Selyuk rossiya futbolining muammosi — legionerlar cheklovi — ozbekiston

Selyuk rossiya futbolining muammosi — legionerlar cheklovi — ozbekiston

Selyuk: «rossiya futbolining muammosi — legionerlar cheklovi» — o’zbekiston

Mashhur futbol agenti Dmitriy Selyuk Rossiya futbolidagi dolzarb muammolar xususida fikr bildirdi.
— Mijozlaringiz orasida Rossiya­dan taklif olganlari ham bormi?
— Kot-d~Ivuar terma jamoasidagi mijozlarim Rossiyada to’p surishsa, k’arshi bo’lmasdim. Buning sababi bor, albatta. JCh tobora yak’inlashmok’da, ularning ayrimlari RPLda o’ynasalar, chakki bo’lmasdi. Mijozlarimda turli mamlakatlardan takliflar bor. Birok’ bu borada anik’ ma’lumot berish niyatida emasman. Ayrim kasbdoshlarim «bu yigitni shaxsan «Arsenal» taklif k’ilmok’da», deb jar solishni yok’tiradilar. Birozdan so’ng bu jamoa Tulaning «Arsenal»i ekani ma’lum bo’ladi. Men bunday mutaxassislar toifasidan emasman.
— Xo’sh, anik’ variantlar bormi yoki yo’k’?
— Ishoning, yigitlarning ko’pchiligi muayyan takliflarga egalar. Aynik’sa, erkin agent mak’omiga ega bo’ladigan futbolchilar. Ivuarlik o’yinchilarning barchasi — saviyali ijrochilar. Ular Rossiyaning har k’anday klubini kuchaytira oladilar. Birok’ bu erda legoinerlarga joriy etilgan cheklovni tilga olish lozim.
— Siz doimo unga k’arshi bo’lgansiz.
— Rossiyalik yosh ik’tidor sohibi yuksak saviyadagi ivuarlik futbolchi yonida voyaga etsa, nimasi yomon? Bizda esa 15 nafar rossiyalik o’yinchilar k’achondir asosiy tarkibdan joy olishlarini bilgan holda mashk’ k’iladilar. Shunday sharoitda motivasiya hak’ida gap bo’lishi mumkinmi? Tabiiyki, terma jamoa hech k’achon risoladagidek o’ynay olmaydi. Motivasiyani vujudga keltiradigan manba k’aerda? Mana, Angliyadagi musobak’alarga e’tibor bering: stadionlar muxlislar bilan to’lib-toshgan, klublar yirik daromadlarga ega bo’lishyapti. TV huk’uk’lari savdosidan olinayotgan tushumlarni aytmasa ham bo’laveradi. Rossiya k’ayok’k’a ketyapti? JCh uchun ulkan stadionlar bunyod etilmok’da. Ammo ular bo’m-bo’shligicha huvillab turaveradi. Nima uchun? Chunki k’andaydir Ivanov, Petrov va Sidorovlarning o’yinlari hech kimga kerak emas! Mana, muammo k’aerda?
— Demak, yorug’lik ko’rinmayapti, shundaymi?
— Ehtimol, yana 10-15 yildan keyin bizda ham muxlislar stadionlarga yo’l olishar. Chunki o’sha shartli Ivanov va Petrovlar hech bo’lmaganda o’z maoshlari uchun durustrok’ ter to’kishga majbur bo’ladilar. Aks holda, boshk’a sohada daromad k’ila olmaydilar. Lekin hozir ular go’yo issik’xonadalar — Rossiya pasporti cho’ntaklarida, barcha yo’llar ochik’. Bilasizmi, meni nima lol k’oldiradi? Aytishlaricha, Rossiya­dagi agentlar cheklovning bekor k’ilinishiga k’arshi emishlar.
— Nima, aslida shunday emasmi?
— Yo’k’, albatta! Rossiya pasportiga ega bo’lgan k’aysidir futbolchiga 3 millionli maosh belgilab, mo’maygina daromad olish uchun kuyib-pishib ishlashning hojati yo’k’. Limitni bekor k’ilishsa-chi? U holda agent­lar tinmay ter to’kishlariga to’g’ri keladi.
— Kot-d~Ivuar terma jamoasida kimlar bilan hamkorlik k’ilyapsiz?
— Masalan, Kanon, Bakayokolar bilan. Ivuar va Burkina-Fasodagi ko’pgina o’yinchilar mening mijozlarim hisoblanadilar. Rossiya terma jamoasi yoshlar bilan ko’prok’ ishlashi, kerak bo’lsa, sobik’ ittifok’ hududidan ik’tidor sohiblarini izlashi lozim.
— Siz kimni nazarda tutyapsiz?
— Masalan, 17 yoshli k’ozog’istonlik yigit Granatkin xotira turnirida york’in taassurot k’oldirdi, musobak’aning eng yaxshi hujumchisi bo’ldi. Biz uni k’isk’acha Erkosh deb atardik. U «Zenit» o’smirlari bilan shug’ullanib, 4ta gol urdi. Endi unga ispanlar ko’z tikib turishibdi. Nega endi bu futbolchini Rossiya klublari olib, fuk’arolikni taklif k’ilishmaydi? Shunchaki, ishlash kerak. Ayting-chi, hozir k’aysi rossiyalik futbolchi G’arbda to’p suryapti? Hech Kim! Rossiya terma jamoasiga gol urgan Koji bilan Zaa esa Angliyada o’ynashadi. Shundan xulosa chik’arib olavering.

Комментарии 0

Оставить комментарий

Ваш email не будет опубликован.