Samarali soliq tizimida imtiyozlarga hojat yuq — yuliy yusupov — ozbekiston

Samarali soliq tizimida imtiyozlarga hojat yuq — yuliy yusupov — ozbekiston

Samarali soliq tizimida imtiyozlarga hojat yuq — yuliy yusupov — o’zbekiston

Mustaqil ekspert, Iqtisodiy rivojlanishga kumak markazi direktori Yuliy Yusupov «Gazeta. uz»ga bergan intervyusida Uzbekiston soliq tizimining asosiy muammolarini sanab utib, ularni hal etish yullarini taklif qildi.
Yuliy Yusupov ikki yunalish: 1) marketing tadqiqotlari va konsultasiya (bozorlarning keng spektri buyicha), 2) iqtisodiy taraqqiyot, biznesni rivojlantirish va iqtisodiy siyosat sohalarida tadqiqot va konsultasiya (keng doirali yunalishlar buyicha) buyicha Markaziy Osiyo davlatlarida tadqiqot va konsultasiya ishlarida katta tajribaga ega. Uqituvchilik hamda loyihalar va tashkilotlarni boshqarishda katta tajriba tuplagan. Kuplab khalqaro tashkilotlar: BMTTD, ETTB, KhMK, Jahon banki, YuSAID, GIZ, EKhHT, YuNISEF, YuNESKO va boshqalarda faoliyat olib borish uchun yollangan. ETTB loyihalari va dasturlari buyicha khalqaro konsultant sifatida tez-tez jalb etib turiladi. Qator uquv darsliklari va monografiyalar muallifi, 10 dan ziyod tahliliy hisobotlar, davriy nashrlar va tuplamlardan 70 dan ortiq maqolalarni chop ettirgan.
— Prezidentning yaqinda (18 iyulda) qabul qilingan farmonida Uzbekiston soliqqa tortish tizimi juda murakkab va etarlicha samaraga ega emasligi aytib utilgan. Sizning fikringizcha, bu nimani anglatadi?
— Keling, soliq tizimimizning asosiy muammolari buyicha boramiz. Ehtimol hayratlanarli narsalarni aytib berarman. U juda dakhshatli va har kuni iqtisodiyotimizni emirib bormoqda. Agarda biz raqobatbardosh iqtisodiyot yaratishni khohlasak, butun soliq tizimini keskin uzgartirishimiz darkor. Eng asosiy muammolar:
Birinchidan, iqtisodiyotga yuklatilgan yuqori soliq yuklamasi. Soliq yuklamasi, bu — soliqlarning YaIMdagi ulushi kursatkichi. Bu erda nafaqat soliqlarni, balki byudjet va byudjetdan tashqari jamgarmalar — pensiya, yul va boshqalarga ajratilayotgan barcha ajratmalar ham hisobga olinadi. Bizda bu kursatkich — soliqlarning YaIMdagi ulushi — sunggi yillarda 30?35% darajasida saqlanib turibdi. Bu kupmi yoki kam? Javob uning nima bilan solishtirilishiga bogliq. Agarda Shimoliy Evropa, Garbiy Evropa mamlakatlarini olsak, bu unchalik kup emas — Gollandiya, Shvesiyada soliq yuki yanada balandroq.
Biroq bunday taqqoslab bulmaydi. Boy davlatlar bilan emas, balki taraqqiyotning ukhshash darajasidagi mamlakatlar bilan solishtirish kerak. Chunki davlat qanchalik boy bulgani sari unda urtacha soliq yuklamasi balandroq bulaveradi, boylar kuproq tulay oladilar. Qashshoq davlatlar uzlariga bunday hashamatni ravo kura olmaydi, chunki agar u erda soliqlar baland bulsa, ular raqobatga dosh bera olmaydi, shuning uchun ular avvalo boylarga etib olishi kerak.
Bizning darajamizdagi taraqqiyotga ega va muvaffaqiyatli rivojlanib borayotgan davlatlardagi holatga nazar tashlasak, ularda soliq yuklamasi 20?25 foizdan oshmaydi. Biz uchun eng maqbuli 20 foiz, yani hozirgidan 1,5 barobar kamrogi. Bu birinchi muammo. Madomiki iqtisodiyotdagi soliq yukini kamaytirmas ekanmiz, mahsulotlarimiz raqobatbardosh bulmaydi.
< Ayrim Osiyo mamlakatlarida davlat byudjetlari va byudjetdan tashqari jamgarmalarning 2015 yildagi daromadlari. Manba: Osiyo taraqqiyot banki. Ikkinchi muammo — soliq yukining noteng taqsimlanishi. Umumiy soliq yuki juda baland, biroq kimdir kamroq, kimdir esa kuproq tulaydi. Agarda sohalar buyicha kurib chiqsak, qishloq khujaligi kamroq tulaydi, chunki davlat fermerlardan mablaglarni boshqa darajada yigib oladi — pakhta va bugdoyini davlat buyurtmasi buyicha arzon narkhda sotib oladi. Bu erda kamroq tulanadi, demak boshqa sohalar mos ravishda soliqlarni kuproq tulaydi. Soliq yukida soliq rejimlari darajasida katta bushliqlar ham mavjud. Umumurnatilgan rejim doirasida korkhonalar 20 dan ziyod soliqlarni, QQSdan boshlab, daromad soligigacha tulashi lozim, etarlicha kup miqdordagi soliqlar. Soddalashtirilgan soliq rejimi ham mavjud. Bunda yagona soliq tulovi asosiy soliq hisoblanadi, u umumiy daromad, yani tushumdan tulanadi. Mazkur soliq rejimlari urtasida soliq yuklamasidan uta ulkan bushliq mavjud. Masalan, korkhonada 100 kishi ishlar edi, yana bir khodimni yollashdi va 101 kishi bulishdi. Natijada kichik korkhona bulmay qoldi. Kichikdan yirik korkhonaga utishda sizning soliq yukingiz 3?8 martagacha ortishi mumkin (soha va QQS tulovchilariga etkazib beruvchi ekaningizga bogliq ravishda). Bu bemanilik, boshqa hech narsa emas. Soddalashtirilgan soliq rejimlari bor, biroq bunchalik katta farq bilan emas! Farq umumurnatilgan rejim foydasiga bulishi ham mumkin, chunki soddalashtirilgan rejimdan kuzlangan mano soliqlar past bulishi uchun emas, balki soliq mamurchiligi soddaroq bulishi uchun — ular sodda bulsa hisobchilarni yollashga hojat qolmaydi, tadbirkorning uzi hisob-kitob qiladi va soliq hisobotini topshiraveradi. Bizdagi soddalashtirilgan tizim, bu — tulash, umuman olgandan imkonsiz bulgan umumurnatilgan soliq yukidan qochish imkoniyatidir. Kim umumurnatilgan tizim buyicha soliqlarni tuliq tulayotganiga nazar tashlasak, ular — qazib olinuvchi yoki qayta ishlanuvchi tabiiy resurslarga «utirib olgan», yani mahsulotlariga tabiiy renta deb ataluvchi qiymat qushilgan korkhonalar bulib, ular barcha soliqlarni uz hisoblaridan tulay oladilar. YOki ular avtosanoatga ukhshash monopolistlar bulib, ushbu barcha soliqlar kharidorlar zimmasiga yuklab quyilgan buladi. YOkhud bu korkhona soliqlardan ozod qilingan. Bir necha korkhonadan boshqa hech kim uta yuqori soliq yuki sababli tulay olmaydigan umumurnatilgan tizimni nima qilish kerak, deb surashadi. Soliqlar sonini keskin kamaytirish kerak, besh-oltitasi etarli. Kichik korkhonalar umumurnatilgan tizimga bajonidil utishi va usa olishi uchun soliq yukini ham pasaytirish lozim. Kichik biznes, bu — yakhshi, biroq kuplab sohalarda raqobatbardosh bulish uchun usish kerak. Miqyos effekti degan narsa bor — hamma sohalarda emas, balki kuplarida. Ishlab chiqarish kharajatlarini kamaytirish va sifatni oshirish uchun ishlab chiqarish miqyosini kengaytirish, kuchliroq uskunalardan foydalanish lozim. Katta miqyoslar urtacha chiqimlarni qisqartirish va mahsulot sifatini oshirishga imkon yaratadi, yani raqobatbardoshligi ortadi. Bizning soliq tizimimiz esa korkhonalarimizga miqyoslarni oshiruvchi afzalliklardan foydalanishga tusqinlik qiladi. Bu bizni rivojlantirish uchun falokatli holat hisoblanadi. Uchinchi muammo — mehnatga yuqori soliq solinishi. Agarda siz uncha kup bulmagan 500 ming, 1 million sum oylik olsangiz ham, bu pullar narkhlar oldidan katta bulmay qolgan, baribir mehnatingiz uchun kup soliq tulashingiz kerak. Kup soliq solinadigan rivojlangan mamlakatlarda bunday maosh yoki kam oylikdan mutlaqo soliq olinmaydi. Bu erda esa tadbirkor sizga 1 million sum oylik berishi uchun byudjetga 600 ming sumga yaqin pul utkazib berishi kerak. Agar oylik baland bulsa, soliq yuki yanada ortadi. Bu bir necha urinlarda notugri hisoblanadi. Birinchidan, bunday baland soliqlar noqonuniy yullarni ragbatlantiradi, «konvert» usulida tulagan osonroq. Umumiy soliq yukining balandligi, mehnatga solinadigan soliqlarning yuqoriligi «qora» iqtisodiyotni ragbatlantiradi. Ikkinchidan, bunday baland soliq yuki bilan tadbirkorga kup odamlarni yollash befoyda bulib qoladi va u sermehnat emas, balki odamlar kamroq bulgan serkapital ishlab chiqarishni yulga quyishga harakat qiladi. Bu notugri, chunki bizda ishchi kuchi kup, ishsiz odamlarimiz khorijda mehnat qilishga majbur bulmoqda. Soliq tizimimiz esa kuproq odamlarni yollovchi sermehnat ishlab chiqarishni emas, balki serkapital ishlab chiqarishni kengaytirishni rivojlantirmoqda. Turtinchi muammo sotishdan olinadigan soliqlar (bilvosita soliqlarning bir turi) bilan bogliq. Sotishdan olinadigan soliq barcha erda bor, ammo uning nozik jihati ushbu soliqning qanday urnatilganida. Oddiy mahsulotni ishlab chiqarish uchun bitta korkhona kifoya qiladi — khom ashyoni oladi, qayta ishlaydi va sotadi. Ammo murakkabroq ishlab chiqarish bir necha korkhonalarning uzun zanjirini tashkil etishni taqozo etadi. Ularning har biri qushilgan qiymatning usishida ishtirok etadi. Agarda soliq umumiy tushumga urnatilgan bulsa, har bir bosqichda sizni soliq atrofingizni qurshab boraveradi: siz pakhta ishlab chiqardingiz — soliq tulaysiz, ip-gazlama tayyorlashdi — soliq tulashdi va gazlama tuqishdi, yana soliq, tayyor kuylak narkhi esa barcha soliqlar bilan tilla bahosiga etib bordi. Agarda kompyuter ishlab chiqarsangiz bormi, bunday soliq tizimi bilan uning bahosi olmos bilan tenglashadi. Shuning uchun butun dunyoda sotishdan olinadigan soliq qushimcha qiymatni yaratishning barcha bosqichlaridagi tushumlardan emas, balki sotishning sunggi bosqichida (yani chakana savdoda) solinadi. Masalan, Yaponiya va AQShda mazkur amaliyot zanjirning barcha bosqichlarida qullaniladi, biroq mahsulotning umumiy narkhi bilan emas, balki qushilgan qiymat — QQS bilan. Bunday holatda siz ishlab chiqarish jarayonida qushilgan qiymat uchungina soliq tulaysiz. Pakhtani 100 sumga sotib olib, 120 sumga ip-kalava tayyorlaysiz, bunda QQS 100 sumga emas, balki 20 sumga qushiladi kholos. Natijada zanjir uzunligi soliqlarning umumiy miqdoriga tasir kursatmaydi, yani ikkilamchi, uchlamchi vahokazo soliqlar yuq. Bizdagi vaziyat esa butunlay noodatiy. Bizda ham QQS bor, biroq ishlab chiqarishning barcha bosqichlarida umumiy tushumga solinadigan soliqlar ham saqlanib qoladi. Umumiy soliq solish tizimi buyicha korkhona 20 foiz QQS tulaydi, biroq umumiy tushumdan yana soliq tulaydi — pensiya, yul, maktab jamgarmalariga ajratmalar, umumiy tushumdan 3,5 foiz, bu — juda katta raqam. Idealda esa QQS tulansa, umumiy tushumdan soliq tulanmasligi kerak. Bunday soliq tulash tartibida mehnat taqsimoti, ikhtisoslashuv, yuqori qushilgan qiymatga ega mahsulotlar yaratish imkoniyatlarini yuqqa chiqarasiz. Bunday soliq tizimi mamlakatni khom ashyo dakhmazasiga duchor qiladi, eng yakhshi holatda — ip-kalava ishlab chiqariladi, biroq raqobatbardosh tayyor mahsulot emas. Agarda siz soddalashtirilgan soliq solish tizimida bulsangiz, yagona soliq tulovi — bu ham umumiy tushumga solinadigan soliq hisoblanadi, u erda barcha ushbu soliqni tulaydi va u erda murakkab zanjirni yaratish kerak emas. Men mazkur soddalashtirilgan rejimni bekor qilishga chaqirmayman, balki korkhona umumurnatilgan soliq solish tizimiga utishlari va QQS tulovchilariga aylanishlarini khohlayman. Hozircha bizdagi barcha korkhonalar soddalashtirilgan rejimda ekan, zanjirni barpo etish imkonsiz. Agarda siz umumurnatilgan rejimda bulsangiz, zanjirlarni ham barpo etib bulmaydi. Chunki umumiy tushumga solinadigan soliq mavjud. Bizning sharoitda QQS uz qarama-qarshiligi — umumiy tushumga solinadigan soliqqa ham aylanadi, chunki QQS hisob-kitoblar ustiga qurilgan (biror mahsulot sotganingizda dastlab mahsulotning barcha qiymatidan QQS tulaysiz, sungra avvalroq zanjirning boshqa ishtirokchilari tulagan QQS hisobini ham qilishingizga tugri keladi). Bizning iqtisodiyotimizda QQS tulovchilari juda kam, barchasi soddalashtirilgan rejimga qochib utishgan va shu sababdan mazkur zanjirda doimiy ravishda farqlar vujudga keladi: hattoki kimdir QQS tulagan bulsa ham sizga etib kelgunicha hech bulmasa bitta oraliq paydo buladi va siz usha QQS uchun ham tulov qilishingizga tugri keladi. Va sizning QQS umumiy tushumning 20 foiziga yaqinlashadi — bu juda katta soliq! Mavjud soliq tizimi tufayli na kichik biznes usa oladi (miqyos), na qushilgan qiymatni yaratishning uzun zanjirini qura oladi (ikhtisoslashuv). Qariyb barcha zamonaviy raqobatbardosh ishlab chiqarish esa mazkur ikki effektdan foydalanishga asoslangan. Yani bizning soliq tizimimiz biznesimizni samarasiz va raqobatga chidamsiz holatga keltirib quygan. Va beshinchi muammo soliq mamurchiligi masalalariga aloqador. Ular soliq solishning uta murakkab darajasi bilan bogliq. Agarda soliq tizimi isloh qilinsa, soliq mamurchiligidagi kuplab muammolar bartaraf etilgan bular edi. — Farmon bilan tuzilgan soliq qonunchiligini takomillashtirish buyicha ishchi komissiya nimalarga etibor qaratishi lozim? Qanday bosqichlarni ajratib olish lozim? — Soliq tizimimiz bosqichma-bosqich isloh qilishga yaroqli emas, u bir vaqtda, butunlay va tuliq almashtirilishi kerak. Iqtisodiyotimizni hamma tomondan qoplab olgan bu mahluqni qanday qilib bosqichma-bosqich isloh qilish mumkinligini tasavvur qila olmayman. Uni hech kim atayin uylab topgani ham yuq, u uz-uzidan, kup hollarda eng yakhshi istaklardan paydo buldi. Pul etmaydimi — kelinglar, yangi soliq joriy etamiz. Tadbirkorlar tulay olmayaptimi — kelinglar, ularni soliqlardan ozod qilamiz yoki yangi rejim uylab topamiz. Hech bulmasa umumurnatilgan rejimni keskin uzgartirish kerak, hamma hal qiluvchi muammolar usha erda. 20 dan ziyod soliqlardan 5?6 tasini qoldirish kerak, Gruziya 2004—2005 yillarda qilgani kabi. Soliq stavkalarini pasaytirish, biznes uchun maqbul holga keltirish lozim. Tabiiy rentani chiqarish tashlashni istasangiz, tadbirkorlar uchun makhsus rejim tashkil eting yoki ular uchun makhsus soliqlar joriy eting. Biroq qolgan korkhonalarni uz holiga quying, ular uchun maqbul soliq yukini yarating. — Soliq imtiyozlari haqidagi fikringiz qanday? — Samarali soliq tizimi uchun imtiyozlarning keragi yuq. AQShda biznes tashkil etsangiz, bir necha soliqlar bor, barcha oddiy va hammabop. Kamroq soliq tulashni istaysizmi, mos keladigan soliq tizimiga ega shtatni toping. Hech kim sizga imtiyoz bermaydi. Mislsiz darajadagi imtiyozlarning mavjudligi soliq tizimi ishlamayotganidan darak beradi. Aynan ushbu soliqlarni tulash imkoni yuqligi uchun imtiyozlar beriladi. Biroq imtiyozlar faqatgina soliq tizimining zaifligidan dalolat bermaydi. Ular juda khavfli hamdir. Imtiyozlar korkhonalarga noteng sharoitlar yaratadi (kimgadir imtiyoz tegadi, kimga esa yuq). Natijada rivojlanish dvigateli hisoblangan raqobat vayron buladi. Notabiiy holat vujudga keladi: eng kuchlilar emas, balki «bezorilar» yashab qoladi. Va bu iqtisodiyotimizdagi raqobatbardoshlilikning past darajada ekaniga yana bir sabablardan biri. Shuning uchun vazifamiz soliq tizimini shunday yaratish kerakki, hech qanday imtiyozlarsiz ishlash mumkin bulsin. — Mikrofirmalar va kichik korkhonalar uchun yagona ijtimoiy tulov 25 foizdan 15 foizga tushirilganidan sung uch yil ichida byudjet 400 mlrd sum kamroq daromad kurdi. Biroq yangi ish urinlari etarlicha yaratilmadi. Bu haqda yaqinda moliya vaziri urinbosari aytib utdi. — Bu umumiy masalalarni hal etmasdan turib khususiylarga utmaslik kerakligini anglatadi. Soliq stavkalari tushirilib, byudjetga tushum ortishini ifoda etuvchi Laffer effekti ish berishi uchun, birinchidan, mavjud umumiy soliq yuklamasi sezilarli darajada uzgartirilishi lozim. 10 foizga qisqartirish tadbirkorlarda «konvertlarda» tulayotgan daromadlarni qonuniylashtirish va kuproq rasmiy ishchilarni olishi uchun etarlicha ragbat uygotmadi. Hal qiluvchi muammo, masalan, korkhona kuproq ishchilarni yollashni khohlamayotganida bulishi ham mumkin. Chunki ularni yollasa, ular umumurnatilgan soliq solish tizimiga utkaziladi va natijada ularni shunchaki yopishga tugri keladi. Agarda Laffer effektiga erishishni istasangiz, soliq yukini sezilarli darajada kamaytirishingiz kerak. Ikkinchidan, biznesni rivojlantirish khohishiga faqatgina soliqlar tasir kursatmaydi. Barcha investision muhit uzgartirilishi lozim. Soliq tizimidan tashqariga chiqar ekansiz, kuplab savollarga duch kelasiz: bank bilan uzaro aloqalar, konvertasiya, «naqd-naqdsiz» hisob-kitob muammosi, lisenziya, rukhsatnomalar olish, tekshiruvlar, kommunal tarmoqlarga ulanish, gaz va elektr bilan taminlash muammolari. Aksariyat korkhonalar ushbu muammolar hal etilmagani sababli tuliq quvvat bilan ishlayotgani yuq yoki tukhtab qolmoqda. Shuning uchun bu erda soliqni kamaytirganingiz yoki kamaytirmaganingiz bilan hech narsa uzgarmaydi. Kompleks yondashuv kerak. Ular bulsa kichik biznesga navbatdagi imtiyozlarni berib, umumurnatilgan va soddalashtirilgan tizimlar urtasidagi oraliqni yanada kattalashtirishdi. Barcha soliq tizimlarini butkul qaytadan kurib chiqish lozim. bunda boshqa islohotlarni ham utkazish kerak: valyuta, bank, pul bilan muloqot, mamuriy, agrar vahokazo. — Milliy biznesga «soliq tatili» tushunchasi tatbiq qilindi. Bizning sharoitda ushbu vositaga ehtiyoj qay darajada? — Bu navbatdagi imtiyoz. Soliq tatillari boshlovchilarga tez-tez taqdim etiladi — qanchadir muddat soliqlardan va tekshiruvlardan ozod qilinadi. Bu mantiqiy. Ammo bu erda bir muammo vujudga kelishi mumkin. Korkhona bir yil davomida ishlaydi, tatil tugaganda esa yopiladi va yangisi ochiladi. Bu orqa tomoni. Qaytaraman, bu erda muammo imtiyozlarda emas. Soliq tizimini oddiy, shaffof va biznes uchun malollanmaydigan holga keltirish kerak. Shunda hech qanday imtiyozlarga hojat qolmaydi. — Daromad soligining qaysi biri afzalroq — tekismi yoki usib boruvchi? — Rossiya, Qozogiston, Gruziya va boshqa kuplab mamlakatlar tajribasi daromad soligining tekis shkalasiga utilgani yakhshi samara berganini kursatdi. U oddiy va mehnatga solingan umumiy soliq yukining kamayishini anglatib, biz uchun juda muhim.

Комментарии 0

Оставить комментарий

Ваш email не будет опубликован.