Samarkandda tramvay katnay boshladi — ozbekiston

Samarkandda tramvay katnay boshladi — ozbekiston

Samark’andda tramvay k’atnay boshladi — o’zbekiston

O’zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoev Samark’andga safari vak’tida yangi tramvay yo’nalishi bilan tanishdi. Bu hak’da «O’zbekiston temir yo’llari» AJ axborot xizmati xabar k’ildi.
Liniyaning umumiy uzunligi 34,8 km bo’lib, unda to’rtta yo’nalish mavjud. Birinchi bosk’ichda 11,4 km lik temir izlar yotk’iziladi. Bugungi kungacha 7,2 km lik uchastka k’urib tamomlandi.
«O’zbekiston temir yo’llari» boshk’aruvi raisining birinchi o’rinbosari Akbar Shukurovning ta’kidlashicha, yangi yo’nalishda Temiryo’l vokzali — Sartepa yo’nalishi bo’yicha tramvay k’atnovi yo’lga k’o’yiladi. Jadvalga ko’ra 6:00 dan 23:00 ga k’adar yo’lovchilarga xizmat ko’rsatiladi. Liniyada 7 dak’ik’a oralik’da sakkizta tarkib harakatlanadi. Tramvay liniyasi bo’ylab avtobus bekatlari bilan birlashtirilgan 26 ta bekat k’urildi.
Ayni paytda vokzaldan Siyob bozoriga k’adar 5 km lik liniyani yotk’izish ishlari davom ettirilmok’da. Mazkur uchastkada tramvaylarga xizmat ko’rsatish uchun Ro’dakiy va Gagarin ko’chalari chorrahasida depo k’urilmok’da. Tramvay harakati uchun elektr energiyasini to’rtta tayanch podstansiya ork’ali etkazib berish rejalashtirilgan.
Keyingi bosk’ichda 23,4 km tramvay liniyasi yotk’iziladi. Birinchi navbatda Spitamen ko’chasi ork’ali vokzaldan Kimyogarlar shaharchasigacha bo’lgan tarmok’ bunyod etiladi. Keyin esa Narpay ko’chasi ork’ali vokzaldan Kimyogarlar shaharchasiga tramvay liniyasi etkaziladi.
Liniyadagi ishlar uchun Toshkentda faoliyat ko’rsatgan haydovchilar jalb etildi. Bundan tashk’ari, 20 dan ziyod haydovchi va liniyaga xizmat ko’rsatish bo’yicha mutaxassis tayyorlandi. Jami bo’lib 43 kishi ishga k’abul k’ilindi. Samark’and deposi k’oshida Tramvay haydovchilarini tayyorlash markazi ochildi.

Комментарии 0

Оставить комментарий

Ваш email не будет опубликован.