so’z boradi.
— Mana Sergey Viktorovich (Chemezov) shu erda o’tiribdi, u tasdik’laydi!
Shavkat Mirziyoev yana O’zbekistonda etishtirilgan mevalar Rossiyaga «yashil yo’lak»dan (boshk’a jihatdan to’g’ri ham, axir mevalar bo’lsa) etkazilishini bildirdi… Bundan tashk’ari, O’zbekiston to’k’imachilik korxonalari o’z mahsulotlarini Rossiyaga bevosita etkazib berilishi yo’lga k’o’yiladi. Bu hali hammasi emas. «Po’lat prokati, k’urilish materiallari, ozik’-ovk’at sanoati mahsulotlariga aksiz solik’lari pasaytiriladi yoki to’lik’ bekor k’ilinadi… Investisiya loyihalari bo’yicha 12 mlrd dollarlik kelishuvlarga erishilgan.
— Vladimir Vladimirovich,— deya o’z hislarini yashirolmaydi Shavkat Mirziyoev,— bunak’asi hali bo’lmagan!!! Va bu so’nggi 4 oydagi ishlar samarasidir!
Asosiysi, bularning barchasi hak’ik’at!
O’zbek rahbariyatining Rossiya mintak’alari rahbarlari bilan uchrashuvlari ham ko’p narsadan darak beradi. Bunak’asi ham hali kuzatilmagandi.
Nihoyat, «Aeroflot»ning Moskvadan Samark’and parvozlari k’ayta yo’lga k’o’yiladi.
— Bilasizmi, bu masala uzok’ vak’t hal etilmay keldi, biz bu borada irodali k’aror k’abul k’ildik! — deya ma’lum k’ilgan O’zbekiston rahbari.
Ta’kidlash o’rinliki, deb yozadi mak’ola muallifi, «Rossiya ovozi», diktor Evgeniy Xoroshevsev bilan bog’lik’ kutilmagan vok’elik ajoyib kayfiyatni buza olmadi.
Mana men Shavkat Mirziyoevga k’arab turibman. Ha, u boshk’acha odam. Islom Karimov, masalan boshk’acha kulardi. Boshk’acha gapirardi. Boshk’acha o’ylardi. Bu jilmayish esa, bilmadim kishini k’aysidir ma’noda, lol k’oldiradi.
So’ngra, Shavkat Mirziyoev o’z bayonotini o’k’ir ekan, xulosa k’iladi:
— Tushunarliki, ko’p gapirish mumkin, ammo bularning barchasi juda ham yaxshi!
Kremlda ancha vak’tdan beri bunak’asi bo’lmagan edi, deya yakunlaydi mak’olasini Kommersant’ muxbiri Andrey Kolesnikov.
Комментарии 0