Shavkat mirziyoev martda kozogistonga tashrif buyuradi — ozbekiston

Shavkat mirziyoev martda kozogistonga tashrif buyuradi — ozbekiston

Shavkat mirziyoev martda k’ozog’istonga tashrif buyuradi — o’zbekiston

O’zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoev martda K’ozog’istonga davlat tashrifi bilan boradi. Bu hak’da «Gazeta. uz» muxbiriga payshanba kuni Toshkentda bo’lib o’tgan O’zbekiston va K’ozog’iston o’rtasida hamkorlik bo’yicha Hukumatlararo k’o’shma komissiyaning 16-yig’ilishi jarayonida ma’lum bo’ldi.
Mazkur tashrif strategik hamkorlikning yangi bosk’ichini ochishi lozim, deya ta’kidladi O’zbekiston bosh vaziri o’rinbosari Ochilboy Rametov kirish so’zida. «Hukumatlararo komissiyaning mazkur yig’ilishini o’tkazishda biz bo’lib o’tajak oliy darajadagi uchrashuv kun tartibini to’ldirish bo’yicha hamkorlikdagi amaliy chora-tadbirlarni ishlab chik’ish mak’sadida muhim tayyorgarlik tadbirlari sifatidagi anik’ va muhim manfaatli loyihalarni ko’rib chik’amiz», — dedi bosh vazirning birinchi o’rinbosari.
K’ozog’iston delegasiyasiga bosh vazirning birinchi o’rinbosari Askar Mamin boshchilik k’ilmok’da. Kirish so’zida u ikki mamlakat hamkorligi tez sur’atlarda rivojlanayotgani, hukumatlararo komissiyaning navbatdagi yig’ilishi har ikki tomonning ko’p rejali hamkorlikni rivojlantirishga tayyor ekanini tasdik’lashini ta’kidlab o’tdi.
2016 yil yakunlari bo’yicha O’zbekiston va K’ozog’iston o’rtasidagi mahsulot ayriboshlash hajmi 2 mlrd dollardan ko’prok’ni tashkil etdi.
Bugungi kunda mamlakatda K’ozog’iston kapitali ishtirokidagi 229 ta korxona faoliyat ko’rsatayotgan bo’lsa, ularning 192 tasi K’K va 37 tasi 100 foizlik xorijiy kapital asosida tashkil etilgan.
O’zbekiston Tashk’i ik’tisodiy alok’alar va savdo vazirligi huzurida uchta K’ozog’iston firma va kompaniyasi akkreditasiyadan o’tgan.

Комментарии 0

Оставить комментарий

Ваш email не будет опубликован.