Server jeparov 34 yoshimda jchga yol olib mamlakat kahramoni bolishni istardim — ozbekiston

Server jeparov 34 yoshimda jchga yol olib mamlakat kahramoni bolishni istardim — ozbekiston

Server jeparov: 34 yoshimda jchga yo’l olib, mamlakat k’ahramoni bo’lishni istardim — o’zbekiston

O’zbekiston milliy terma jamoasi yarim himoyachisi Server Jeparov Eronga k’arshi o’yin oldidan OFK rasmiy saytiga intervyu berdi. Suhbat chog’ida Osiyoning ikki karra eng yaxshi futbolchisi JChga chik’ish istagi bor ekanini yashirmadi.
“Barchasi juda oddiy – biz saralash bosk’ichidagi k’olgan uch o’yinda g’alaba k’ozonishimiz kerak, o’shanda pley-off bosk’ichida o’ynamaymiz va Jahon chempionatiga avtomatik ravishda yo’l olamiz. So’nggi 8 yil davomida, aynik’sa, bundan avvalgi saralash bosk’ichida kuchli tarkib bilan harakat k’ildik. Bu men o’ynagan eng kuchli avlod edi”, – dedi Jeparov.
Server Jeparov 34 yoshida JCh–2018 musobak’asiga chik’ish ork’ali mamlakat k’ahramoni bo’lish istagi hak’ida ham so’zladi.
“G’alaba k’ozonish nafak’at men uchun, balki O’zbekiston aholisi uchun motivasiya bo’lardi. Chunki mamlakat termasi Jahon chempionatida ishtirok etmagan. 34 yoshimda JCh–2018 turniriga yo’l olib, mamlakat k’ahramoniga aylanilni xohlardim”, – dedi yarim himoyachi
Tajribali yarim himoyachi O’zbekiston termasi JCh–2014 turniriga chik’ishga juda yak’in kelgani va k’o’ldan boy berilgan imkoniyatdan keyin ketish hak’ida o’ylaganini aytib o’tdi.
“Biz yaxshi o’ynagan edik va JCh–2014 turniriga chik’ish uchun bitta gol kamlik k’ilgandi. Bundan afsusda edik. Janubiy Koreya termasi Eronga mag’lub bo’lganini eshitgach, k’o’ldan boy berilgan barcha imkoniyatlardan afsusga tushgandik. Men termadan ketishni va umuman futbol ko’rmaslikni istagandim”, – deb esladi Server Jeparov.
Eron JCh–2018 saralash bosk’ichida 7 ta o’yin o’tkazib, 5 ta g’alaba va 2 ta durang k’ayd etdi. Karlush Keyrush shogirdlari birorta ham o’yinda gol o’tkazib yubormadi. Shunga k’aramay, Server Jeparov ertangi o’yin oldidan ijoyib kayfiyatda ekanini aytdi. Chunki O’zbekiston 2012 yili Tehronda Eronni mag’lubiyatga uchratishga muvaffak’ bo’lgandi.
“Istalgan jamoa bilan o’ynay olishimiz bizga ishonch beradi, hatto safar o’yinlarida ham. Biz guruhdagi eng kuchli rak’ibni mag’lubiyatga uchratish imkoniyatiga ishonamiz va aynan shu narsa bizda ishonch tug’diradi. Rak’ibni mag’lubiyatga uchratish uchun 100%, hatto 120% kuchimizni berishimiz kerak bo’ladi. Barcha 11 futbolchi bir jamoa bo’lib o’ynashi talab k’ilinadi”, – deydi o’zbekistonlik yarim himoyachi.
Avvalrok’ O’zbekiston terma jamoasi hujumchisi Aleksandr Geynrix FIFA rasmiy saytiga intervyu bergandi.

Комментарии 0

Оставить комментарий

Ваш email не будет опубликован.